Axborot tizimlari
Download 2.86 Mb. Pdf ko'rish
|
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh (1)
9- bob bo’yicha xulosalar “BEM – Buxgalterga Elektron Madad” dasturi ishlab chiqarilishi orqali “BEM-Kichik korxonalar”, “BEM-Bozorlar”, “BEM-Byudjet tashkilotlari” dasturlari ko’rinishida faoliyat turlari xizmatlar, ulgurji va chakana savdo, ishlab chiqarish kabilardan iborat bo’lgan korxonalar; xo’jalik hisobidagi va byudjet tashkilotlari; yagona soliq to’lovi to’lovchilar va umumbelgilangan soliqlar to’lovchilar, bozorlar, oliy o’quv yurtlari va boshqalar uchun muvaffaqiyatli echim yaratildi. BEMning dasturiy mahsulotlari amaldagi qonunchilikning barcha talablariga javob beradi va boshqa barcha muqobillaridan farqli o’laroq, qo’shimcha sozlash va konfiguratsiya qilishni talab etmaydi. Buxgalter korxona, xodimlar va operatsiyalar bo’yicha boshlang’ich ma’lumotlarni kiritsa kifoya, qolgan barchasini dasturning o’zi tez va to’g’ri amalga oshiradi. TSP paketi o’zida tenglamalar sistemasi matnlari, axborot massivlarini va boshqa ma’lumotlarni mujassamlashtirgan ishchi fayllarni saqlaydigan direktoriy ostiga (masalan, WORK nomi bilan) ega bo’lishi kerak. 140 10- bob Davlat sektorida elektron boshqaruv usullari 10.1 Davlat sektorida boshqarishning elektron usulini qonunchilik asosida rivojlantirish Xozirgi davrda axborot kommunikatsion texnologiyalarni (AKT) jaxon mikesida xaetga keng qo’llanishi industrial jamiyatdan axborot jamiyatga utishi bilan tavsiflanadi. AKT rivojlanishi umuman iktisodiy sohalarning rakobatbardoshligini va davlat boshqaruv samaradorligini oshiradi[19,29]. O’zbekiston Respublikasida AKT keng joriy etilishi uchun zaruriy shartlari bulib xukukiy va uyushtirish shartlari xisoblanadi, bu esa uz navbatida jamiyatni demokratik uzgarishlariga olib kelib axolini axborot resurslarni erkin olishiga, uzatishiga va tarkatishga xukuk beradi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov Vazirlar Maxkamasida o’tkazilgan yigilishda o’zining ma’ruzasida ma’muriy isloxotning asosiy bir yunalishi bulgan progressiv axborot kommunikatsion texnologiyalarni davlat boshqarish tizimiga boskichma-boskich joriy kilib, uni mukammallashtirib borib keraksiz xisobotlarni va kogozli xujjat almashuvini qisqartirishini ta’kidlagan. Davlat organlari va boshqaruvida AKTdan foydalanish kuyidagilarga erdam beradi: - ochik turdagi fuqarolar jamoasini yaratishga; - davlat boshqaruv samaradorligini kutarishga; - davlat sektori xarajatlarini qisqartirishga; - davlat organlari va boshqaruvi bilan fuqarolar xamda xujalik sub’ektlari orasidagi uzaro munosabatlarni yuksalishiga. Davlat sektoriga AKT joriy kilinishi iktisodietni rivojlanishini tezlatadi, ish samaradorligini oshiradi, davlat muassasalarining ishlab chikarish kuvvatini kutaradi. Davlat sektorida elektron boshqaruv usulining maqsadi va masalasi kuyidagilardan iborat: - axoli, shaxsiy sektor va nodavlat jamiyatni davlat organlari va uz-uzini boshqaruv organlari xizmatlaridan maksimal darajada foydalana olish; - AKTdan foydalanish erdamida davlat va o’z-o’zini boshqarish korxonalarida eng yukori ish samaradorligiga erishish; - biznes iqlimini yaxshilash natijasida chet el investitsiyasini kiritish; - shaxsiy, jamiyatni va davlatni axborot xavfsizligini ta’minlash va demokratik rivojlanishini sharti bulgan erkin va teng xukuklilik ravishda informatsiyani olish, tarkatish va foydalanishning samarali tizimini yaratish. O’zbekiston Respublikasi davlat sektoriga elektron texnologiyaning qo’llanishi va rivolanishining asosiy yunalishi bulib xukukiy-normativ bazani mukammallashtirish xisoblanadi. SHu yunalishdagi asosiy masalalardan biri bu elektron xujjatlarni yaratish va qo’llash borasida konunchilik bazasini shunday yaratish lozimki, u umumiy axborot resurslar va tizimlardan foydalanish imkoniyatini, informatsiyaning konfeditsionalligini, shuningdek, oddiy shaxslarning shaxsiy ma’lumotlarini saqlashga karatilgan bulmogi lozim. 141 Davlat sektoriga AKT joriy qilishda xukuklarni qayta kurishda asosiy savollar bulib kuyidagilar xisoblanadi: - davlat organlari va boshqaruv axborot resurslari va axborot tizimlaridan erkin xolatda foydalanish xukukini xar bir fuqaroga joriy qilish; - Internet tarmogidan foydalanib davlat iktisodiy ishlarini olib borish xukukini ta’minlash (elektron tijorat, elektron xujjat almashuv, axborot xizmatlar); - davlat tomonidan AKTdan foydalanilganda uning axborot xavfsizligini ta’minlash; - axborot kommunikatsion tizimlarda yuritiladigan elektron xujjatlarning xakikiyligini aniqlash koidalarini urnatish; - axborot jamoaning xukuklarini mukammallashtirish, chunki xar bir axborot fuqaro elektron texnologiyani davlat sektoriga joriy kilganidan sung yangilikni sezmogi lozim. Davlat sektorida AKTdan foydalanish uchun xukukiy-normativ bazaning kuyidagi yunalishlarini mukammallashtirish lozim: - AKT sohasi buyicha umumiy konnunchilikni kompleks ravishda mukamallashtirib, xalqaro konunchilik bilan muvofiklashtirish; - informatsiyaning ochikligi va erishishligini saklagan xolda, lekin konfidentsional informatsiyalardan foydalanishga chegara kuyilgan xolda informatsiya xukukiy tartibini aniqlash; - kompyuter jinoyati xakida konun loyixasini tayerlash; - konfidentsialь informatsiya xakida konun loyixasini (ishdagi sir, tijorat siri, bank siri va x.k.) tayerlash; - axborot xizmatlarni kursatish koidalarining normativ aktlarini ishlab chikarish (elektron xujjat ayirbolash, axborot resurslaridan foydalanish va x.k); - elektron xujjat ayirboshlash jaraenida axborot tizimni yaratish, ularning uzaro munosabati, informatsiya xavfsizligi va muxofazasi uchun standartlar ishlab chikish. Boshqarishning elektron usuli deganda avvalambor xamma xujjatlarni elektron kurinishga utkazish va davlat elektron oldi-sotdi jaraenini rivojlantirish demakdir. SHu bilan bilan birgalikda davlat biznes sohasida ish olib boraetgan fuqarolarga zamonaviy AKT qo’llash buyicha urnak bulmogi lozim. Davlat elektron oldi-sotdi jaraenining afzalliklari kuyidagilardan iborat: - ochiklik (ziddiyatni qaytarish); - teng xukuklilik (davlat buyurtmasini olishda rakobatni kuchaytirish); - tejamkorlik (davlat sotib oladigan maxsulotlariga ketadigan xarajatlarni kamaytirish); - samaradorlik (konkurs buyicha oldi-sotdi jaraenini tezlashtirish). Davlat oldi-sotdi jaraeniga utishda bir necha misolar bulib, ulardan biri konuniy- xukukiy bazani mukammallashtirishdan iborat. Elektron bozor uchun albatta elektron bojxona bulmogi lozim. Busiz xalqaro elektron savdo bulmaydi. SHuning uchun bojxona xujjatlarini rasmiylashtirish, xujjatlarni soddalashtirish, xalqaro amalietga mos kelishi va xalqaro birikmalar ES, SNG bilan integratsiya qilishi uchun xukukiy bazani kengaytirish kerak. Faraz qilinadiki, agar yuk bojxonasidan tovar utmogi lozim bulsa, albatta uning elektron pasportida belgilangan bulmogi lozim. 142 AKTni O’zbekiston Respublikasi davlat sektoriga joriy qilish va rivojlantirish maqsadida bir kator konunlar qabul kilingan: - “Informatsiya erkinligi mukarrarligi va kafolati” (12.12.2002 y); - “Informatsiya xakida” (11.12.2003 y); - “Elektron rakamli imzo xakida” (11.12.2003 y); - “Elektron tijorat xakida” (29.04.2004 y); - “Elektron xujjat almashuv xakida”(29.04.2004 y) Keyinchalik esa konunchilik bazasini kengaytirib kuyidagi masalalarni xisobga olishga karatilmogi lozim. Bulardan: - “Kompyuter jinoyatchiligi xakida”; - “Elektron tulovlar xakida”; - “Davlat boshqaruvi va xokimiyati berilganlar bazasini yaratishda standartlari xakida”; - “SHaxsiy berilganlarni ximoyasi xakida”; - “Informatsiya xavfsizligi xakida”; - “Davlat elektron xizmatlari xakida”; - “SHaxsning elektron xujjatlar orqali tasdiklanishi xakida” va x.k. Bu konunlarni qabul qilish orqali elektron davlat boshqaruviga utishning xukukiy asoslari yaratilgan bulib, O’zbekiston Respublikasining xalqaro axborot birikmalari bilan integratsiya jaraenlari rivojlanadi. Download 2.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling