Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o


Axborot texnologiyalari anjomiy ombori


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/97
Sana13.09.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1676892
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   97
Bog'liq
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

8. Axborot texnologiyalari anjomiy ombori 
Anjom ko„rinishidagi mehnat qurollari, texnologik jarayon va 
vositalar har qanday texnologiyaning zaruriy tarkibiy qismi hisoblanadi. 
Bundan axborot texnologiyalari ham mustasno emas. Barcha tashkil 
etuvchilarni (komponenta), shu bilan birga anjomiy omborni ham
standartlashtirish texnologiyani sanoat darajasida tadbiq qilish va 
rivojlantirishning asosiy omili hisoblanadi. Anjomiy omborni barcha 
tashkil etuvchilarining tahlili shuni ko„rsatadiki, mavjud bo„lgan 
rivojlanish yo„nalishlari hisoblash va tarmoq mahsulotlari bozorida 
mo„ljallash imkonini beradi. Yagona axborot muhitiga kirish uchun 
axborot 
texnologiyalarini 
va 
vositalarini 
jahon 
standartlariga 
moslashtirish lozim. 
Texnik vositalar 
Axborot texnologiyalari texnik ta‟minotining asosini har qanday 
axborot tizimining yadrosi hisoblangan kompyuterlar tashkil etadi. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


95 
Birinchi navbatda kompyuterlar katta hajmli hisoblashlarni amalga 
oshirish uchun yaratilgan. Bunda asosiy talab yuqori aniqlik va 
hisoblashlarga minimal vaqt sarfi edi. Bunday jarayonlar sonli ishlov 
berish uchun xosdir. 
EHM klassik arxitekturasi (fon-neyman) beshta asosiy funksional 
blokdan tashkil topgan: 
xotira qurilmasi (XQ); boshqarish qurilmasi; 
birga ko„riluvchi va markaziy protsessor deb nomlanuvchi 
boshqaruv va arifmetik-mantiqiy qurilmalar (AMQ); 
kiritish qurilmasi; chiqarish qurilmasi. 
Fonneyman arxitekturasida katta hajmli axborotga ishlov berish 
uchun bir protsessordan foydalaniladi. Ma‟lumotlar bilan ishlash aloqa 
almashuv kanali orqali amalga oshiriladi. Markaziy protsessorda kanal 
o„tkazish qobiliyati va ishlov berish imkoniyatlarining chegaralanganligi 
axborot hajmi ortganda mushkul vaziyatlarga olib keladi. Bunday 
vaziyatlardan chiqish uchun EHM arxitekturasiga ikkita asosiy 
o„zgartirish kiritish taklif qilindi: 
parallel protsessorlarni qo„llash va parallel ishlov berishni 
tashkillashtirish; 
protsessorni ma‟lumotlarga yaqinlashtiruvchi va ularning 
uzluksiz uzatilishini bartaraf etuvchi taqsimlangan mantiq. 
Fon-neyman arxitekturasining boshqa kamchiligi, xotiradan talab 
qilinayotgan obyektni tanlash uchun manzilini ko„rsatish yo„li bilan 
amalga oshiriluvchi, xotira qurilmasiga murojaat qilish bilan bog„liq. Bu 
sonli ishlov berish uchun o„rinli, ammo sonli bo„lmagan ishlov berishda 
murojaat qilish mazmun (assotsiativ manzillash) bo„yicha amalga 
oshirilishi lozim. Sonli ishlov berish uchun ham asosan shu arxitektura 
qo„llanilgani uchun assotsiativ kirishni tashkillashtirish usulini topish 
zarur edi. U assotsiativ so„rovlarni mos manzillarga almashtirish uchun 
maxsus jadvallarni (ma‟lumotnomalar) yaratish yo„li bilan amalga 
oshiriladi. 
Xotira 
qurilmasiga 
bunday 
murojaat 
qilishni 
tashkillashtirishda katta hajmli axborotlar bilan ishlash holatlarida 
EHMning qobiliyati keskin pasayadi. Bu quyidagi bilan bog„liq: 
so„rovsiz ishlov berish nafaqat ko„rish, balki ma‟lumotlarni tiklash 
hamdir. 
Shunday qilib, EHM sonli bo„lmagan ishlov berish uchun quyidagi 
talablarga javob berishi lozim: assotsiativlik, parallelizm, xotirada ishlov 
berish. Bundan tashqari yuqori darajada arxitekturaga quyidagi talablar 
qo„yiladi: 
www.ziyouz.com kutubxonasi


96 
xotira qurilmalari va parallel protsessorlarning qayta 
quriluvchanligi (перестраиваемость)
protsessorlar o„rtasida bog„lanishning murakkab topologiyalari; 
amallarni taqsimlashga yo„naltirilgan multi protsessorli 
tashkillashtirish. 
Yuqorida keltirilgan chegaralanishlar va talablar berilganlar bazasi 
mashinalarida (BBM) tadbiq qilingan. 
Yuqoridagilarga asoslangan holda EHM arxitekturasi tasniflarini 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling