Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/97
Sana13.09.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1676892
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   97
Bog'liq
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

Debit tizimlar – qog„oz cheklarning elektron ko„rinishdagi 
ekvivalenti sifatida mavjud bo„ladi. Masalan, NetCheque, NetChex
NetCheque tizimida schotni ochishda to„lovchi ismini, moliyaviy tarkib 
nomini, to„lovchi schoti tartibini (nomeri), to„lovni qabul qiluvchi nomi 
va chek hajmini o„z ichiga olgan elektron hujjat chiqariladi. 
Axborotning asosiy qismi kodlanmaydi. Qog„ozli chek kabi NetCheque 
chek haqiqatdan ham schot egasidan kelayotganligini tasdiqlovchi, 
imzoning elektron usuliga (raqamli guruhlash) ega. Chek to„lanishidan 
www.ziyouz.com kutubxonasi


137 
avval to„lov qabul qiluvchining elektron imzosi bilan tasdiqlanishi 
lozim. 
Raqamli naqd pul, mazmunan debit tizimlarga tegishlidir. Raqamli 
naqd pulning ikki turi mavjud – smart-kartalarda (Mondex) va 
kompyuterning qattiq diskida saqlanuvchi (misol sifatida quyidagilarni 
keltirish mumkin: Digicash, Netcash, CyberCoin) raqamli naqd pul. 
Ayrim ekspertlarning xulosalariga ko„ra, vaqt o„tishi bilan bu turlar 
yagona turga birlashadi. 
Bu tizimlar naqd pul kabidir. To„lovni amalga oshiradigan tizim 
provayderdan qo„shimcha ravishda naqd pullarning elektron analoglarini 
sotib oladi. Elektron pullarning hayot sikli (masalan, Digicash 
kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan) quyidagi bosqichlarni o„z 
ichiga oladi: avval mijoz o„z kompyuterida nominali va seriya raqamini 
aniqlagan holda elektron kupyuralar yaratadi va o„z elektron imzosi 
bilan tasdiqlaydi. So„ngra ularni bankka jo„natadi. Real pullar schotga 
tushganda ularning faqat nominalini bilgan holda imzolaydi va mijozga 
jo„natadi. Xarid davrida mijoz kupyuralarni sotuvchiga haqqoniyligini 
tasdiqlash va sotuvchi hisobiga o„tkazishni amalga oshirish uchun 
bankka jo„natadi (bunda sotuvchi sotib oluvchi haqida hech qanday 
ma‟lumot olmaydi, ammo sotib oluvchi (xaridor) savdoni amalga 
oshirganini har doim isbotlay oladi, chunki u o„z kupyuralarining seriya 
raqamlarini biladi). Bunday tizimlarning asosiy ustunliklari sifatida 
quyidagilarni keltirish mumkin: 
tizimlar mikro to„lovlar uchun to„g„ri keladi; 
anonimlik ta‟minlangan bo„lishi mumkin. 
Negativ tomonlariga quyidagilarni kiritish mumkin: 
kupyuralarni qo„shimcha sotib olish zarurati; 
kredit taqdim etish imkoniyatining yo„qligi. 
Internet tarmog„i orqali savdoga nisbatan muhokama qilinadigan 
masalalardan 
biri 
tavakkalchilikning 
taqsimlanishi 
muammosi 
hisoblanadi. Karta orqali xarid amalga oshirilayotganda hamma tavakkal 
qiladi – karta raqamini habar qilayotgan foydalanuvchi, uni qabul 
qilayotgan magazin va o„tkazishni amalga oshirayotgan bank. Ammo, 
mutaxassislarning fikricha, Internet-magazinda xarid uchun kredit 
kartochkadan 
foydalanayotgan 
inson 
uni 
oddiy 
magazinda 
foydalanayotgan insonlardan kam tavakkal qilmaydi. 
Kredit kartochkalar foydalanuvchilari himoyasi sxemasi ancha 
avval ishlab chiqilgan va Internet-tranzaktsiyalarga tadbiq qilingan. 
Masalan, magazin xodimi (kuryerga ham) majburiyatlariga xaridor 
www.ziyouz.com kutubxonasi


138 
pasportini kredit kartochkadagi axborotlar mazmuniga nisbatan 
tekshirish kiradi. Pasport mavjud bo„lmaganda operatsiya bekor qilinishi 
mumkin. Shu sababli, Internet-magazindan boshqa kredit kartochka 
bo„yicha biror narsa sotib olish qiyin. Magazin mijoz imzosi bilan 
tasdiqlangan slip kartochkani olmagunga qadar so„nggi bank schotidan 
pulni o„tkazmaydi. 
Bank va to„lov tizimi kam tavakkal qiladi, chunki zarurat 
tug„ilganda mijozga qaytariladigan pullar kartani qabul qilgan savdo 
nuqtasidan olinadi. Bu operatsiyada magazin eng ko„p tavakkalchilik 
qiladi. Buning sababi, biror narsa yuzaga kelganda u mahsulotsiz va 
pulsiz qolishi mumkin. Magazin tavakkalchilikni minimumga keltirish 
uchun zarur bo„lgan summani mijoz schotidan tezda olmaydi, faqat uni 
zahiralaydi. Keyinchalik xaridor va sotuvchi mahsulotni berishda 
uchrashadilar. Shu jarayonda slip (xaridni hujjatli tasdiqlash) yaratiladi 
va kartochka egasi uni imzolaydi. Qabul qilingan slip magazin va 
jarayon markazi uchun kelishuv amalga oshganligining tasdig„i bo„ladi. 
Slipni olish davrida kassir (yoki kuryer) kartochka egasi imzosini 
namuna bilan taqqoslaydi va tortishuvli vaziyatlarda pasport talab qilishi 
mumkin. 
Umuman, savdo tashkilotlari uchun Internet orqali ishlashdagi 
tavakkalchilik kredit kartochkalaridan odatdagi foydalanishlardagi 
tavakkalchilik bilan mosdir. Rossiyaning ko„plab virtual magazinlari 
«Multikarta» jarayonlash markazi bilan ishlaydilar va kredit 
kartochkalarini mualliflashtirish bilan bog„liq bo„lgan barcha 
masalalarini hal qiladilar. 
Turli bosqichlarda to„lov tizimi tarmog„iga fizik ulanish uchun turli 
texnologiyalar qo„llanilgan. Avval kirish telefon tarmoqlari orqali 
amalga oshirilgan. Bog„lanish o„rnatilishi va mualliflashtirish o„tgunga 
qadar foydalanuvchilar ko„p vaqt kutishlariga to„g„ri kelgan. Hozir 
ko„plab magazinlar Internetdan X.25 tarmog„iga o„tish uchun provayder 
tomonidan taqdim etilayotgan shlyuzdan foydalanmoqdalar. 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling