Axborot tizimlari
Download 2.86 Mb. Pdf ko'rish
|
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot texnologiyalari
2- bob bo’yicha xulosalar
Hozirgi vaqtda turli maqsadlarga mo’ljallangan ko’plab axborot-ma’lumot tizimlari muvaffaqiyatli ishlab turibdi, ular foydalanuvchilarning axborot so’rovlarini qondirish uchun yo’naltirilgan. Bunday tizimlarning o’ziga xos xususiyati shundaki, ularda so’rovga muvofiq ravishda topilgan axborotdan aynan shu tizimning doirasida bevosita foydalanilmaydi, balki foydalanuvchiga beriladi, u olingan axborotdan o’ziga zarur istalgan maqsadlarda foydalanadi. Boshqaruv tizimlari turli-tuman boshqaruv va texnik-iqtisodiy masalalarni hal qilish uchun mo’ljallangan. Odatda bu tizimlar korxonalar, tashkilotlar, tarmoqlar (masalan, kasalxonalar, avtomatlashgan omborlar, moddiy-texnika ta’minoti va zahira qismlarini boshqarish, kadrlarni hisobga olish va buxgalteriya hisobining axborot tizimlari) avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari (ABT) doirasida ishlaydi 39 3- bob. Axborot texnologiyalari 3.1. Axborot texnologiyasi iqtisodiy informatikaning qismi sifatida Bozor munosabatlarini shakllantirish bo’yicha olib borilayotgan tub islohotlarni amalga oshirish, eng avvalo xodimlarning iqtisodiy bilimiga bog’liqdir. Kishilarda iqtisodiy tafakkurni shakllantirmasdan turib, chuqur o’zgarishlar qilib bo’lmaydi. Bu borada iqtisodiy informatikaning tarkibiy qismi bo’lgan zamonaviy axborot texnologiyalarini qo’llash davr talabidir. Axborot texnologiyalari (AT) – bu axborot jarayonlarini (axborotni yig’ish, saqlash, izlash, qayta ishlash, uzatish va h.k) turli xil vositalar yordamida boshqarishni tashkil etish usullaridir. Axborot texnologiyalari informatikaning predmeti hisoblanadi, hamda boshqaruv amaliyotini o’tkazish, ishlab chiqarishni boshqarish, ilmiy izlanishlar va iqtisodiyotda korxonalarning tashkil topishi, ularning texnik rivojlanishi natijasida milliy iqtisodning yangi tarmoqlarini yuzaga keltiradi. Axborot texnologiyalari iqtisodiy masalalarni hal etishda quyidagi asosiy jarayonlarni o’z ichiga oladi: 1. Axborotni yig’ish va ro’yxatdan o’tkazish; 2. Axborotni tartiblash, tahlil qilish va uzatish; 3. Ma’lumotlarni kodlashtirish; 4. Ma’lumotlarni saqlash va izlash; 5. Iqtisodiy axborotni qayta ishlash; 6. Axborotni chop etish va axborotdan foydalanish; 7. Qaror qabul qilish, boshqaruv ta’sirini ishlab chiqish. Axborot xususiyatlarini o’rganish hamda inson faoliyatining turli sohalarida foydalanish va tarqatish bilan shug’ullanadigan fan informatika deb ataladi. Informatikaning asosiy vazifasi – davlat boshqaruv organlarining, sanoat va tadbirkorlik hamda boshqa sohalardagi axborot ehtiyojini qondirish uchun moddiy- texnik bazani yaratishdir. Informatikaning asosiy uchta yo’nalishi mavjud. Download 2.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling