Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/97
Sana13.09.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1676892
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   97
Bog'liq
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

9. Internet xalqaro tarmog‘i 
Internet tushunchasi 
Barcha tarmoqlarni bir necha turga ajratish mumkin (hududiy 
jihatdan): 
lokal hisoblash tarmog„i (LAN) – bir yoki bir nechta binolarda 
joylashgan kompyuterlarni birlashtiruvchi tizim; 
hududiy (hududiy hisoblash tarmog„i (WAN)) – bir nechta 
hisoblash tarmoqlarini birlashtirishdan hosil bo„ladi. Ayrim 
hollarda hududiy tarmoq global hisoblash tarmog„i deb ham 
yuritiladi; 
Internet – supertarmoq yoki tarmoqlar tarmog„i. Bunday 
nomlanish shuning bilan izohlanadiki, Internet 100 dan ortiq 
davlatlardagi o„n minglab kompyuter tarmoqlarini birlashtiradi. 
Internet – axborotlarni qidirish, saqlash va uzatish uchun ajoyib 
tarmoqdir. Bu hayotimizning axborot loyihasidir.
Uning xizmat doirasi keng: 
ilm va san‟at, tijorat va siyosat; 
o„qish va ish, dam olish va ko„ngilochar o„yinlar; 
ajoyib insonlar bilan uchrashuvlar, xizmat sohasi va boshqalar. 
Internetning barcha axborotlari elektron ko„rinishda taqdim 
etilgan. 
Internet – jahon bo„yicha kompyuterlar tarmoqlaridan tuzilgan 
yaxlit tarmoq bo„lib, unda yagona «til» – andoza-qoidalar majmui 
asosida axborot almashadilar. Uning nomi «tarmoqlararo» degan 
ma‟noni anglatadi. Umuman olganda Internetni tarmoqlarning tarmoqi 
sifatida qabul qilish to„g„ri bo„ladi. 
Internet unga ulangan tarmoqqa kiruvchi kompyuterlarning o„zaro 
ma‟lumotlar almashish imkoniyatini yaratib beradi. Internet davlat 
buyurtmalarini bajarishda tashkilotlarning birgalikda olib boriladigan 
faoliyatlarini yengillashtirish maqsadida o„tgan asrning 60-yillari oxirida 
(yanada aniqroq aytadigan bo„lsak, 1969-yilning 2-yanvarida) AQSh 
www.ziyouz.com kutubxonasi


108 
mudofaa vazirligining loyihasi asosida yuzaga kelgan. Bu boshlang„ich 
tarmoq ARPANet bo„lib, avvalo Kaliforniya va Yuta shtatlaridagi 4 ta 
kompyuterni o„zaro bog„lagan. 1972-yilda ARPANet tajriba tarmog„i 
namoyish etiladi. U 40 ta kompyuterdan iborat bo„lib, barcha 
kompyuterlar teng huquqli bo„lishga va resurslarga faqat murojaat 
qilishga mo„ljallangan dasturiy ta‟minot yordamidagina kirish mumkin 
bo„lgan. Keyinchalik bu tarmoq kengayib 80-yillar oxirida (1987-yil 
NSFNet Backbon) AQSh milliy ilmiy jamiyatning ixtiyoriga topshirildi va 
NSFNet (National Science Foundation (NFS) – Milliy ilmiy fond) 
shaklida rivoj topdi. Bu davrda boshqa davlatlarda ham milliy tarmoqlar 
shakllana bordi. Asta-sekin turli davlatlarning kompyuter tarmoqlari 
birlasha bordi va 90-yillarga kelib hozirgi Internet tarmog„i shaklandi. 
Internetdan foydalanishda quyidagi tendentsiyalar kuzatildi: 
1981-yilda 213 ta kompyuter; 
1983-yilda 562 ta kompyuter; 
1986-yilda 5089 ta kompyuter; 
1992-yilda 727000 ta kompyuter; 
1995-yilda 20 mln.dan ortiq kompyuter. 
Bundan ko„rinib turibdi-ki, Internet tarmog„iga ulangan 
kompyuterlar soni yil sayin ortib bormoqda. 
Internetga egalik qilish huquqi hech kimga berilmagan, ya‟ni turli 
davlatlar vakillaridan tashkil topgan BMTga o„xshash maxsus nazorat 
qiluvchi tashkilotlar yo„q. 1998-yilda Amerika hukumati Internetga 
tegishli bo„lgan masalalarni yechish (foydalanuvchilarning huquqilarni 
himoyalash, intellektual mulkni himoyalash, ta‟magirlikka qarshi kurash 
va h.k.) uchun bir nechta notijorat tashkilotlarini tashkil qilishni taklif 
qildi. Natijada Internet Corporation for Assigned Names & Numbers 
(ICANN) tashkiloti yuzaga keldi. 
Internet XX asrning buyuk kashfiyotlaridan biri hisoblanadi. Ushbu 
kashfiyot tufayli jahondagi millionlab kompyuterlar yagona tarmoqqa 
birlashtirildi. Bosh kompyuterni internet tarmog„iga ulash uchun 
joylardagi internet ishini boshqaruvchi tashkilotga murojat qilinishi 
kerak. 
Kompyuterni internetga yuklash uchun dastlab telefon tarmog„i 
orqali internetda xizmat ko„rsatadigan provayder serveriga ulanish kerak 
bo„ladi. Ulanish vaqtida kompyuterda mijozning ismi (login) va paroli 
kiritilishi talab qilanadi. Agar kiritilgan ism va parol to„g„ri bo„lsa, 
mijozning kompyuteri provayder serveriga ulanadi. Ulanish va uning 
tezligi xaqida ma‟lumot oynasi hamda kompyuterning topshiriqlar 
jadvalida oldinma-keyin joylashgan kompyuterlar tasviri paydo bo„ladi. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


109 
Ushbu jarayonlar to„g„ri bajarilgandan so„ng, istalgan biror-bir brauzer-
dastur yordamida Internet tarmog„iga ulaniladi. Agar aloqa o„rnatilmay 
qolsa, aloqa o„rnatilmaganligi haqida xabar beruvchi oyna paydo 
bo„ladi. Bunday xolda aloqani o„rnatish uchun yuqoridagi jarayon qayta 
takrorlanadi. 
Internet tarmog„ida barcha mavjud bo„lgan aloqa tarmoqlaridan 
foydalanilmoqda: past tezlikdagi telefon tarmoqlaridan yuqori tezlikdagi 
raqamli 
sputnik 
kanallarigacha. 
Internet tarmog„ida ko„plab 
kompyuterlar Unix yoki VMS operatsion tizimlarida ishlamoqda. Bundan 
tashqari, NetBlazer yoki Cisco turidagi maxsus tarmoq marshrutizatorlari 
taqdim etilgan. Internetda «WWW» nom tarkibiga kiruvchi manbalar 
ko„pchilikni tashkil etadi. Yuqori darajaning eng katta domeni «COM» 
hisoblanadi va u 3,96 mln.dan ortiq saytga ega bo„lib, saytlar umumiy 
sonining 25% ini tashkil etadi. Hozirda EDU, NET, Japan, NIL domenlari 
ham tez kengayib bormoqda. 
Internet turli korxona va tashkilotlarga tegishli bo„lgan ko„plab 
lokal va global tarmoqlardan tashkil torgan. Bu tarmoqlar o„zaro turli 
aloqa tarmoqlari orqali bog„langan. Internetni turli kattalikdagi 
tarmoqlardan tashkil topgan va o„zaro bir-biri bilan xabar, fayl va 
boshqalar jo„natib, faol aloqada bo„lgan mozaika ko„rinishida tasavvur 
qilish mumkin. 
Internet tarmog„ini tashkil etuvchi negiz kompyuterlar xostlar (Host) 
yoki tarmoq bo„g„inlari deyiladi. Bunday kompyuterlar o„rtasida aloqa 
24 soat mobaynida davom etadi. Ular ilmiy va o„quv binolarida, 
korxonalarda, katta firmalarda va boshqa korxonalarda joylashgan. 
Tarmoq bo„g„inlari o„rtasida aloqa shisha tolali, sputnikli, radioreleli va 
telefon kanallari orqali amalga oshiriladi. 
Internet ko„pqavatli tarkibga ega. Asos tarmoqda yuqori tezlikdagi 
optik bog„lanish kanallaridan foydalaniladi. Unga lokal tarmoqlar va 
kompyuterlar bilan o„zaro aloqalarni ta‟minlovchi hududiy tarmoqlar 
ulangan. Lokal tarmoqlar va kompyuterlar Internet provayderlari 
deyiladi. 
Internet provayderi – bu Internet xizmatini taqdim etuvchi firma yoki 
tashkilot. Internetda ishlash sifati va qulayligi provayderga bog„liq. 
Yaxshi provayderni tanlashda quyidagi qiyinchilar mavjud: 
1.
Internet xizmati to„plami va ularning narxi. 
2.
Provayder bilan aloqaning sifati (provayderning kirish 
tarmoqlarida qanday modem o„rnatilgan – sifatli modemlar 
aloqani ishonchliroq ta‟minlaydi); 
3.
Internetning boshqa provayderlari bilan o„tkazuvchanlik 
www.ziyouz.com kutubxonasi


110 
qobiliyati. 
4.
Ma‟lumotlarni uzatishda bog„lanish tezligi. 
5.
Texnik yordam va maslahat xizmatining mavjudligi yoki mavjud 
emasligi. 
2005-yilga kelib O„zbekistonda provayderlar soni salkam 600 taga 
yetdi. Internet tarmog„idan foydalanuvchilar soni esa 780 ming nafarni 
tashkil etdi. To„rt mingga yaqin o„zbek saytlari ro„yxatdan o„tkazildi. 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling