Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/97
Sana13.09.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1676892
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   97
Bog'liq
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

CASE-texnologiyalar 
CASE-texnologiyalar (kompyuterli avtomatlashtirilgan loyihalash 
dasturiy ta’minoti) o„ziga xos «texnologik osnastka» hisoblanadi va 
axborot texnologiyalarini avtomatik loyihalashni amalga oshirish 
imkoniyatini yaratadi. Hozirgi kunda dasturiy ta‟minotni ishlab chiqish 
texnologiyasida ikkita asosiy yondashuv mavjud: funksional-modulli 
(tarkibiy) va obyektga yo„naltirilgan. 
Funksional-modulli yondashuv bajarilayotgan amallarning qat‟iy 
www.ziyouz.com kutubxonasi


90 
tartibini o„rnatish va funksional elementlarni ajratish bilan algoritmik 
dekompozitsiyalashga asoslangan. 
Obyektga yo„naltirilgan yondashuv obyektlar o„zaro aloqasi 
terminida tizimning holatini bayon etish bilan obyektli dekompozitsiya-
lashga asoslangan. 
CASE-texnologiya deyilganda, dasturiy ta‟minotni yaratish va 
boshqarish jarayonlarini ta‟minlovchi dasturiy vositalar kompleksi 
tushuniladi. U o„z ichiga talablarni shakllantirish va tahlil qilish, 
loyihalash, hujjatlashtirish, sifatini ta‟minlash, sinovdan o„tkazish, kodni 
generatsiyalash, tuzilmaviy boshqaruv va loyihani boshqarishni oladi. 
CASE-texnologiyalar axborot tizimlarini loyihalash uslubiyatini, 
hamda predmet sohasini ko„rgazmali shaklda modellashtirish 
imkoniyatini beruvchi anjomiy vositalar to„plamini ifodalaydi. Shu bilan 
birga bu modelni butun loyihalash bosqichlarida tahlil qiladi, axborot 
tizimini boshqaradi va foydalanuvchi talablariga mos ravishda 
ilovalarini ishlab chiqadi. CASE-vositalarning ko„pgina qismi tizim va 
dasturiy vositalarning dinamik holatini, tizimning modellari o„rtasidagi 
bog„lanishlarni, diagramma yoki matn ko„rinishida tashqi talablarni 
bayon etish uchun tarkibiy (asosan) yoki tahlil va yo„naltirilgan 
loyihalash uslublarini qo„llaydi. Tahlillar natijalariga ko„ra, CASE- 
texnologiya axborot texnlogiyalarining izchil turiga kiradi. CASE- 
vositalarni har qanday vosita kabi, qo„llay olish zarur. Noto„g„ri tadbiq 
qilish ko„plab noqulayliklar keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli, 
quyidagilarni ko„rsatib o„tish mumkin: 
1.
CASE-vositalar tezda samara bermasligi, bir oz vaqt o„tgandan 
so„ng natija olinishi mumkin; 
2.
CASE-vositalarni tadbiq qilishga sarflangan real harajatlar odatda 
ularni sotib olish harajatlaridan ancha ortiq bo„ladi; 
3.
CASE-vositalar tadbiq qilish jarayoni samarali amalga 
oshirilgandan so„ng sezilarli darajadagi natijalarni olish 
imkoniyatini ta‟minlaydi. 
CASE-vositalarni tanlash va baholashning asosiy cheklanishlari 
quyidagilardan iborat: 
1)
funksional tavsiflari: 
a.
bajarilish muhiti: loyihaviy muhiti, dasturiy ta‟minot, texnik 
vositalar, texnologik muhit; 
b.
hayot sikli fazasiga yo„naltirilgan funksiyalari: modellashtirish, 
amalga oshirish, sinovdan o„tkazish; 
c.
umumiy funksiyalari: hujjatlashtirilganlik, konfiguratsiyani 
boshqarish, loyihani boshqarish. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


91 
2)
ishonchlilik; 
3)
foydalanishning soddaligi; 
4)
samaradorlik; 
5)
kuzatuvchanlik; 
6)
ko„chiruvchanlik; 
7)
umumiy cheklanishlar (narxi, sarf-harajat, tadbiq etish samarasi, 
ta‟minotchi tavsiflari). 
Zamonaviy CASE-vositalar axborot tizimlarini loyihalashning 
ko„plab texnologiyalarini qamrab olgan: sodda tahlil va hujjatlashtirish 
vositalaridan dasturiy ta‟minotning butun hayot siklini qamrab olgan 
avtomatlashtirish vositalarigacha. 
Axborot tizimlarini ishlab chiqishda eng ko„p mehnat talab qiluvchi 
bosqichi loyihalash va tahlil qilish hisoblanadi. CASE-vositalar texnik 
qarorlarni qabul qilish va loyiha hujjatlarini tayyorlash jarayonda sifatni 
ta‟minlaydi. Bunda axborotlarni vizual taqdim etish usullari katta 
ahamiyatga 
ega. 
Modellashtirishning 
grafik 
vositalari 
ishlab 
chiquvchilarga mavjud axborot tizimini ko„rgazmali shaklda o„rganish, 
qo„yilgan maqsad va mavjud chegaralanishlarga mos ravishda ularni 
qayta qurish imkonini beradi. Zamonaviy CASE-vositalar injinering 
(dasturiy tizimni ishlab chiqish) va avtomatlashtirilgan reinjinering 
(dasturiy tizim boshlang„ich modelini tiklash) jarayonlarini ta‟minlaydi. 
CASE-vositalar toifasiga chegaralangan imkoniyatlarga ega shaxsiy 
kompyuterlar uchun nisbatan arzon tizimlar bilan bir qatorda hisoblash 
platformalari va operatsion muhitlar uchun qimmat bo„lgan tizimlar ham 
kiradi. Zamonaviy dasturiy vositalar bozorida 300 ga yaqin turli CASE- 
vositalar mavjud bo„lib, ularning eng kuchlilari g„arbning yetakchi 
kompaniya va tashkilotlari tomonidan qo„llanilmoqda. Odatda CASE- 
vositalarga dasturiy ta‟minot hayot siklining u yoki bu mosligi 
jarayonlarini avtomatlashtiruvchi va quyidagi xususiyatlarga ega bo„lgan 
har qanday dasturiy vosita kiradi: 
ishlab chiquvchi bilan qulay interfeysni ta‟minlovchi va uning 
ijodiy imkoniyatlarini rivojlantiruvchi, axborot tizimini 
hujjatlashtirish va bayon etish uchun kuchli grafik vositalar; 
axborot tizimlarini ishlab chiqish jarayonlarining 
boshqaruvchanligini ta‟minlovchi CASE-vositalar alohida 
komponentlarining integratsiyasi; 
maxsus yo„l bilan loyihalash metama‟lumotlarining 
(repozitoriylar) tashkillashtirilgan saqlashini qo„llash. 
Integrallashgan CASE-vosita (yoki dasturiy ta‟minotning hayot 
www.ziyouz.com kutubxonasi


92 
siklini to„liq ta‟minlovchi vositalar to„plami) quyidagi komponentlarni 
o„z ichiga oladi: 
CASE-vositaning asosi hisoblangan repozitoriy. U loyiha 
talqinlari va uning alohida komponentlarini saqlashni ta‟minlashi, 
guruhli ishlab chiqishda turli ishlab chiquvchilar axborotlarini 
sinxronlashtirishi, metama‟lumotlarning to„laligini va to„g„riligini 
nazorat qilishi lozim
axborot tizimi modelini tashkil qiluvchi, iyerarxik bog„langan 
diagrammalarni (DFD, ERD va boshqalar) yaratish va tahrirlashni 
ta‟minlovchi tahlil qilish va loyihalashning grafik vositalari; 
4GL tili va kod generatorlarini o„z ichiga olgan holda ilovalarni 
ishlab chiqish vositalari; 
konfiguratsion boshqarish vositalari; hujjatlashtirish vositalari; 
testlash vositalari; 
loyihani boshqarish vositalari; reinjiniring vositalari. 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling