Axborot tizimlari


Download 2.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/148
Sana15.08.2023
Hajmi2.86 Mb.
#1667244
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   148
Bog'liq
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh (1)

3.Produktsion tizimlar. 70-yillarning o’rtalariga kadar ekspert tizimlarda bilimlarni 
tasvirlash uchun bilimlarni ifodalovchi produktsiey modellar keng qo’llanildi. Bu 
umumiylik ekspert tizimlarning 1-avlodiga xos edi (masalan, DENDRAL, MYCIN, 
PUFF, SECS, Rl, MDX, MEDAS va boshqalar). 
Produktsion (maxsuliy) qoidalar bilimlarni «AGAR — U XOLDA» 
ko’rinishida tasvirlaydi. Qoidaning «AGAR» qismi bir qator shartlarni ifodalaydi, bu 
shartlar qanoatlantirilsa, qoidaning ikkinchi, ya’ni «U XOLDA» qismidagi xulosalar 
mazmunga ega bo’ladi. Masalan: AGAR televizion tasvir tinik bo’lmasa, Va vaqt 
o’tishi bilan u pasaya borsa, Va tasvir uta ko’rib bo’lmaydigan darajaga etsa, «U 
XOLDA» kineskop ishdan chikkan bo’ladi, yangisi-ga almashtirish kerak. 
Bilimlarni qayta ishlovchi, bilimlarni tasvirlashda ishlatiladigan Produktsion qoidalarni 
uz ichiga oluvchi tizimlar produktsion tizimlar deb nom oldi. Ekspert tizimlarning 
qo’llanishi buyicha produktsiyalarni «vaziyat->-xarakat», «xolat-v echimni qabul 
qilish», «jo’natish — xulosa» tarzida talqin qilish mumkin. Deduktiv xulosa tizimi 
uchun o’ziga xoslik — bu «jo’natish — xulosa» ko’rinishidagi talqin qilishdir. Bunda 
jo’natishlar va xulosalar — aksioma va teoremalarni, produktsiyalarni o’zi esa xulosa 
qoidalarini ifodalaydi. 
Produktsiyalar tilining asosiy elementi quyidagi konstruktsiyadir: 
(i), P, P
j
; A → V; (j)Q. 
Bu konstruktsiya og’zaki quyidagi tekst bilan ifodalanishi mumkin: 
«Agar R shart bajarilsa va A shart urinli bulsa, u xolda V ishni qilish va 
produktsiyaning i nomerli shar-tini Q shartiga uzgartirish kerak». Bizning 
yozuvdagi (i) qoidaning tartib nomeri. 
Ekspert tizimlar xulosalarni chiqarish buyicha uch xil bo’ladi: 1) to’g’ri yul 
bilan xulosa chiqaruvchi, 2) teskari yul bilan xulosa chiqaruvchi, 3) aralash yul bilan 
xulosa chiqaruvchi ekspert tizimlar. Masalan, to’g’ri yul bilan xulosa chiqaruvchi 
ETlar yordamida kasallik alomatlariga kura kasallik aniqlanadi. Teskari yul bilan 
xulosa chiqaruvchi ETlar yordamida farazlardan (taxmin kilingan kasallikdan) bu 
farazni isbotlovchi yoki isbotlay olmaydigan dastlabki ma’lumotlarga tomon sekin-
asta boramiz. 
Mashxur chet el ekspert tizimlardan DENDRAL tizimi to’g’ri yul bilan 
xulosa chiqaruvchi, MYCIN esa teskari yul bilan xulosa chiqaruvchi ETdir. 
Aralash yul bilan xulosa chiqaruvchi tizimlarda ikki tomon-lama jarayonni amalga 
oshirish mumkin, lekin bu xolatda ekspert tizimning bilimlar manbaida vaziyat 
(xolat) bilan birlikda maqsad xam berilishi lozim. Bilimlarni tasvirlovchi 
qoidalarning muxim axamiyati shundaki, tasvirlash modul xarakterga ega, ya’ni 
boshqa qoidalarga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir etmasdan yangi qoidalarni kushish, 
eskilarini olib tashlash yoki uzgar-tirish mumkin. 
Qoida produktsiya ko’rinishida bilimlarni tasvirlashning ikkita jiddiy kamchiligi 
bor. Bu kamchiliklar hozirgi zamon dasturlash amaliyotida u (tasvirlash) ning 
imkoniyatlarini birmuncha cheklaydi. 
Birinchidan, uxshash qoidalar tuplamini aniqlay oladigan xamda qoidalar 
tuplamiga uzgartirish kiritishda yoki qoidalar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni 


166 
aniq-lashda foydali bo’ladigan qoidalar modulligi qoidalarga asoslangan ekspert 
tizimlarning bilimlar bazasini tashkil etishga tuskinlik qiladi. 
Ikkinchidan, tuzilishning bir jinsligi kup xol-larda, bilimlarning xar xil 
turlarini bir sintaksisda tasvirlashga majbur qiladi va okibatda tizimdagi 
bilimlarning vazifasini zaiflashtiradi. Masalan, boshqa qoidalarni chakirishni 
boshqaradigan, yashirin xolda ishlaydigan yoki yakun yasaydigan qoidalarni 
yangi ma’lumotni chiqarishda ishlatiladigan qoidalar-dan farklab bo’lmaydi. 
Ekspert tizimlarda bilimlarni tasvirlash usullariga yakun yasab shuni 
ta’kidlash lozimki, hozirgi paytga kadar ishlab chikilgan usullarda aniqlik va bir 
kiymatlilik yuk. Bunga bir tomondan, bilimlarni aniqlash va ularni ifodalash 
usullarining kupligi, ikkinchi tomondan, ulardan xar birining samaradorligi-ni 
baxolashda, ular bilan ishlashda eng maqsadga muvofik muolajalarni aniqlash 
usullarining yukligi sababdir. Bu xol bilimlarni ifodalashning umumiy 
nazariyasini yaratishni takozo etadi. Hozircha bunday nazariya yuk. SHu sababli 
bilimlarni ifodalashning u yoki bu usuliga baxo bera olmaymiz. 

Download 2.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling