Axborot tizimlari
Axborot – kommunikatsiya bozorining jamiyat iqtisodidagi roli
Download 2.86 Mb. Pdf ko'rish
|
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh (1)
1.5. Axborot – kommunikatsiya bozorining jamiyat iqtisodidagi roli So’nggi yigirma yil davomida rivojlangan mamlakatlar axborot faoliyatining ko’p qismi bozor infratuzilmasining asosiy elementlaridan bo’lib, bozor munosabatlari tarkibiga singib ketgan. Axborot-kommunikatsiyalar bozorining bozor infratuzilmasi sifatida shakllanishi o’tgan asr 50 yillarining ikkinchi yarmidan boshlandi. Hozirgi kunda bozorning ushbu tarmog’i har bir mamlakat milliy iqtisodining asosiy negizi bo’lib hisoblanmoqda. CHunki global iqtisodiyotni tarkib toptirish uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiyalar infratuzilmasi talab etilmokda. Ishbilarmonlik faoliyatining maqbul muhitini shakllantirshda zarur bo’lgan turli axborot, tahliliy materiallar va ularni tezkor usulda olish axborot- 26 kommunikatsiyalar texnologiyalarining rivojlanib borayotganligi evaziga erishilmoqda. Barcha mamlakatlarda telekommunikatsiya axborot tarmoqlari keng tarqalayapti. Ayniqsa «Internet» axborot tarmog’ining salmog’i kundan-kunga ortib borib dunyo bo’yicha global axborot infratuzilmasi, uning asosida esa axborotlashgan jamiyat shakllanayotgani ma’lum. Xususan: a) xalqaro axborot tarmoqlariga ulangan shaxsiy kompyuterlar har bir xonadonga kirib bormoqda; b) axborot tarmoqlarida yangi xil faoliyat turlari vujudga kelayapti. Jumladan: tarmoqda ishlash, tarmoq muhitida dam olish, ijod va ko’ngil ochish, tarmoqda maorif va tarbiya; v) jamiyatning har bir a’zosi qaerda bo’lishidan qatьiy nazar axborot tarmoqlari asosida hoxlagan mamlakatidan turli xil mavzu hamda yo’nalishdagi axborotni to’liq va tezkor sur’atda olish imkoniyatiga ega bo’lmoqda; g) axborot tarmoqlari doirasida mamlakatlar o’rtasidagi georgrafik va geosiyosiy chegaralar yo’qolib borayapti. Mutaxassislarning fikricha, axborotlashgan jamiyatda kompyuterlashtirish jarayoni kishilarga ishonchli axborot manbaiga kirishga keng imkoniyat yaratadi hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarda axborot mahsulotlarini qayta ishlashning yuqori darajasini ta’minlash orqali ularni ko’p mehnat va vaqt talab etuvchi ishlardan ozod etadi. Axborotlashgan jamiyatda nafaqat ishlab chiqarish jarayoni tubdan o’zgaradi, balki hayot mazmuni, xususan moddiy boylikka qaraganda madaniy xordiq chiqarishning axamiyati ortadi. Tovar ishlab chiqarish va iste’mol qilishga yo’naltirilgan industrial jamiyatga nisbatan, axborotlashgan jamiyatda ko’proq aqliy mehnat ulushini orttiruvchi bilim, intellekt, axborot ishlab chiqariladi va iste’mol qilinadi. Turli xildagi kompyuter texnikasi asosidagi tizim va tarmoqlar, axborot texnologiyalari hamda aloqa telekommunikatsiyalari axborotlashgan jamiyatning material va texnologik bazasi bo’lib xizmat qiladi. Boshqacha qilib aytganda, axborot-kommunikatsiyalar bozori tovarlar ushbu jamiyat shakllanishining negizi sanaladi. Axborot-kommunikatsiyalar bozorida asosiy tovar bo’lib Download 2.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling