Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o


TCP, IP va URL-manzil tushunchalari


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/97
Sana13.09.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1676892
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   97
Bog'liq
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

TCP, IP va URL-manzil tushunchalari 
Internet xizmatidan foydalanuvchilar turli operatsion tizimlardan 
foydalanadilar (DOS, Windows, Macintosh, Unix, OS/2, Amiga va h.k.). Ular 
o„zaro ma‟lumot almashina olishlari uchun Internet tarmnog„ida 
umumiy bo„lgan TCP/IP protokoli qo„llaniladi. Xabarlarni jo„natish 
jarayoni protokol deb nomlanadi. TCP/IP protokoli XX asrning 70-yillari 
boshida yaratilgan. Bu protokol AQSh rahbariyati tomonidan 
moliyalashtirilgan va turli lokal tarmoqlarni va kompyuterlarni yagona 
tarmoqqa birlashtirish imkoniyatlarini o„rganishga yo„naltirilgan 
loyihaning bir qismi edi. Hech bir kompaniya TCP/IP portokoliga egalik 
qilish huquqiga ega emas. Internetga ulangan har qanday kompyuter 
boshqa kompyuterlar bilan ma‟lumot almashishi uchun bu portokoldan 
foydalanishi mumkin. 
TCP (Transmissin Control Protocol) uzatishlarni boshqarish 
protokoli, paketlarni ma‟lumotlarni uzatish nazoratchisi bilan IP 
yordamida jo„natishlarni ta‟minlaydi. 
IP (Internet Protocol) – tarmoqlararo protokol, ma‟lumotlarni bir 
mashinadan 
ikkinchisiga 
qo„shimcha 
ishlovlarsiz 
jo„natishni 
ta‟minlaydi. 
Uzatishlarni boshqarish protokoli uzatilayotgan axborotni qismlarga 
ajratadi. Har bir qism barcha ma‟lumotlar olinganligini tasdiqlash va 
ularni to„g„ri tartibda joylashtirish uchun tartiblanadi. Bu tartib raqamini 
tarmoqda jo„natish uchun protokolning, kerakli bo„lgan ma‟lumotlar 
yozilgan, o„z «konverti» mavjud. Ma‟lumotlar qismlari TCP konvertiga, 
u o„z navbatida IP konvertiga joylanadi va tarmoq bo„yicha uzatiladi. 
Qabul qiluvchi tomonida TCP protokoli dasturiy ta‟minoti 
konvertlarni yig„adi, undan ma‟lumotlarni oladi va ularni to„g„ri tartibda 
joylashtiradi. Agar qandaydir konvert yo„q bo„lsa, dastur jo„natuvchidan 
uni yana bir bor yuborishni so„raydi. Barcha axborotlar kerakli tartibda 
jamlanganidan so„ng bu ma‟lumotlar TCP xizmatidan foydalanayotgan 
amaliy dasturga uzatiladi. 
Tarmoqlararo protokol (IP) manzillash uchun ham xizmat qiladi. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


111 
Internet manzillari ikki turda bo„lishi mumkin: sonli yoki domenli. Sonli 
manzil axborot xabar oldida keltiriladi, u tarmoqqa ma‟lumotlar paketini 
jo„natish uchun yetarli ma‟lumot beradi. Internet-manzil 4 baytga 
bo„lingan 32 bitdan (to„rtta sondan) tashkil topgan bo„lib, ularning har 
biri 256 dan oshmaydi. Sonlarni yozish davrida biri ikkinchisidan nuqta 
bilan ajratiladi. Masalan: 
195.1.158.29 
91.4.205.133 
IP-manzillar tashkilotning o„lchami va faoliyat turi bilan bog„liq 
holda ajratiladi. Ularni A, B va C sinflarga bo„lish mumkin. 
A sinfi manzili – 0 dan 127 gacha bo‘lgan sonlar. 
A sinfi tarmog„i tarmoq manzili uchun 7 bit va xost (o„zak yoki 
tarmoq bo„g„ini) manzili uchun 24 bitga ega. Bu har birida 16 mln.dan 
ortiq xost bo„lgan 128 ta tarmoqni nomlash imkonini beradi. 
B sinfi manzili – 128 dan 191 gacha bo‘lgan sonlar. 
B sinf tarmog„ida tarmoq manzili uchun 14 bit va xost manzili uchun 
16 bit ajratiladi. Bu har birida 65.536 tagacha xost bo„lgan 16384 ta 
tarmoqni nomlash imkonini beradi. 
C sinfi manzili – 192 dan 223 gacha bo‘lgan sonlar. 
C sinf tarmog„ida tarmoq manzili uchun 21 bit va xost manzili uchun 
8 bit ajratiladi. Bu har birida 256 tagacha xost bo„lgan 2.097.152 ta 
tarmoqni nomlash imkonini beradi. 
Ko„pgina tarmoqlar B va C sinflariga tegishlidir. Manzillarni 
berishni InterNIC (International Network Information Center) markazi 
amalga oshiradi. IP-manzil aniq kompyuterni ifodalaydi (nomlaydi). 
TCP/IP qanday ishlaydi? Bu protokollar oilasi ma‟lumotlarni uzatish 
uchun mo„ljallangan (fayllar, xatlar, hujjatlar va h.k.). Bunda 
uzatilayotgan axborot kichik-kichik paketlarga bo„linadi va ko„rsatilgan 
manzil bo„yicha alohida jo„natiladi. Har bir paket axborot yoki faylning 
qandaydir qismini hamda xizmatchi axborotni o„z ichiga oladi. Bu 
xizmatchi axborot xususan paketlar sonini, joriy paket tartibini oladi. 
Xizmatchi axborot yordamida kompyuter xabar yoki faylni kerakli 
tartibda tiklash imkoniyatiga ega. Agar qandaydir paket yo„lda yo„qolib 
qolsa, kompyuter jo„natuvchidan uning yangi nusxasini (uni olmagunga 
qadar) jo„natishni so„raydi. 
URL (Universal Resource Locator) manzil – bu Internet manzili 
bo„lib, aniq bir Web-sahifani yoki qandaydir manbani ifodalaydi. 
http://www.altavista.com/ 
– URLga misol bo„lishi mumkin. 
Internetda ishlash jarayonida tez-tez murojaat qilinadigan ixtiyoriy 
Web-sahifalarning URL manzillari ro„yxati hosil bo„ladi. Internet Explorer 
www.ziyouz.com kutubxonasi


112 
dasturida ular bilan bog„lanish yaratish uchun Избранное (Tanlangan) 
papkasi xizmat qiladi. U Web-sahifalar nishonlarini saqlash uchun 
mo„ljallangan. Unga nishon qo„shish uchun Web-sahifa doirasida 
sichqoncha o„ng tugmasi bosiladi va ochilgan kontekstli menyuda 
Добавит в избранное (Tanlanganga qo‘shilsin) bo„limi tanlanadi. 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling