76
o’qitish tizimlari, loyihalashtirishning
avtomatlashtirilgan tizimlari, boshqarishning
avtomatlashtirilgan axborot tizimlari misol bo’ladi.
SHu kabi axborot tizimlarini bir qancha belgilarga ko’ra turkumlarga ajratish
mumkin. 5.2-rasmda AT ni turkumlashning asosiy belgilari ko’rsatilgan.
Hujjatli axborot qidirish tizimi (XAQT) hujjatlashtirilgan ma’lumotlarni
saqlash
va
qayta
ishlashni
amalga
oshiradi.
Kutubxona
faoliyatining
avtomatlashtirilgan tizimi XAQT ga misol bo’ladi.
Faktografik axborot qidirish tizimi (FAQT) raqmli va mantli ma’lumotlarni
saqlashda va qayta ishlashda qo’llaniladi. Tashkil qilinayotgan AATning asosiy qismi
FAQT turidagi tizimga misol bo’ladi.
Ma’lumotlarni ishlash usuliga ko’ra AAT ikki qismga:
axborot -
ma’lumotnoma tizimi (AMT) va ma’lumotlarni ishlashning avtomatlashtirilgan tizimi
(MIAT)ga bo’linadi.
AT
5.2-rasm. AAT ning turkumlanishi
AMT talab-javob tartibida ishlaydi. Bunday tizimda
tegishli axborotlar talab
bo’yicha qidiriladi va foydalanuvchiga qayta ishlamagan holda beriladi. Ikkinchi
turdagi tizimda esa topilgan ma’lumotlar tegishli dasturlar
yordamida ishlanadi va
foydalanuvchiga beriladi.
Ma’lumotlarni integratsiyalashtirish darajasiga ko’ra AT avtonom va
ma’lumotlar bazasidan tashkil topgan turlarga bo’linadi.
Avtonom fayli tizimlarda
(AFT) to’plangan ma’lumotlar o’zaro bog’lanmagan holatda bo’ladi. SHu sababli
bunday turdagi tizimlar o’rniga ma’lumotlar bazasidan (MB) foydalanilmoqda.
Taqsimlash darajasiga ko’ra AT elementlari bitta EHMda (lokal)
va hisoblash
tarmog’ida (taqsimlangan) joylashgan turdagi tizimlarga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: