Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/97
Sana13.09.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1676892
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   97
Bog'liq
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

Uslubiy vositalar 
Ko„pchilik texnologiyalarning rivojlanishi uchun standartlashtirish 
va unifikatsiya xarakterli belgi hisoblanadi. 
Standartlashtirish – takrorlanuvchi masalalar uchun yechimlar 
topish va optimal darajada tartiblanganlikka erishishdir. 
Unifikatsiyalash (umumlashtirish) – elementlar qo„llanilayotgan 
tizimlar turli tumanligiga nisbatan ularning turli tumanligini kamaytirish. 
Turli standartlar va ularga o„xshash uslubiy materiallarni quyidagi 
belgilari bo„yicha tartiblash mumkin: Tasdiqlovchi organlar bo„yicha: 
xalqaro rasmiy standartlar; 
milliy rasmiy standartlar; 
milliy mahkamalar standartlari; 
xalqaro komitetlar va birlashmalar standartlari; 
ishlab chiqaruvchi firmalar standartlari; 
«de fakto» standartlari. 
Predmet sohasi bo„yicha standartlashtirish: 
funksional standartlar (protokollar, dasturlash tilidagi standartlar
www.ziyouz.com kutubxonasi


106 
kodlash, shifrlash va boshqalar); 
axborot tizimlari rivojlanish bosqichlari (hayot sikli) standartlari 
(loyihalashga, materiallashtirishga, ishga tushurishga, kuzatib 
borishga standartlar va boshqalar). 
Uslubiy manbaga qarab uslub, model, yondashuv standart sifatida 
qaralishi mumkin. Misol tariqasida turli darajadagi bir qator standartlarni 
ko„rib chiqaylik. 
Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (International Standards 
Organization – ISO) tomonidan ishlab chiqilgan ISO/OSI xalqaro 
standarti tarmoq axborot almashinuvi sohasida foydalanish uchun 
mo„ljallangan bo„lib, OSI modeli sifatida tanilgan, yetti darajali etalon 
modelni (OSI – Open System Interconnection - ochiq tizimlar 
bog‘lanishi) ifodalaydi. 
ISO/IEC 12207:1995-08-01 xalqaro standarti dasturiy ta‟minot hayot 
sikli jarayonlari, hamda dasturiy ta‟minot tarkibiy qismi sifatida kirgan 
axborot tizimlari turlari uchun asos standart hisoblanadi. ISO/IEC JTC1 
«Axborot texnologiyalari, dasturiy ta‟minotni loyihalashtirish, SC 7 
komitetosti» birlashgan texnik komitet tomonidan 1995-yilda ishlab 
chiqilgan. Asosiy, qo„shimcha va tashkiliy jarayonlar bayonlarini o„z 
ichiga oladi. 
Dasturiy ta‟minotning asosiy jarayonlari: 
axborot tizimini o„zlashtirayotgan xaridor harakatlarini 
ifodalovchi o‘zlashtirish jarayoni, dasturiy mahsulot yoki uning 
xizmati (servis); 
yuqorida ko„rsatilgan tashkil etuvchilar bilan ta‟minlovchi, 
yetkazib beruvchi harakatlarini tartiblovchi yetkazib berish 
jarayoni
dasturiy mahsulot qurish printsiplarini, ishlab chiquvchi 
harakatlarini aniqlovchi ishlab chiqish jarayoni
foydalanuvchilar extiyojlari yo„lida axborot tizimiga xizmat 
ko„rsatayotgan operator harakatlarini aniqlovchi, hamda 
foydalanish ko„rsatmalari talablaridan tashqari, 
foydalanuvchilarga maslahatlar va ular bilan teskari aloqani 
tashkillashtiruvchi ishlash jarayoni
dasturiy ta‟minotni modifikatsiyalash bo„yicha professionalning 
harakatlarini chegaralovchi (reglamentlovchi), funksional ish 
qobiliyatini va uning joriy holatini qo„llovchi kuzatish jarayoni
Yordamchi jarayonlar hujjatlashtirish, konfiguratsiyani boshqarish, 
sifatini ta‟minlash, attestatsiya, hamkorlikda baholash va auditni 
www.ziyouz.com kutubxonasi


107 
chegaralaydi. 
GOST 34 standartlash obyekti sifati turli xil avtomatlashtirilgan 
tizimlar va ularni tashkil etuvchilarining barcha turlari, shu bilan birga 
dasturiy ta‟minot va berilganlar bazalaridan iborat. Standart, asosan, 
loyiha hujjatlarini ko„rib chiqadi va uni ISO/IEC 12207 standartidan 
farqlaydi. Standart tarkibida avtomatlashtirilgan tizimlarni ishlab chiqish 
bosqichlari farq qiladi. 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling