Axborot tizimlari
Download 2.86 Mb. Pdf ko'rish
|
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh (1)
Informatika - (informatsiya), ya’ni xabar, axborot ma’lumotlarni jamlash,
qidirish, saqlash, qayta ishlashning qonunlari va usullarini o’rganadi. N. Vinner tomonidan kibernetikaga kiritilgan asosiy fikr inson faoliyatining turli sohalarida murakkab dinamik tizimlarni boshqarish nazariyasini ishlab chiqish bilan bog’liq. Kibernetika kompyuterlar mavjudligi yoki yo’qligidan qatьiy nazar mavjuddir. Kibernetika – texnik, biologik, ijtimoiy va boshqa turli tizimlarda boshqaruvning umumiy tamoyillari haqidagi fandir. Informatika yangi axborotni ancha keng, kibernetika kabi turli ob’ektlarni boshqarish vazifalarini amaliy hal etmay, o’zgartirish va barpo etish jarayonlarini o’rganadi. SHu bois informatika haqida kibernetikadan ancha keng fan sohasi degan tasavvur hosil bo’lishi mumkin. Biroq, boshqa jihatdan, informatika kompyuter texnikasi bilan bog’liq bo’lmagan mu-ammolar echimi bilan ifodalanmaydi. Bu, shubhasiz, uning umumlashtiruvchi xususiyatini cheklaydi. Kibernetika nuqtai nazaridan axborot ob’ektni boshqa bir ob’ektda aks ettirish jarayonini o’ziga mujassamlashtiradiki, bu narsa boshqaruvni amalga 41 oshiradi, iqtisodiyotni rejalashtirishning iqtisodiy matematik usullaridan foydalanish, uni intensiv taraqiyot yo’liga solish imkoniyatini beradi. Informatika kompyuter texnikasi rivojlanishi tufayli yuzaga keldi, unga asoslanadi va usiz mavjud bo’la olmaydi. Kibernetika kompyuter texnikasining barcha yutuqlaridan unumli foydalansa ham, lekin ob’ektlarni boshqarishning turli modellarini yaratgan holda o’z-o’zicha rivojlanaveradi. Kibernetika va informatika tashqi jihatdan bir-biriga juda o’xshash bo’lsa ham, lekin: informatika — axborot va uni qayta ishlovchi texnikaviy, dasturiy vositalar xususiyatlariga asoslanadi; kibernetika esa — ob’ektlar modellarining kontseptsiyalarini ishlab chiqish va qurishda xususan axborotdan keng foydalanishi jihatidan farqlanadi. Informatika keng ma’noda insoniyat faoliyatining barcha sohalarida asosan kompyuterlar va telekommunikatsiya aloqa vositalari yordamida axborotni qayta ishlashi bilan bog’liq fan, texnika va ishlab chiqarishning xilma-xil tarmoqlari birligini o’zida namoyon etadi. Informatikani tor ma’noda o’zaro aloqador uch qism — texnik vositalar (hardware), dasturiy vositalar (software) va algoritmli vositalar (brainware) sifatida tasavvur etish mumkin. O’z navbatida informatikani ham umuman, ham qismlari bo’yicha turli jihatlardan: xalq xo’jaligi tarmog’i, fundamental fan, amaliy fan sohasi sifatida ko’rib chiqish mumkin (3.1-rasm). Informatika xalq xo’jaligi tarmog’i sifatida kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish va axborotni qayta ishlash zamonaviy texnologiyasini ishlab chiqish bilan shug’ullanadigan xo’jalik yuritishning turli shakllaridagi korxonalarning bir turda jamlanishidan iborat bo’ladi. Informatikaning ishlab Download 2.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling