Axborot tizimlari
Download 2.86 Mb. Pdf ko'rish
|
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh (1)
Ma’lumotlar bazasi – ma’lumotlar bankining eng muhim tarkibiy qismi
hisoblanadi. Umumiy holda ma’lumotlar bazalariga keyingi tushunchani keltirish mumkin. Ma’lumotlar bazasi – zaruriy axborotni tezkor olish va modifikatsiyalash, axborotning minimal ortiqchaligi, amaliy dasturlarga bog’liq emasligi, izlash usulining umumiy boshqarilish imkoniyatlariga ega, katta miqdordagi ilovalar uchun foydalanish imkoniyatlari bilan tavsiflanuvchi o’zaro bog’liq ma’lumotlar yig’indisidir. 73 Ma’lumotlar bazasini qo’llash ushbu imkoniyatlarni beradi: so’rovlar majmuasini amalga oshirishni soddalashtirish; saqlanilayotgan ma’lumotlarning ortiqchaligini kamaytirish; axborot texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish; ma’lumotlar dolbzarligini ta’minlash; amaliy dasturlarni o’zgartirmasdan ma’lumotlarni o’zgartirish; ma’lumotlar tuzilmasini qat’iyligini saqlash. Ma’lumotlar bazasini samarali tashkil etish bu - ma’lumotlar bazasida mantiqan o’zaro bog’langan massivlarni tashkil etishdir. Ma’lumotlar bazasini boshqarish uchun uni tashkil etish va yuritishda ixtisoslashgan samarali dasturiy vosita - ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimidan foydalaniladi. Ma’lumotlar bazasi qaytarilmaydigan ma’lumotlarning yaxlitlangan jamlamasi sanaladi. Uning asosida mazkur sohaning barcha masalalari hal etiladi. Ma’lumotlar bazasida ko’p qirrali kirish va aynan bir xil ma’lu-motlardan turli foydalanuvchilar foydalanish imkoni mavjud. Tashkil etiladigan ma’lumotlar bazasining tuziliamsi muammo sohasi ma’lumotlarining axborot-mantiqiy modelini aks ettirishi lozim. Ma’lumotlar ba- zasidagi mantiqiy o’zaro bog’liqlik ma’lumotlar modeli turiga muvofiq tashkil etiladi. Normativ-ma’lumotnomali va boshqa ma’lumotlar qoida bo’yicha alohida massivlarda joylashtiriladi. Bu massivlarni yuzaga keltirish va yuritish texnologiyasi o’ziga xos xususiyatlarga ega. Mazkur massivlar ma’lumotlar bazasining boshlang’ich yuklanish bosqichida tashkil etiladi. Operativ (tezkor) hisobot ma’lumotlari ma’lumotlar bazasiga vazifalarni echish reglamentiga muvofiq kiritiladi. Bu ma’lumotlar ma’lum davrda to’planadi. Ma’lum bir hisob-kitob qilingach (masalan, omborxonada qolgan tovarlarni hisob-kitob qilish), to’plangan tezkor hisobot ma’lumotlari yo’q qilinadi yoki arxivda saqlanadi. Ma’lumotlar bazasi foydalanuvchining bitta shaxsiy kompyuterida monopol joylashgan bo’lishi mumkin. Bunday holatda u faqat ma’lum SHK tashqi xotirasiga joylashtiriladi va axborot bazasiga bir vaqtda bir necha foydalanuvchining kirishi ta’minlanadi. Kompyuter tarmog’i mavjud bo’lgan holda ko’pchilik foydalaniladigan rejimda ishlash, mashina-serverda joylashadigan markazlashgan ma’lumotlar bazasidan foydalanish imkoniyati tug’iladi. Bunday holatda har bir foydalanuvchi o’z shaxsiy kompyuteri orqali barcha foydalanuvchilar uchun umumiy bo’lgan markazlashgan axborot bazasiga kirishga ruxsat oladi. Tarmoq texnologiyasida har bir foydalanuvchi o’z SHKda lokal ma’lumotlar bazasini tashkil etishi ham mumkin. Bu ma’lumotlar bazasi faqat mazkur avtomatlashgan ish joyi uchun zarur bo’lgan axborotni saqlaydi. Kompyuter tarmog’ida ma’lumotlar bazasini tashkil etish va jamoa bo’lib foydalanish banklar, birja, investitsiya jamg’armalari va boshqa bozor iqtisodiy tuzilmalarining axborot ti- zimlari samaradorligini oshiradi. 74 Foydalaniladigan texnik va dasturiy vositalar konfiguratsiyasiga bog’liq holda turli ishlash texnologiyasi amalga oshirilishi mumkin. Ma’lumotlarni tarmoqli ishlab chiqishning turli kontseptsiyalari mavjud, misol tariqasidafayl-server va mijoz- serverni keltirish mumkin. «Fayl-server» kontseptsiyasi tarmoq operatsion tizimi yadrosi hamda markazlashgan holda saqlanuvchi fayllar joylashgan va fayl-server uchun ajratilgan kompyuterga mo’ljallangan. Fayl-serverdagi ma’lumotlarning umumiy bazasiga jamoa holda kirish unga xos xususiyatdir. Foydalanuvchilardan biri tomonidan fayl yangilangan taqdirda boshqa foydalanuvchilarning kirishiga qarshi ximoyalanadi. So’ralgan ma’lumotlar fayl-server dan ishchi stantsiyaga o’tkaziladi va ular ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi vositalari bilan qayta ishlanadi (5.1-rasm). «Mijoz-server» kontseptsiyasi. Mazkur kontseptsiyaga asosan, ma’lumotlarni ishlab chiqish vazifasi mijoz - ishchi stantsiyasi va ma’lumotlar bazasining mashina serveri o’rtasida bo’lishi mo’ljallangan. Ma’lumotlarni qayta ishlashni mijoz so’raydi va u tarmoq bo’ylab ma’lumotlar bazasi serveriga uzatiladi. So’rov ma’lumotlari o’sha erda qidiriladi. Qayta ishlangan ma’lumotlar tarmoq orqali serverdan mijozga uzatiladi. Mijoz-server arxitekturasi uchun xos hususiyat - bu ma’lumotlar bazasidan so’rov uchun SQL dasturlash tilidan foydalanish. Bu tarmoq mijozlarining turli xildagi umumiy ma’lumotlar bilan ishlash imkonini beradi (5.1-rasm). 5.1-rasm. «Fayl-server» va «klient-server» texnologiyalari Download 2.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling