Axborot tizimlari
«Axborot tizimlari» fanini o’qitish maqsadi va asosiy vazifalari
Download 2.86 Mb. Pdf ko'rish
|
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mazkur fanning maqsadi
1.2. «Axborot tizimlari» fanini o’qitish maqsadi va asosiy vazifalari
O’zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarida yuqori natijalarga erishishi, jahon iqtisodiy tizimida to’laqonli sheriklik o’rnini egallay borishi, inson faoliyatining barcha jabhalarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan yuqori darajada foydalanish ko’lamlari qanday bo’lishiga hamda bu texnologiyalar ijtimoiy mehnat samaradorligini oshishida qanday rol o’ynashiga bog’liq. Prezidentimiz I.A. Karimov ta’kidlaganlaridek: “Biz tezkor texnikaviy taraqqiyot, shiddat bilan rivojlanayotgan va muntazam yangilanayotgan zamonaviy yuqori texnologiyalar, axborot- kompyuter tizimlari asosida yashayotganimizni unutmasligimiz kerak.”[ 6 ]. Insonning axborotni qayta ishlash bo’yicha imkoniyatlarini kuchaytiruvchi zamonaviy texnologiyalar bilan qurollantirish - axborotlashtirish sanoatini jadal rivojlantirishni talab etuvchi eng muxim texnik, iqtisodiy vazifa hisoblanadi. Iqtisodiyotda axborot texnologiyalaridan foydalanish iqtisodiy axborotlar sifati, uning aniqligi, ob’ektivligi, tezkorligini va buning natijasi sifatida esa boshqaruv qarorlarini o’z vaqtida qabul qilish imkoniyati oshishini ta’minlaydi. Demak, iqtisodiy mutaxasisliklar bo’yicha ta’lim olayotgan talabalarni davr talabiga javob bera oladigan etuk mutahassis, komil inson bo’lib tarbiyalanishlarida, ularga «Axborot tizimlari» (AT) fanini o’qitish – davr talabidir. Mazkur fanning maqsadi – talabalarga axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, iqtisodiyot va jamiyat xayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini qo’llashni nazariy hamda amaliy asoslarini o’rgatishdan iborat. Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda mazkur fanning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi: - axborot, axborot texnologiyasi, axborot tizimi va ularning tuzilishi, turkumlanishini o’rganish; - axborot texnologiyasini yaratish tamoyillarini aniqlash; - axborot texnologiyasini rivojlanish bosqichlarini belgilash; - axborot tizimlari evolyutsiyasini belgilash; - axborot texnologiyasini kontseptual va funktsional modeli bilan tanishish; - kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalaridan tashkiliy, iqtisodiy sohadagi masalalarni echishda foydalanish; - axborot tizimlarini dasturiy, texnik ta’minotlarini o’rganish va milliy iqtisodiyotning turli sohalariga qo’llash; Download 2.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling