Axborot tizimlari


Download 2.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/148
Sana15.08.2023
Hajmi2.86 Mb.
#1667244
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   148
Bog'liq
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh (1)

Birinchi yo’nalish - axborotni uzatish, yig’ish va qayta ishlashning texnik 
vositalarini rivojlantirish nazariyasi bilan bog’liq. U o’z ichiga hisoblash 
komplekslarini, lokal va global hisoblash tarmoqlari, aloqa nazariyasini olgan keng 
ilmiy-ommaviy sohadir. 
Ikkinchi yo’nalish ma’lumotlarini qayta ishlash bo’yicha har xil amaliy 
vazifalarni hal etish yuzasidan turli kategoriyadagi foydalanuvchilar uchun texnik 
vositalar bilan samarali ishlashni tashkil qilish imkonini beradigan, dasturiy 
ta’minotni ishlab chiqishga yo’naltirilgan, matematik va amaliy fanlar kompleksini 
o’z ichiga olgan dasturlashtirishdir. 
Bu yo’nalishga algoritmlashtirish tillari nazariyasi, ma’lumotlarni tashkil etish, 
saqlash, qidirish va qayta ishlash nazariyasi, tizimli hamda amaliy dasturlashtirish 
nazariyasi kiradi. 
Axborot tizimini yaratishda ikkinchi yo’nalishni umumiy va amaliy dasturiy 
ta’minot deb atash qabul qilingan. 
Uchinchi yo’nalish – avtomatlashtirilgan usulda turli darajadagi vazifalarni hal 
etish modellari, algoritmlar tartibi, texnologiyasini ishlab chiqish va tashkil qilishdir.


40 
Informatika 1960 yillarda Frantsiyada elektron hisoblash mashinalari 
yordamida axborotni qayta ishlash bilan shug’ullanuvchi sohani ifodalovchi atama 
sifatida yuzaga keldi. Informatika atamasi lotincha informatic so’zidan kelib chikqan 
bo’lib, tushuntirish, xabar qilish, bayon etish ma’nolarini anglatadi. Frantsuzcha 
informatique (informatika) so’zi axborot avtomatikasi yoki axborotni avtomatik qayta 
ishlash ma’nosini anglatadi. Ingliz tilida so’zlashuvchi mamlakatlarda bu atamaga 
Computer science (kompyuter texnikasi haqidagi fan) sinonimi mos keladi. 
Informatikaning inson faoliyatining mustaqil sohasi sifatida ajralib chiqishi 
birinchi navbatda kompyuter texnikasining rivojlanishi bilan bog’liq. Bunda asosiy 
xizmat mikroprotsessor texnikasiga to’g’ri keladi. Uning paydo bo’lishi 1970 yillar 
o’rtalarida ikkinchi elektron inqilobini boshlab berdi. 
SHu davrdan boshlab hisoblash mashinalarining element negizini integral 
chizma va mikroprotsessorlar tashkil etdi. Informatika atamasi nafaqat kompyuter 
texnikasi yutuqlarini aks ettirish va foydalanish, balki axborotni uzatish va qayta 
ishlash jarayonlari bilan ham bog’lanadi. 
Informatika axborotni qayta ishlash, ularni qo’llash va ijtimoiy amaliyotning 
turli sohalariga ta’sirini EHM tizimlariga asoslangan holda ishlab chiqish, loyihalash, 
yaratish, baholash, ishlashning turli jihatlarini o’rganuvchi kompleks ilmiy va 
muhandislik fani sohasidir. 
Informatika bu jihatdan axborot modellarini qurishning umumiy metodologik 
tamoyillarini ishlab chiqishga yo’naltirilgan. SHu bois axborot uslublari ob’ekt, 
hodisa, jarayon va hokazolarni axborot modellari yordamida bayon etish 
imkoniyatiga egadir. 
Informatikaning vazifalari, imkoniyatlari, vosita va uslublari ko’p qirrali 
bo’lib, uning ko’plab tushunchalari mavjud. Ularni umumlashtirib quyidagicha talqin 
etish mumkin. 
Informatika va kibernetika tushunchalarida ko’pincha chalkashliklar uchrab 
turadi. Ularning o’xshashligi va farqini tushuntirishga harakat qilamiz. 

Download 2.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling