Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o
Download 2.13 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12. Elektron tijorat tizimlari Elektron tijorat haqida umumiy ma’lumot
http://www.sity.edu/: Universitet dasturining alohida jihatlaridan biri
dissertatsiya himoya qilish va ilmiy daraja olishni ko„zda tutuvchi hisoblanadi. Webni qo„llagan holda virtual universitetda ko„plab mamlakatlardan talabalar tahsil olmoqdalar. Serverda interfaol o„qitish bo„yicha ma‟lumotlar olish mumkin. Spechtrum virtual universiteti http://www.by.org/: Internetda Virtual universitet serveri o„quv markazining ajoyib illyustratsiyasi hisoblanadi. Bu yerda dasturlar va dars jadvallari bilan tanishish, virtual o„quv jarayoni haqida ma‟lumot olish, o„zingizni qiziqtirayotgan kursga yozilishingiz, real vaqtda universitet talabalari bilan muloqot qilish uchun virtual kafedraga tashrif buyurishingiz mumkin. Yangi axborot texnologiyalari o„quv jarayoni samarasini oshirish va ko„zlagan maqsadga erishish imkonini beradi. MIEM masofaviy ta’lim markazi dlch.miem.edu.ru/: Moskva davlat elektronika va matematika instituti masofaviy ta‟lim tizimi. Turli dasturlar bo„yicha mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash va Amerika va Avstraliya universitetlarida o„qitish bilan shug„ullanib keladi. Har bir o„qitish yo„nalishi bo„yicha server sahifalarida annotatsiya va qisqacha mazmun, o„quv rejasi va qabul qilish shartlari, o„qish narxi haqida axborot taqdim etiladi. Axborot texnologiyalari internet universiteti http://www.intuit.ru/: Rossiya davlatining axborot texnologiyalari bo„yicha virtual universiteti, 270 dan ortiq o„quv kurslariga ega. Malaka oshirish va oliy ma‟lumot olish bo„yicha taxsil olish mumkin. Oliy ta‟lim muassasasi sifatida davlar ro„yxatidan o„tkazilgan. 12. Elektron tijorat tizimlari Elektron tijorat haqida umumiy ma’lumot XX asrning 90-yillari o„rtasidan boshlab butun dunyoda on-line savdo sohasida o„sishning faollashganligi kuzatilmoqda. Kompyuter qurilmalari ishlab chiquvchi katta kompaniyalardan so„ng, tarmoqqa www.ziyouz.com kutubxonasi 131 an‟anaviy mahsulotlar bilan savdo qiluvchilar ham kira boshladilar. Ko„plab kitob magazinlari, kompakt-disk va videokasseta magazinlari paydo bo„ldi. Hozirda har qanday tovarni tarmoq orqali sotib olish mumkin. Elektron tijorat (e-commerce) – bu elektron yo„l bilan tijorat jarayonlarini tezlashtirishdir. Bu holda axborot, har bir bosqichda qog„ozli nusxasini yaratishni chetlab o„tgan holda, axborot qabul qiluvchiga yuboriladi. «Elektron tijorat» termini o„zida ko„plab turli texnologiyalarni birlashtiradi, shu jumaladan – EDI (Electronic Data Interchange – ma’luotlar bilan elektron almashish), elektron pochta, Internet, Intranet (korxona doirasida axborot almashish), Ekstranet (tashqi olam bilan axborot almashish). Shunday qilib, elektron tijoratni Internet orqali tijorat yuritish deb tavsiflash mumkin. Elektron tijorat tizimlarini ikki sinfga bo„lish mumkin: chakana savdoni tashkillashtirish uchun tizimlar va ishbilarmon hamkorlar bilan aloqalar uchun tizimlar. Elektron tijorat tushunchasi nafaqat Internetga yo„naltirilgan tizimlar, shu bilan birga boshqa kommunikatsion muhitlardan foydalanuvchi «elektron magazinlar» – BBS, VAN va boshqalar uchun ham o„rinlidir. Shu bilan birga, WWWdagi axborotlarni qo„llovchi, ammo ma‟lumotlar almashish uchun faks, telefon va boshqa vositalardan foydalanuvchi sotish jarayonlari qisman elektron tijorat tizimiga kiritilishi mumkin. WWW elektron tijoratning asosi bo„lishiga qaramay, bir qator tizimlarda boshqa kommunikatsion imkoniyatlardan foydalaniladi. Masalan, mahsulot parametrlarini aniqlash yoki buyurtmani hisobga olish uchun ma‟lumotllar sotuvchiga elektron pochta orqali jo„natilishi mumkin. Qanday axborotni elektron ko„rinishda uzatish mumkin? Kompyuterda yaratish mumkin bo„lgan har qanday axborotni. Masalan, matnli fayllar, elektron jadvallar, berilganlar bazasi, rasmlar, axborot so„rovlari, prays-varaqalar, multimedia ma‟lumotlari va boshqalar. Download 2.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling