Axborot tizimlari
Frequency - Oraliq (chastota)
Download 2.86 Mb. Pdf ko'rish
|
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh (1)
Frequency - Oraliq (chastota)
(U) Undated - Davrsiz ma’lumotlar (A) Annual - Yillik ma’lumotlar (Q) Quarterly - Kvartal ma’lumotlar (M) Monthly - Oylik ma’lumotlar F1 Break (F3-F6 menus) F1 - Buyruqdan chiqib ketish Menyudagi birorta qatorni tanlaganingizdan keyin ekranda Starting date? savoliga javob berishingiz kerak. Bunga esa javob RANGE intervalidagi boshlang’ich sana bo’lishi kerak. Ending date? Bunga RANGE intervalning oxirgi sanasi javob bo’lishi kerak. Masalan: 2000 yil 1-kvartalidan 2005 yil 4-kvartaligacha bo’lgan ma’lumotlarni o’z ichiga olgan ishchi faylni yaratish uchun quyidagi komandani berish kerak: >GREATE (G) 2000.1 2005.4 LOAD - ishchi faylni diskdan operativ xotiraga yuklash komandasi.Agar yangi ishchi fayl yaratayotgan bo’lsangiz, xotirada avvaldan ishchi fayl mavjud bo’sa (avval yaratilgan yoki diskdan yuklatilgan bo’lsa), u paytda sistema mavjud bo’lgan avvalgi ishchi faylni yo’q qilishni ma’qullashingizni so’raydi. Abandon current work file? (Y/N) Agar «Y» deb javob bersangiz, mavjud avvalgi faylda qolgan o’zgartirishlaringiz va natijalaringiz SAVE komandasi bilan saqlab qo’yilgan bo’lsa, xotiradan o’chirilib ketadi. «N» deb javob bersangiz yangi ishchi fayl bilan ishlashni davom ettirasiz. Undan keyin esa quyidagi savolga javob berasiz: File name? Faylning nomi? Bu savolga ishchi faylnipng nomini yozish kerak. Masalan: UZ nomli ishchi faylni yuklash uchun >LOAD UZ degan komandani berish kerak. SAVE - ishchi faylni diskda saqlash komandasi (ishchi faylni vinchesterga yozishda ishlatiladi). 139 Bu komanda berilgandan keyin ekranda Filt name? Savoliga ishchi faylning nomini berish kerak. Agar xuddi shu nom bilan ataluvchi fayl diskda mavjud bo’lsa, ekranda quyidagi savol paydo bo’ladi: File already exists. Overwrite? (Y/N) Agar «Y» deb javob berilsa, fayl qayta yoziladi (eskisi esa yo’q qilinadi). «N»degan javobda esa fayl saqlanmaydi. Masalan: mavjud hozirgi ishchi faylni diskka UZ nomi bilan saqlash uchun quyidagi komanda beriladi: > SAVE UZ EXPAND (KENGAYTIRISH) - Ishchi faylning chegaralarini kengaytirish komandasi. Bu komanda maksimal intervalni (RANGE) kengaytirish (bu komanda bilan vaqtli qator chegaralarini toraytirish mumkin emas) uchun ishlatiladi. Bu komandada vujudga keladigan savollar va javoblar CREATE komandasiga o’xshaydi. Masalan: ishchi faylda yangi 2005.1 va 2009.4 chegaralarini yaratish uchun quyidagi komanda beriladi: > EXPAND 2005.1 2009.4 SORT - tartiblash komandasi. Bu komanda vaqtli qatordagi kuzatishlarni ketma-ket turishini, ularning qiymatiga qarab o’zgartirish uchun ishlatiladi. Ishchi fayldagi vaqtli qatorlarning (kuzatishlarning tartibiga qarab) barchasi vaqtli qatorlar qiymatlarining tartibiga qarab tartiblanadi. Download 2.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling