Axborot tizimlari
chiqarish tarmog’i sifatida
Download 2.86 Mb. Pdf ko'rish
|
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh (1)
chiqarish tarmog’i sifatidagi o’ziga xosligi va ahamiyati shundaki, xalq
xo’jaligining boshqa tarmoqlari mehnat samaradorligi ko’p jihatdan unga bog’liqdir. Bundan tashqari, bu tarmoqlar me’yorida rivojlanishi uchun informatikaning o’zida mehnat samaradorligi ancha yuqori sur’atlarda o’sib borishi lozim, chunki hozirgi davrda jamiyatda axborot ko’proq so’nggi iste’mol predmeti sifatida namoyon bo’lmokda: odamlarga dunyoda ro’y berayotgan voqealar, ularning kasbiy faoliyatiga doir predmet va hodisalar, fan va jamiyatning rivojlanishi haqida axborot zarur. Informatika fundamental fan sifatida kompyuter axborot tizimlari negizida istalgan ob’ektlar bilan boshqaruv jarayonlarini axborot jihatidan ta’minlashni barpo etish metodologiyasini ishlab chiqish bilan shug’ullanadi. SHunday fikr ham mavjudki, fanning asosiy vazifalaridan biri — axborot tizimlari nima, ular qanday o’rinni egallaydi, qanday tuzilmaga ega bo’lishi lozim, qanday ishlaydi, uning uchun qanday qonuniyatlar xos ekanligini aniqlashdir. Evropada informatika sohasida quyidagi asosiy ilmiy yo’nalishlarni ajratib ko’rsatish mumkin: tarmoq tuzilmasini ishlab chiqish, kompyuterli integratsiyalashgan jarayonni ishlab chiqarish, iqtisodiy va tibbiy informatika, ijtimoiy sug’urta va atrof muhit informatikasi, professional axborot tizimlari. 42 Informatika Texnik vositalar Dasturiy vositalar Algoritmli vositalar 3.1-rasm. Informatikaning tarmoq, fan, amaliy fan sohalari sifatida tuzilishi Informatikada fundamental tadqiqotlar maqsadi istalgan axborot tizimlari haqida umumlashtirilgan axborotni olish, ularning qurilishi va ishlashining umumiy qonuniyatlarini aniqlashdir. Informatika amaliy fan sohasi sifatida quyidagilar bilan shug’ullanadi: Texnik vosita- larni ishlab chiqish Dasturiy vosita- larni ishlab chiqish Axborotn i qayta ishlash texnologi yalarini ishlab chiqish Axborot ta’minoti ni yaratish uslubiyoti Axborot tizimlari va texnologi yalarini nazariyasi Axborot jarayonlar idagi qonuniyat larni o’rganish Kommuni katsiya axborot modellari ni o’rganish Axborot tizimlari va texnologi yalarini qayta ishlash Ishlab chiqarish soxalari Fundamental fan Amaliy fan soxalari 43 a) axborot jarayonlaridagi qonuniyatlarni o’rganish (axborotni yig’ish, qayta ishlash, tarqatish); b) inson faoliyatining turli sohalarida kommunikatsion — axborot modellarni yaratish; v) aniq bir sohalarda axborot tizimi va texnologiyalarini ishlab chiqish va ularning hayotiy bosqichini, ularni ishlab chiqarish, ishlashni va hokazolarni loyihalash, ishlab chiqish bosqichlari uchun tavsiyalar tayyorlash. Demak, informatikaning bosh vazifasi axborotni yangilash, uslub va vositalarni ishlab chiqish va axborotni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini tashkil etish, ulardan foydalanishni ishlab chiqishdir. Informatikaning asosiy vazifalari quyidagilarni o’z ichiga oladi: istalgan xususiyatdagi axborot jarayonlarini tadqiq etish; axborot jarayonlarini tadqiq etishdan olingan natijalar negizida axborotni qayta ishlaydigan axborot tizimini ishlab chiqish va yangi texnologiyani yaratish; jamiyat hayotining barcha sohalarida kompyuter texnikasi va texnologiyasidan samarali foydalanishning ilmiy va muhandislik muammolarini yaratash, tatbiq etish va ta’minlashni hal etish. Informatika o’z-o’zicha mavjud bo’lmay, balki boshqa sohalardagi muammolarni hal etish uchun yangi axborot texnika va texnologayalarini yaratishga qaratilgan kompleks ilmiy — texnik sohadir. U boshqa eohalar, hatto jarayonlar va hodisalar noformallashuvi tufayli miqdoriy uslublarni qo’llash mumkin emas deb hisoblanadigan sohalarga ham tadqiqot uslub va vositalarini takdim etadi. Informatikada kompyuter texnikasi sharofati tufayli amaliy ro’yobga chiqishi mumkin bo’lgan matematik modellash uslublarining hal qilinishini alohida ajratib ko’rsatish lozim. Download 2.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling