Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o
Download 2.13 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11. Masofaviy ta’lim tizimlari Masofaviy ta’lim tushunchasi
Identifik
ator Toifa biz Biznes comp Kompyuterlar news Umumiy tasnifdagi yangiliklar rec Qiziqishlar (xobbi, san‟at) sci Fan (Ilm) soc Ijtimoiy mavzular talk Munozara Yuqori toifalarga tegishli bo„lmagan munozaralar Konferensiyalarda muloqot qilish davrida ma‟lum bir qoidalarga (tarmoq etiketi) rioya qilish qabul qilingan. 11. Masofaviy ta’lim tizimlari Masofaviy ta’lim tushunchasi O„qitish bu – maqsadga yo„naltirilgan bilim, ko„nikma va ma‟lumot bilan qurollanishning tizimli, tashkillashtirilgan jarayonidir, bu – o„qish, tarbiya olish va shaxsni rivojlantirish natijasidir. Oldimizda turgan XXI asrda yuqori darajadagi industrial jamiyatga o„tishda aholining aksariyat qismi oliy ma‟lumotli bo„lishi lozim. O„qishning an‟anaviy usullarini qo„llab o„qitish katta mablag„ hamda ko„p sonli insonlarning mehnat faoliyatini kamaytirishga olib keladi. Axborot va telekommunikatsion texnologiyalarning jadal sur‟atlar bilan rivojlanishi natijasida malakali kadrlarga bo„lgan talab ortib bormoqda. Iqtisodiyotda, ijtimoiy va siyosiy hayotdagi tarkibiy www.ziyouz.com kutubxonasi 125 o„zgarishlar barcha yo„nalishlar bo„yicha qayta tayyorgarlikni talab qilmoqda. Ko„plab ishchi-xodimlar oliy ta‟lim yo„nalishida qayta tayyorgarlikka muhtoj bo„lmoqdalar. Yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda kunduzgi ta‟lim bilan bir qatorda masofaviy ta‟lim tizimlarini tadbiq qilish katta samara beradi. Masofaviy ta‟lim tizimlarida katta hajmdagi zamonaviy axborot va telekommunikatsion texnologiyalarga asoslangan ta‟lim – axborot muhitini yaratish hisobiga bir ta‟lim oluvchiga bo„lgan sarf-harajatni an‟anaviy ta‟lim tizimiga nisbatan kamaytirish mumkin. Bu uning sifatini saqlagan holda yangi o„qitish darajasini ta‟minlash imkonini beradi. So„nggi yillarda keng muhokama qilinayotgan bunday xizmat – Internet global tarmog„idan foydalangan holda o„qitish yoki masofaviy ta‟limdir. Bunday o„qitish haqida fikrlar turlicha va qarama-qarshi. Bu normal holat, chunki, har qanday o„qitish usulida axborotning ma‟lum bir qismi mustaqil o„rganish uchun qoldirilgan. Masofaviy ta‟limni axborotlarni uzatish, o„rganish va muloqot qilishning asosiy vositasi bo„lgan Internet tizimi bilan bog„lamoqdalar. 1991-yilda ishlab chiqilgan Web-texnologiya, elektron pochta, FTP (File Transfer Protocol – kompyuterlar o„rtasida fayllar uzatish protokoli, Internetda qo„llaniladi) vositalarini inkor qilmagan holda, masofaviy ta‟lim samarali kirib borayotgan muhit bo„lib bormoqda. Kunduzgi va sirtqi o„qish shakllariga nisbatan masofadan o„qitish o„zgachadir. Maxsus ishlab chiqilgan muhit (qobiq) individual o„qish imkonini beruvchi barcha anjomlar to„plamini, o„quv rejasi bo„yicha barcha axborot ta‟minotini ta‟minlashi, nazorat, o„z-o„zini nazorat, yakuniy nazorat tadbirlarini o„tkazish tizimlari va boshqalarni ta‟minlashi zarur. Yaratilgan kompyuter texnologiyalarining turli- tumanligini hisobga olgan holda, buning uchun barcha vositalar yetarli. Yaqin kunlarda yondashuvlarni standartlash zarurati yuzaga keladi. Masofadan o„qitish kunduzgi va sirtqi bilan bir qatorda bilim olish shakli hisoblanadi va bilim berish jarayonida kompyuter va telekommunikatsion texnologiyalarda eng yaxshi, an‟anaviy va innovatsion usullar, vositalar va o„qitish shakllari qo„llaniladi. Masofaviy ta‟limda bilim berish jarayoni negizini maqsadga yo„naltirilgan va nazorat qilinuvchi mustaqil ish tashkil etadi. O„quvchi o„ziga qulay bo„lgan vaqtda va joyda shaxsiy jadval asosida o„qishi mumkin. Bunda, maxsus o„qitish vositalari to„plami (komplekti) va o„qituvchi bilan kelishilgan holda telefon orqali, elektron yoki oddiy pochta hamda yuzma-yuz muloqot qilish imkoniyati mavjud. www.ziyouz.com kutubxonasi 126 Masofaviy ta‟lim o„rganish obyekti va sub‟yektining o„zaro maqsadga yo„naltirilgan, interfaol, asinxron muloqoti jarayonni ifodalaydi, bunda o„qitish jarayoni masofaga bog„liq emas. Ta‟lim berish jarayoni elementlari tizim ostlari (o„qitish maqsadi, o„qitish usullari, o„qitish vositalari, o„quv-material, moliyaviy-iqtisodiy, normativ-huquqiy) bo„lgan pedagogik tizimda o„tadi. Masofaviy ta‟lim ta‟lim tizimida biror sababga ko„ra (kambag„allik, fizik kamchiliklar yoki ishlab chiqarishda bandligi va shaxsiy ishlariga asosan ta‟lim muassasalariga kela olmaslik, ijtimoiy himoyalanmaganlik, gyeografik yoki vaqt bo„yicha cheklanganlik) hech kim bilimsiz qolib ketmasligi kerak degan printsipga asoslangan. Masofaviy ta‟lim boshqa shakllarning yaxshi tomonlarini o„zida jamlagan holda jamiyatni axborotlashtirishning obyektiv jarayoni sifatida kirib kelmoqda. Masofaviy ta‟lim va ta‟lim tushunchasini tushunishga yondashuvning turlichaligini ifodalovchi qarashlar mavjud. Download 2.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling