Axborot tizimlari


 Axborot – kommunikatsiya bozorining jamiyat iqtisodidagi roli


Download 2.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/148
Sana15.08.2023
Hajmi2.86 Mb.
#1667244
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   148
Bog'liq
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh (1)

 
1.5. Axborot – kommunikatsiya bozorining jamiyat iqtisodidagi roli 
So’nggi yigirma yil davomida rivojlangan mamlakatlar axborot faoliyatining 
ko’p qismi bozor infratuzilmasining asosiy elementlaridan bo’lib, bozor 
munosabatlari tarkibiga singib ketgan. Axborot-kommunikatsiyalar bozorining bozor 
infratuzilmasi sifatida shakllanishi o’tgan asr 50 yillarining ikkinchi yarmidan 
boshlandi. Hozirgi kunda bozorning ushbu tarmog’i har bir mamlakat milliy 
iqtisodining asosiy negizi bo’lib hisoblanmoqda. CHunki global iqtisodiyotni tarkib 
toptirish uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiyalar infratuzilmasi talab 
etilmokda. Ishbilarmonlik faoliyatining maqbul muhitini shakllantirshda zarur 
bo’lgan turli axborot, tahliliy materiallar va ularni tezkor usulda olish axborot-


26 
kommunikatsiyalar 
texnologiyalarining 
rivojlanib 
borayotganligi 
evaziga 
erishilmoqda. 
Barcha 
mamlakatlarda 
telekommunikatsiya 
axborot 
tarmoqlari 
keng 
tarqalayapti. Ayniqsa «Internet» axborot tarmog’ining salmog’i kundan-kunga ortib 
borib dunyo bo’yicha global axborot infratuzilmasi, uning asosida esa axborotlashgan 
jamiyat shakllanayotgani ma’lum. Xususan: 
a) xalqaro axborot tarmoqlariga ulangan shaxsiy kompyuterlar har bir 
xonadonga kirib bormoqda; 
b) axborot tarmoqlarida yangi xil faoliyat turlari vujudga kelayapti. Jumladan: 
tarmoqda ishlash, tarmoq muhitida dam olish, ijod va ko’ngil ochish, tarmoqda 
maorif va tarbiya; 
v) jamiyatning har bir a’zosi qaerda bo’lishidan qatьiy nazar axborot 
tarmoqlari asosida hoxlagan mamlakatidan turli xil mavzu hamda yo’nalishdagi 
axborotni to’liq va tezkor sur’atda olish imkoniyatiga ega bo’lmoqda; 
g) axborot tarmoqlari doirasida mamlakatlar o’rtasidagi georgrafik va 
geosiyosiy chegaralar yo’qolib borayapti. 
Mutaxassislarning fikricha, axborotlashgan jamiyatda kompyuterlashtirish 
jarayoni kishilarga ishonchli axborot manbaiga kirishga keng imkoniyat yaratadi 
hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarda axborot mahsulotlarini qayta 
ishlashning yuqori darajasini ta’minlash orqali ularni ko’p mehnat va vaqt talab 
etuvchi ishlardan ozod etadi. Axborotlashgan jamiyatda nafaqat ishlab chiqarish 
jarayoni tubdan o’zgaradi, balki hayot mazmuni, xususan moddiy boylikka qaraganda 
madaniy xordiq chiqarishning axamiyati ortadi. Tovar ishlab chiqarish va iste’mol 
qilishga yo’naltirilgan industrial jamiyatga nisbatan, axborotlashgan jamiyatda 
ko’proq aqliy mehnat ulushini orttiruvchi bilim, intellekt, axborot ishlab chiqariladi 
va iste’mol qilinadi. Turli xildagi kompyuter texnikasi asosidagi tizim va tarmoqlar, 
axborot texnologiyalari hamda aloqa telekommunikatsiyalari axborotlashgan 
jamiyatning material va texnologik bazasi bo’lib xizmat qiladi. Boshqacha qilib 
aytganda, axborot-kommunikatsiyalar bozori tovarlar ushbu jamiyat shakllanishining 
negizi sanaladi. 
Axborot-kommunikatsiyalar 
bozorida 
asosiy 
tovar 
bo’lib 

Download 2.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling