Axborot tizimlari


Download 2.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/148
Sana15.08.2023
Hajmi2.86 Mb.
#1667244
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   148
Bog'liq
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh (1)

Informatika - (informatsiya), ya’ni xabar, axborot ma’lumotlarni jamlash, 
qidirish, saqlash, qayta ishlashning qonunlari va usullarini o’rganadi.
N. Vinner tomonidan kibernetikaga kiritilgan asosiy fikr inson faoliyatining 
turli sohalarida murakkab dinamik tizimlarni boshqarish nazariyasini ishlab chiqish 
bilan bog’liq. Kibernetika kompyuterlar mavjudligi yoki yo’qligidan qatьiy nazar 
mavjuddir. 
Kibernetika – texnik, biologik, ijtimoiy va boshqa turli tizimlarda 
boshqaruvning umumiy tamoyillari haqidagi fandir. 
Informatika yangi axborotni ancha keng, kibernetika kabi turli ob’ektlarni 
boshqarish vazifalarini amaliy hal etmay, o’zgartirish va barpo etish jarayonlarini 
o’rganadi. SHu bois informatika haqida kibernetikadan ancha keng fan sohasi degan 
tasavvur hosil bo’lishi mumkin. Biroq, boshqa jihatdan, informatika kompyuter 
texnikasi bilan bog’liq bo’lmagan mu-ammolar echimi bilan ifodalanmaydi. Bu, 
shubhasiz, uning umumlashtiruvchi xususiyatini cheklaydi. 
Kibernetika nuqtai nazaridan axborot ob’ektni boshqa bir ob’ektda aks
ettirish jarayonini o’ziga mujassamlashtiradiki, bu narsa boshqaruvni amalga


41 
oshiradi, iqtisodiyotni rejalashtirishning iqtisodiy matematik usullaridan
foydalanish, uni intensiv taraqiyot yo’liga solish imkoniyatini beradi.
Informatika kompyuter texnikasi rivojlanishi tufayli yuzaga keldi, unga 
asoslanadi va usiz mavjud bo’la olmaydi. Kibernetika kompyuter texnikasining 
barcha yutuqlaridan unumli foydalansa ham, lekin ob’ektlarni boshqarishning turli 
modellarini yaratgan holda o’z-o’zicha rivojlanaveradi. Kibernetika va informatika 
tashqi jihatdan bir-biriga juda o’xshash bo’lsa ham, lekin: 
 informatika — axborot va uni qayta ishlovchi texnikaviy, dasturiy vositalar 
xususiyatlariga asoslanadi; 
kibernetika esa — ob’ektlar modellarining kontseptsiyalarini ishlab chiqish 
va qurishda xususan axborotdan keng foydalanishi jihatidan farqlanadi. 
Informatika keng ma’noda insoniyat faoliyatining barcha sohalarida asosan 
kompyuterlar va telekommunikatsiya aloqa vositalari yordamida axborotni qayta 
ishlashi bilan bog’liq fan, texnika va ishlab chiqarishning xilma-xil tarmoqlari 
birligini o’zida namoyon etadi. 
Informatikani tor ma’noda o’zaro aloqador uch qism — texnik vositalar 
(hardware), dasturiy vositalar (software) va algoritmli vositalar (brainware) sifatida 
tasavvur etish mumkin. O’z navbatida informatikani ham umuman, ham qismlari 
bo’yicha turli jihatlardan: xalq xo’jaligi tarmog’i, fundamental fan, amaliy fan sohasi 
sifatida ko’rib chiqish mumkin (3.1-rasm). 
Informatika xalq xo’jaligi tarmog’i sifatida kompyuter texnikasi, dasturiy 
mahsulotlarni ishlab chiqarish va axborotni qayta ishlash zamonaviy texnologiyasini 
ishlab chiqish bilan shug’ullanadigan xo’jalik yuritishning turli shakllaridagi 
korxonalarning bir turda jamlanishidan iborat bo’ladi. Informatikaning ishlab 

Download 2.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling