Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o
Download 2.13 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashkiliy (korporativ) boshqaruvda axborot tizimlari
6. Amaliy axborot tizimlari
Axborot tizimlari nafaqat ishlab chiqarish va kuzatishlar obyekti, balki turli predmet sohalarida boshqa axborot tizimlarini yaratish vositasi ham hisoblanadi. Bu esa axborotlashtirish muddatlari va sarf harajatlarni kamaytirish imkonini berdi. Amaliy axborot tizimlari doirasi juda keng. Amaliy axborot tizimlari standart model, uslub va vositalarga asoslangan. Bunday tizimlar soha modelini avtomatik shakllantirishga yo„naltirilgan. www.ziyouz.com kutubxonasi 65 Tashkiliy (korporativ) boshqaruvda axborot tizimlari Tashkiliy boshqaruv va tashkiliy axborot tizimlarini yaratish hozirgi kunda turli axborot texnologiyalariga tayanadi. Afsuski, yagona universal texnologiya mavjud emas. Boshqaruv usullarini umumiy holda quyidagi uch guruhga ajratish mumkin: manbalarni boshqarish, jarayonlarni boshqarish va korporativ bilimlarni (kommunikatsiyalarni) boshqarish. Axborot tizimlari ichida keng qo„llaniladiganlari sifatida quyidagilarni ajratish mumkin: BBBT (manbalarni boshqarish: ishlab chiqarish, buxgalteriya va moliya); Workflow (Workflow Manajement Coalition assotsiatsiyasi standartlari – jarayonlarni boshqarish: ishlab chiqarish, hujjat almashinuvi); Internet (kommunikatsiyalarni boshqarish: sifat, rejalar, korporativ bilimlar, kadrlar). Manbalarni boshqarish masalasi boshqaruvning klassik usuli hisoblanadi va axborot texnologiyalari birinchi bo„lib keng qo„llanilgan. Manbalarni boshqarish masalasining rivojlanish jarayonlarini ko„rib chiqaylik. Birinchi navbatda kalendar-hajmiy loyihalash usuli MPS (Material Planning Shedule) bilan birga korxona material manbalarini loyihalash MRP (Material Requirements Planning) usuli ishlab chiqildi. Navbatdagi qadam ishlab chiqarish manbalari (quvvati)ni loyihalash usuli bo„ldi – CRP (Capacitiy Requirements Planning). Bu usul MRPga o„xshash bo„lib, material va tashkil etuvchilar emas, balki ishlab chiqarish quvvatini hisoblashga qaratilgan. Bu masala zamonaviy darajadagi katta hisoblash manbalarini talab qiladi. Yuqorida keltirilgan usullarning birlashtirilishi «ikkinchi darajali» MRP II (Manufacturing Resource Planning) masalasi – loyihalashning integrallashgan usulini yuzaga kelishiga olib keldi. Bu usul MRP/CRPni o„z ichiga oladi hamda MPS va FRP (Finance Resource/Requirements Planning) moliyaviy loyihalashdan foydalanadi. So„ngra korxonaning barcha «tijorat-manba»larini integrallashgan loyihalash konsepsiyasi ERP (Economic Requirements Planning) taklif qilindi. Keyingi qadam ishlab chiqarish manbalarini boshqarish konsepsiyasini yaratish bo„ldi – CSPP (Customer Synchronized Resource Planning) – manbalarni loyihalash. Bu konsepsiyaning farqli tomoni marketing, savdo va savdodan keyingi xizmat ko„rsatish bilan bog„liq www.ziyouz.com kutubxonasi 66 bo„lgan yordamchi manbalarni hisobga olish hisoblanadi. Zamonaviy ishlab chiqarishda ko„plab yetkazib beruvchi va xaridorlar ishtiroki tufayli yangi mantiqiy zanjirlar konsepsiyasi (Supply Chain) yuzaga keldi. Bu konsepsiyaning maqsadi ishlab chiqarish faoliyatini tahlil qilishda tovarning xom-ashyodan tayyor mahsulotga aylanish barcha zanjiri (tarmoq) faoliyatini hisobga olish. Bunda quyidagi omillarga e‟tibor beriladi: butun mantiqiy zanjirda mahsulot narhi shakllanadi, ammo tijoratchi iste‟molchiga sotish bosqichi aniqlovchi hisoblanadi; barcha amallarning samaradorligi mahsulot narhiga ta‟sir ko„rsatadi; mahsulotni boshlang„ich ishlab chiqarish bosqichi ko„proq boshqariluvchi hisoblanadi, ko„proq sezilarlisi – yakuniy (sotilgani). Mantiqiy zanjirlar konsepsiyasining navbatdagi rivoji mahsulotning hayot siklini to„liq o„zida jamlagan bir necha kompaniyalar tizimiga yoki bir kompaniyaning bir necha «virtual tijoratlarga» taqsimlangan virtual tijorat g„oyasi hisoblanadi. Yuqorida ko„rib o„tilgan usullar alohida dasturiy mahsulotlarda va Intranet doirasida korporativ boshqaruv anjomi sifatida ko„rinadi. Ishlab chiqarish jarayoni to„g„ridan-to„g„ri ta‟sir ko„rsatuvchi axborotlarni qabul qilish sifatining ortishi bilan bog„liq. Bu borada www.ziyouz.com kutubxonasi 67 Intranet tashkilot faoliyatida sezilarli iqtisodiy samara beradi. Tashkilotning axborot tizimi uchun «axborotni chop qilish», «axborot oluvchilar», «axborotni taqdim etish» tushunchalari asosiy bo„lib bormoqda. Intranet arxitekturasi axborot tizimlarining tabiiy rivojlanishi bo„ldi: markazlashtirilgan arxitekturadan «mijoz-server» orqali Internetga. Shaxsiy kompyuterlarning qo„llanilishi bilan axborot tizimining bir qismini ishchi stolga ko„chirish imkoniyati yuzaga keldi. Shunday qilib, taqsimlangan axborot tizimlarni yaratish zarurati yuzaga keldi. Bu maqsadlarga tarmoqda dastur va kompyuterlar o„zaro aloqalari modeliga asoslangan «mijoz-server» arxitekturasi mos keladi. An‟anaviy tushunchada, «mijoz-server» tizimi ma‟lumotlarni yetkazib berishni amalga oshiradi va ular uchun quyidagilar xarakterlidir: serverda axborot emas, ma‟lumotlar yuzaga keladi; mijozlar bilan ma‟lumot almashish uchun yopiq protokol qo„llaniladi; ma‟lumotlar mijozlar kompyuterlariga uzatiladi, qayta ishlanadi (interpretatsiya qilinadi) va axborotga almashtiriladi; amaliy tizim qismlari mijozlar kompyuterlariga joylashtiriladi. «Mijoz-server» tizimining asosiy afzalliklari: tarmoqda bosimning kamligi (ishchi stantsiya serverga ma‟lum bir ma‟lumotlarni qidirish uchun so„rovlar uzatadi, server qidirishni o„zi amalga oshiradi va tarmoq orqali faqat so„rovga ishlov berish natijalarini, ya‟ni bir yoki bir necha yozuvlarni uzatadi); yuqori ishonchlilik («mijoz-server» texnologiyasiga asolangan MOBT, uzilishlarda avtomatik tiklashni ta‟minlaydi); foydalanuvchilar huquqlarini sozlash darajasi (bir foydalanuvchiga ma‟lumotlarni faqat ko„rishni sozlash, boshqalariga ko„rish va tahrirlash, uchinchilari hech qanday ma‟lumotlarni ko„rmasliklari mumkin); katta o„lchamli maydonlarni qo„llash (o„lchamlari bir necha yuz Kbayt va Mbayt bo„lgan ma‟lumotlar turlarini ta‟minlash). «Mijoz-server» tizimi bir qator kamchiliklarga ham ega: administrator tayinlashning qiyinligi; axborotning ruxsatsiz kirishdan yetarli darajada himoyalanmaganligi; bu axborot tizimi uchun server va mijozning muloqot qilishi uchun yopiq protokol. www.ziyouz.com kutubxonasi 68 Keltirilgan kamchilliklarni yo„qotish uchun markazlashgan tizim va an‟anaviy «mijoz-server» tizimining eng yaxshi sifatlarini birlashtirgan Intranet tizimi arxitekturasi ishlab chiqilgan. Bunda barcha axborot tizimi markaziy kompyuterda joylashadi. Ishchi o„rinlarda, axborot tizimlaridagi jarayonlarni boshqarish imkoniyatini beruvchi, sodda kirish qurilmalari (navigatorlar) joylashadi. Ekranga uzatish va pultda bosilgan klavishlar kodlari sodda protokoli yordamida kirish qurilmasi muloqot qiladigan barcha jarayonlar markaziy EHMda amalga oshiriladi. Intranet tizimining asosiy ustunliklari sifatida quyidagilarni keltirib o„tish mumkin: amaliy tizim serverda jamlangan, mijozlarda faqat navigator- dastur joylashtiriladi; server qism va ishchi o„rinlarini markazlashgan boshqaruv yengillashtirilgan; foydalanuvchi tomonidan qo„llanilayotgan dasturiy ta‟minotga bog„liq bo„lmagan interfeys (OT, BBBT va h.k). Intranetning muhim ustunligi texnologiyaning ochiqligi hisoblanadi. Mavjud yopiq texnologiyalarga asolangan dasturiy ta‟minot, qaror biror firma tomonidan bir ilova uchun ishlab chiqilgan bo„lsa, qulay bo„lib ko„rinadi. Ammo, axborot tizimlarining rivojlanishini keskin chegaralaydi. Hozirgi kunda Intranetda quyidagi yo„nalishlar bo„yicha ochiq standartlardan keng foydalanilmoqda: tarmoq manbalarini boshqarish (SMTP, IMAP, MIME); telekonferensiyalar (NNTP); axborot xizmati (servisi) (HTPP, HTML); ma‟lumot xizmati (LDAP); dasturlash (Java). Intranetning keyingi rivojlanishi tendentsiyalarini quyidagicha keltirish mumkin: intellektual qidiruv tarmog„i; Java-texnologiyalarni qo„llash hisobiga navigatorlarning yuqori darajada interfaolligi; tarmoq kompyuterlari; navigator interfeysining kompyuter bilan universal interfeysga aylanishi. www.ziyouz.com kutubxonasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling