Axborot tizimlari
REN - fayllar nomini o’zgartirish komandasi
Download 2.86 Mb. Pdf ko'rish
|
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- DEL - faylarni diskdan o’chirish komandasi.
- TYPE - fayllarni ekranda ko’rish komandasi.
- WORK FILES(WF) -Ishchi fayllar (i/f)
REN - fayllar nomini o’zgartirish komandasi. Bu komanda MS-DOS
sistemasining REN komandasiga o’xshashdir. REN komandasi fayllar nomini o’zgartirish uchun ishlatiladi. Masalan: U.TXT fayl nomini U1.CSV ga o’zgartirish uchun ushbu komandani berish kerak: >REN U.TXT U1.CSV DEL - faylarni diskdan o’chirish komandasi. Bu komanda ham MS DOS sistemasidagi DEL komandasiga o’xshashdir. Fayllarni diskdan (vinchesterdan) o’chirish uchun ishlatiladi. Masalan: joriy direktoriydagi WK. TXT faylini o’chirish uchun quyidagi komanda beriladi: DEL WK. TXT TYPE - fayllarni ekranda ko’rish komandasi. Bu komanda bilan model tenglamalarinio’z ichiga olgan fayllarni ko’rish mumkin. Ushbu komandaning kamchiligi shundaki, (MS DOSdagi TYPE komandasi bilan solishtirganda ), faylni ekranda to’xtatib ko’rish uchun Pause klavishasidan foydalanish mumkin. Ammo, F1 klavishasi bosilgandan keyin ko’rishni davom ettirib bo’lmaydi. Masalan : WK.TXT faylni ko’rish uchun TYPE WK. TXT komandasi beriladi TSP sistemasida ishchi fayllar bilan ishlash komandalari. Ishchi fayllar bilan ishlash komandalarini ro’yxatini o’zichiga olgan menyu, fayllar bilan ishlash komandalari bosh menyusining birinchi qatorini tanlaganda chiqariladi va quyidagi ko’rinishda bo’ladi: WORK FILES(WF) -Ishchi fayllar (i/f) (1)Greate a new WF in RAM GREATE - xotirada yangi i/ f yaratish. (2) Load a WF from disk LOAD - diskdan i/f ni yuklash (3)Save a Wfto disk SAVE - diskka i/f yozish (4) Expand the sample range EXPAND - vaqtli qatorni kengaytirish (5) Sort data by series SORT - ma’-tlarni saralash F1 Break (F3-F6 menus) F1 - Buyruqdan chiqib ketish TSP sistemasi ma’lumotlarni o’zining ichki formatida saqlaydi. Ishlash seansi paytida hamma vaqtli qatorlar TSP sistemasining ISHCHI FAYLLARIDA (WORK FILE) saqlanadi. Ishchi fayl o’zida ma’lumotlarni saqlashda qatorlarning DAVRIYLIGI (FREQUENCY) bilan, davrni o’zgartirishning maksimal intervali (range) va hozirgi intervali (Current Sample) bilan xarakterlanadi. Ishchi fayl ma’lumotlarni saqlashda ularning strukturasini yaratadi. Vaqtli qatrlar bu strukturaning elementlari hisoblanadi. Har bir vaqtli qatorning nomi bo’lishi shart, bu nom ishchi faylda boshqa qatorlarning nomiga o’xshamasligi kerak. Vaqtli qatorlarning davriyligi quyidagilardan biri bo’lishi mumkin: Undated - bunda ma’lumotlar aniq vaqt oralig’ida bo’lmaydilar; Annual - yillik ma’lumotlar; Quarterly - kvartal ma’lumotlar; Monthly - oylik ma’lumotlar; Ishchi fayllar bilan operatsiyalar bajarish uchun TSP sistemasida 5ta komanda mavjud. Ularning tavsilotlari quyida keltirilgan. 138 GREATE - bu komanda EHMning operativ xotirasida ishchi fayllarni yaratish uchun mo’ljallangan. Agar yangi ishchi fayl yaratayotgan bo’lsangiz, xotirada avvalgi ishchi fayl mavjud bo’lsa (avval yaratilgan yoki diskdan yuklatilgan bo’lsa), bunda sistema o’sha mavjud faylni xotiradan yo’q qilishni ma’qullashingizni so’raydi. Abandon current work file? (Y/N) Agar «Y» deb javob bersangiz, mavjud avvalgi ishchi faylda qilgan o’zgartirishlaringiz va natijalaringiz SAVE komandasi bilan saqlab qo’yilmagan bo’lsa, xotiradan o’chirilib ketadi. «N» deb javob bersangiz, yangi ishchi fayl yaratishdan voz kechasiz va avval mavjud bo’lgan ishchi fayl bilan ishlashni davom ettirasiz. GREATE komandasi berilgandan keyin quyidagi ko’rinishdagi davriylik menyusi paydo bo’ladi: Download 2.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling