Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/97
Sana13.09.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1676892
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   97
Bog'liq
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

Internetda ishlash asoslari 
Internetda ishlash uchun avvalambor unga ulanish lozim. Internetga 
ulanish uchun kompyuter doimiy IP-manzilga ega bo„lgan kompyuterga 
ulanishi lozim. Bunday tashkilotlar Internet xizmati taqdim etuvchilar 
yoki servis-provayderlar deyiladi. Xizmat ko„rsatish uchun shartnoma 
tuzilganda Internet xizmati taqdim etuvchi quyidagi axborotlarni taqdim 
etadi: 
1.
Telefon raqami – modem va telefon tarmog„i orqali masofaviy 
bog„lanishni amalga oshirish uchun. 
2.
Foydalanuvchi nomi (login) – bog„lanish davrida ro„yxatdan 
o„tkazish uchun kiritilishi lozim. 
3.
Parol (password) – kiritish foydalanuvchining haqqoniyligini 
tasdiqlaydi. 
Internetga ulanishning bir necha usullari mavjud. Biz ularning 
ba‟zilari bilan qisqacha tanishib o„tamiz 
Kommutatorli (oddiy) telefon tarmog‘i. Modem yordamida 
kommutatorli (oddiy) telefon orqali ulanish eng ommaviy usul 
hisoblanadi. Buning uchun modem (ichki yoki tashqi) o„rnatish va 
Internet-brauzerni (amaliy dastur) sozlash lozim (Windowsda «sozlash 
ustasi (masteri)» barcha zarur bo„lgan savollarni beradi). Albatta, 
provayder bilan shartnoma tuzish va provayder bilan bog„lanishi uchun 
telefon raqami, foydalanuvchi nomi va parol olish zarur. Provayder 
ihtiyoriy joyda bo„lishi mumkin, ammo imkon qadar yaqin provayderni 
tanlash maqsadga muvofiq (telefon tarmog„i nuqtai nazaridan). Modem 
orqali ulanishning bir qator kamchiliklari mavjud: tarmoqdan 
ma‟lumotlarni qabul qilish 56 Kbit/s.dan ortmaydi, uzatish esa bundan 
ham past. Aloqa tarmog„i (Dial-up) orqali kirish uchun xonadoningizda 
yetarli darajada sifatli telefon tarmog„i bo„lishi zarur. Agar telefon orqali 
suhbat davrida turli shovqinlar va uzilishlarni eshitsangiz – tarmoq 
yetarli darajada sifatli emas. 
Ajratilgan tarmoq orqali ulanish eng tez usul bo„lib, ommaviyligi 
jixatidan ikkinchi o„rinda turadi (kommutatorlidan so„ng). Ikki yoki to„rt 
simli telefon kabeli va maxsus modemdan foydalaniladi. Bunday ulanish 
telefon bilan bog„liq emas, faqat telefon kabelidan foydalaniladi. Bu 
www.ziyouz.com kutubxonasi


113 
yerda Internet xizmati taqdim etuvchiga to„g„ridan-to„g„ri ulanish orqali 
amalga oshiriladi. Bunday ulanish provayder kompyuteridan sizning 
kompyuteringizgacha kabel tortish orqali amalga oshiriladi va uzluksiz 
kirishga ega bo„lasiz. Ma‟lumotlarni uzatish tezligi 64 Kbit/s. dan 256 
Kbit/s. gacha. Telefon kabellarida har doim ham bo„sh juftliklar 
bo„lmaganligi sababli, ulanish tashkiliy jihatdan murakkab bo„lishi 
mumkin. Aloqa tezligi va sifati oddiy modemlardan yuqori va shunga 
mos ravishda qurilmalar narxi ham yuqori bo„ladi. 
Radiokanal. Ancha qimmat bo„lgan bog„lanish usuli. Uzatish tezligi 
64 Kbit/s. dan 2 Mbit/s. gacha bo„lishi mumkin. Radiokanaldan shaharning 
turli burchaklarida joylashgan lokal tarmoqlarni bog„lashda foydalanish 
maqsadga muvofiq. 
Sputnik kanali. Sputnik kanalidan foydalanish uchun kompyuterga 
ulangan maxsus adapter (qabul qilgich) va sputnik antennasi kifoya 
qiladi. Teskari aloqa oddiy telefonli ulanish kabi. Apparat vositalariga 
bo„lgan minimal talab quyidagicha: kompyuter kamida 66 Mgs 
chastotaga ega bo„lgan 486 protsessorga va Microsoft firmasining barcha 
keyingi operatsion tizimlariga (Windows 95, 98, NT va boshqalar) ega 
bo„lishi lozim. Bu yerda uzatish tezligi 400 Kbit/s. ga yaqin. 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling