Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/97
Sana13.09.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1676892
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   97
Bog'liq
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

Berilganlar bazasi obyektlari. Access ma‟lumotlar to„plamini saqlash 
uchun katta imkoniyatlarga ega. Berilganlar bazasiga kiruvchi turli 
formalar, hisobotlar va formalar ma‟lumotli jadvallar kabi juda zarur 
www.ziyouz.com kutubxonasi


50 
bo„lishi mumkin. 
Berilganlar bazasi obyektlari bilan ishlash ikki xil rejimda yoki 
fazada amalga oshiriladi: rejalashtirish (konstruksiya) fazasi va ishchi 
faza. Berilganlar bazasi axborot bilan ishlashdan avval, uni rejalashtirish 
zarur. Microsoft Word bo„sh fayli yoki Microsoft Excel bo„sh varag„ini 
ochishdan farqli o„laroq, Microsoft Access barcha obyektlari 
rejalashtirilishi kerak (shu jumladan, axborotlarni saqlash uchun 
jadvallar ham). Ko„pgina hollarda bunday ish maxsus konstruktor 
rejimida amalga oshiriladi. 
Ikkala holatda ham obyekt rejasi, ma‟lumotlar bilan ishlashda bu 
obyektni qo„llaganda, uning ko„rinishini ifodalaydi. Masalan, jadvalni 
rejalashtirishda unga kiritish mumkin bo„lgan ma‟lumot turlari beriladi. 
Rejalash fazasidan so„ng, ishchi faza boshlanadi, ya‟ni axborotlarni 
kiritish va tahrirlash uchun berilganlar bazasining turli obyektlaridan 
foydalaniladi. Ishchi faza konstruktor rejimi kiritish, tahrirlash va 
axborotlarga ishlov berish uchun jadval yoki forma rejimi bilan 
almashadi. 
Avvaliga bu juda murakkab ko„rinsa ham, Accessning foydali 
tomonlaridan biri, turli tur obyektlar bilan ishlashda, hamda obyektlarni 
rejalashdan foydalanishga o„tilganda menyu ko„rinishi va anjomlar 
paneli masalaga mos ravishda o„zgaradi. Turli oynalar faollashtirilganda, 
joriy oyna bilan ishlash uchun mo„ljallangan vositalargagina kirish 
mumkin bo„ladi. 
Jadvallar. Jadval tarkibi konstruktor rejimida aniqlanadi. Kiritish va 
tahrirlash odatda jadval rejimida amalga oshiriladi. 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling