Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o
Download 2.13 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)
Internet-magazin
Magazinga kirgan foydalanuvchi nimani ko„radi? Birinchidan, bazada mavjud bo„lgan tovarlar ro„yxatini. On-laynli «prilavka» biror qoidaga ko„ra qandaydir korxonaning avtomatlashtirilgan tizimiga bog„langan bo„lgani uchun bu ro„yxat sotuvda va odatdagi (virtual bo„lmagan) magazinda mavjud bo„lgan mahsulotlarni o„z ichiga oladi. Bazadagi mahsulotlar odatda asos elementlari tovarlar guruhi bo„lgan iyerarxik daraxt ko„rinishidagi tarkibda taqdim etiladi. Agar biror guruhda sichqoncha tugmasi bosilsa, u guruhostlari yoki aniq turdagi mahsulot ro„yxatini ochgan holda yoyiladi. Ayrim hollarda xaridor tovarning tasvirini va uning tavsiflarini ko„rishi, hamda uni o„zining savatiga qo„shib qo„yishi mumkin. Savatni to„ldirgandan so„ng, mijoz «Выполнит заказ» («Buyurtma bajarilsin») buyrug„ini beradi va o„ziga mos bo„lgan to„lov shaklini tanlaydi. Agar birinchi bor sotib olayotgan bo„lsa, odatda undan o„zi haqida ba‟zi ma‟lumotlar berilishi so„raladi – ismi, telefoni, manzili va h.k. Korporativ xaridor korxona nomini, hisob www.ziyouz.com kutubxonasi 135 schoti raqamini, ismi va murojaat qiluvchi shaxs telefoni haqida xabar beradi. Bu bosqichda xaridorga ma‟lum bir aniqlovchi (identifikatsion) kod beriladi. Bu shuning uchun qilinadiki, u keyingi safar magazinga kirganda yuqorida keltirilgan ma‟lumotlarni kiritishi lozim bo„lmaydi, ya‟ni kodni ko„rsatish yetarli bo„ladi. So„ngra, narxini to„lash va ma‟lum bir vaqt oralig„ida magazindan mahsulotni olish uchun mijozga schot yuboriladi. Onlaynli magazin kredit kartochka orqali to„lovlarni amalga oshirish imkonini beradi. Bunday hollarda mijoz o„zi haqidagi axborotlar yoki kodi bilan birga kredit kartochka raqami haqida ham axborot yuboradi. Jarayon markazida kredit kartochkani avtomatlashtirish amalga oshiriladi. Bu jarayon samarali amalga oshirilgandan so„ng mijoz hisobidagi pullar «muzlatiladi» (to„xtatiladi), bazadagi mahsulot esa zahiralanadi. Keyingi bosqichda firma xodimlari xaridor bilan telefon orqali bog„lanadilar va tovarni kuryer bilan jo„natadilar; mijoz xohishiga ko„ra magazinga kelishi va xaridni o„zi olib ketishi ham mumkin. Mahsulotni berish davrida mijozning kredit kartochkasi harakatga keltiriladi va u kelishuvni slipda o„z imzosi bilan mustahkamlaydi. Kartani avtomatlashtirish mahsulotni zahiralash davrida amalga oshirilganligi uchun uni harakatga keltirishda jarayon markazi bilan bog„lanishi talab qilinmaydi. Operatsiya tugallanishida slip bankka beriladi, pul esa xaridor schotidan o„chiriladi va magazin schotiga o„tkaziladi. Korporativ mijozga barcha rekvizitlarni ko„rsatgan holda shunchaki schot yuborilishi mumkin. Mahsulot magazindan olinishi yoki bu schot bo„yicha pul o„tkazilgandan so„ng buyurtmachiga yetkazilishi mumkin. Magazinning ajoyib xususiyatlaridan biri, kredit kartochkalar bo„yicha savdoni amalga oshirish imkonini beruvchi to„lov tizimi integratsiyasidir. To„lov tizimlarini kredit, debet va raqamli naqd pullar bilan ishlovchi tizimlarga ajratish mumkin. Kredit tizimlar – kredit kartochkalar yordamida to„lovlarni amalga oshiradigan oddiy tizimlarning analogi bo„lib, ma‟lumotlarni uzatish va xavfsizlikni ta‟minlash bir qator xizmatlari – raqamli imzo, ma‟lumotlarni shifrlash va h.k. uchun Internetdan foydalaniladi. Bunday tizimlar qatoriga CyberCash, Open Market, First Virtual va SET (Secure Electronic Transaction) protokolidan foydalanuvchi barcha tizimlarni kiritish mumkin. Kredit tizimlarning asosiy kamchiligi quyidagilar hisoblanadi: tranzaktsiyani amalga oshirishda ushlanishlarni oshiruvchi va www.ziyouz.com kutubxonasi 136 Internet to„lov tizimining maqsad bozori bo„lgan mikroto„lovlar uchun tizimning moslanmaganligiga olib keluvchi mijozning to„lov qobiliyatini va kartochka muallifligini tekshirish zarurati; anonimlikning mavjud emasligi va buning natijasida savdo tarkiblari tomonidan majburiy (bog„langan) xizmat; kredit kartochkalarini qabul qiluvchi magazinlar sonining chegaralanganligi; xaridorlar uchun kredit hisobini ochish zarurati va «kartochka ma‟lumotlarini tarmoq bo„yicha uzatish» kompleksi. Hozirgi kunda ayrim loyihalar tugallanmagan bo„lsa ham, elektron tijorat bilan shug„ullanuvchi ko„plab kompaniyalar SET protokoli, yangi ilovalar va boshqalarni qo„llagan holda xizmatlarni taklif qilmoqdalar. Ko„pgina korxonalar to„lovlarni amalga oshirishda maksimal konfidensiallik va xavfsizlikni ta‟minlash maqsadida SET va boshqa texnologiyalarni integrallashtirmoqda ya‟ni, birlashtirmoqda. Hozirda Internetning deyarli barcha katta to„lov tizimlarida SET protokolini qo„llagan holda xizmatlar taklif qilinmoqda. Xavfsiz Internet-to„lovlar bozorida ishlayotgan, taniqli bo„lgan SyberCash kompaniyasi o„zining barcha mijozlariga SET protokoli bo„yicha (uning ustunliklarini targ„ib qilgan va isbotlagan holda) ishlashni taklif qilmoqda. Endi hech narsadan cho„chimagan holda elektron tijoratda ishtirok etish mumkin. SETdan foydalanishdagi bir qator ustunliklarni ko„rsatib o„taylik: sotuvchilar – mualliflanmagan to„lov kartochkalari yordamida harid qilish va hariddan voz kechishdan himoyalangan; banklar – mualliflanmagan xaridlardan himoyalangan; mijozlar – mavjud bo„lmagan sotuvchilardan sotib olish va kredit raqamlarini tutib olishdan zarar ko„rmaydilar. SET raqamli imzolardan foydalangan holda mualliflashtirishni amalga oshirish imkonini beradi va shu bilan birga oraliq bo„g„inlardan aylanib o„tgan holda emitet bo„yicha tekshirish uchun karta raqamini uzatish mexanizmini ta‟minlagan holda xaridorni himoyalaydi. Download 2.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling