Axborot tizimlari
Download 2.86 Mb. Pdf ko'rish
|
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh (1)
20 1.4. O’zbekistonda yagona iqtisodiy axborot tizimini qurish kontseptsiyasi Respublikamizda yagona iqtisodiy axborot tizimini yaratish bu milliy iqtisodiyot axborotlashtirish makonini tashkil qiluvchi asosiy omillardan hisoblanadi. YAgona iqtisodiy axborot tizimini yaratishdan asosiy maqsad hozirgi sharoitda vazirliklar, idoralar va bank tizimini bir-birlari bilan aloqalarini zamon talablaridan kelib chiqqan holda tashkil qilishdan iborat bo’lib, bunda axborotni yig’ish, jamg’arish, saqlash va tahlil qilish jarayonlarini shakllantirish hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasida yagona iqtisodiy axborot tizimini yaratishning asosiy shart-sharoitlari va zaruriyati shundan iboratki, mavjud vazirlik idoralar va moliyaviy sohalar ishonchli axborot bilan ta’minlanib iqtisodiy o’sishni ta’minlashi zarur. Bu o’z navbatida yagona keng ko’lamli to’lov balansi bazasini amalga oshirishni ta’minlab beradi. O’tkazilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki O’zbekiston Respublikasi to’lov balansining tashkil qiluvchi axborot bazasini asosan quyidagi vazirlik, tashkilot va idoralar ta’minlab beradi. Buni O’zbekiston Respublikasi to’lov balansining axborot bazasi yaqqol ko’rsatib turibdi (1.1- rasm). Ko’rsatilgan manbalar axborot bazasini birlamchi axboroti hisoblanib, bunda Moliya vazirligi asosiy axborot etkazib beruvchilardan hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasida yagona iqtisodiy axborot tizimini qurish kontseptsiyasi, bizning fikrimizcha, quyidagi vazirlik va idoralarda yagona iqtisodiy axborot tizimini yaratish asoslarini taqozo qiladi va bular qatoriga quyidagilar kiradi: - Iqtisodiyot vazirligi (IV); - Moliya vazirligi (MV); - Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilishi vazirligi (MAIHV); - Davlat soliq qo’mitasi (DSQ); - Davlat bojxona qo’mitasi (DBQ); - Davlat statistika qo’mitasi (DStQ); - Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi (TIAA); - Markaziy bank (MB). Iqtisodiyot vazirligida yagona iqtisodiy axborot tizimini yaratish respublikada yagona axborotlashtirish milliy tizimini hal qiluvchi omillaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiyot vazirligi yaqindagina tashkil topgan tashkilot bo’lib, makroiqtisodiyot va statistika vazirligini qaytadan tashkil qilish natijasida vujudga keldi. Iqtisodiyot vazirligi respublikamizdagi barcha vazirliklardan, idoralardan axborotni qabul qilib, olingan axborotni tahlili asosida qarorlar qabul qilish uchun shart-sharoit yaratib bermoqda. Mamlakatdagi asosiy axborot bazasi tadqiq qilinib, tahlillar bu sohada bank sektori etakchi ekanligini ko’rsatmoqda (1.2-rasm). YAgona iqtisodiy axborot tizimini iqtisodiyot vazirligida yaratish, axborotni tezkor ravishda olib, bu sohada ishlovchilarni hisobotlar yig’ishdagi mashshaqqatli mehnatlariga amaliy yordam beradi. 2000 yildan boshlab O’zbekiston Moliya vazirligida global integrirlashgan axborot-analitik tizimi ishga tushib respublikamiz byudjetiga oid faoliyatni axborot bilan ta’minlab, quyidagi ishlarni amalga oshirishni nazarda tutadi: respublika byudjeti (RB) xarajatlarini shakllantirish; 21 respublika byudjeti xarajatlarini aniqlash; respublika byudjeti bo’yicha rejalashtirish va indeksatsiyani aniqlash; 32% 12% 14% 23% 19% МВ ДБҚ МАИҲВ, ТИАА, ТИВ, ДМҚ, ОТВ МБ ИВ ва ДСтҚ 1.1-rasm. O’zbekiston Respublikasi to’lov balansi axborot bazasi tarkibi 1.2-rasm. Iqtisodiyot vazirligi axborot bazasshsh tashkil qiluvchilar pul mablag’lari bilan moliyalashtirish; maqsadli moliyalashtirish sxemalari bo’yicha hisob olib borish; respublika byudjeti g’azna va haqiqiy xarajatlarini hisoblash; mahalliy byudjet tushumlarini hisoblash; respublika byudjeti xarajatlarini aniqlash va bashorat qilish; byudjet tashkilotlari o’rtasida qisqa muddatli sudalar, subventsiyalar va o’zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish. 22 Global integrirlashgan axborot-analitik tizimi yordamida har kuni respublikamiz Moliya vazirligiga 214 ta tijorat banklaridan, valyuta birjasidan, Markaziy bankdan axborot uzatilib, Moliya vazirligidan esa bu tashkilotlarga qayta ishlangan axborot va ma’lumotlar yuboriladi. Bundan ko’rinib turibdiki, republikamiz moliya tizimi yagona iqtisodiy axborot tizimini qurishga har tomonlama tayyor turibdi[17,18]. 1997 yildan boshlab mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi yagona iqtisodiy axborot tizimi sohasidagi ishlarni boshlab yuborgan. Respublikamiz aholisini nafaqa bilan ta’minlashda ma’lumotlar bazasi shaklllantirilgan, nafaqalar hajmini hisoblash va ularni indeksatsiyasi to’lov hujjatlari shakllari bir me’yorga keltirilgan. Bu vazirlik tashkilotlarining axborot ta’minoti bo’yicha o’zaro aloqalari hozirgi kunda aloqa kommutatsiya kanallari orqali modemlar yordamida amalga oshirilmoqda. Vazirlikdagi mavjud kompyuter vositalarini yangilash, modernizatsiya qilish va ularning sonini ko’paytirish zarurdir, chunki yagona iqtisodiy axborot tizimi talablari shuni taqozo etadi. Davlat soliq qo’mitasida axborotni qayta ishlash uchun shu sohaning yagona kompyuter tizimi mavjud. Hozirgi kunda davlat soliq qo’mitasi tizimida 6000 tadan ortiq kompyuter va 300 tadan ortiq kompyuter serverlari iqtisodiy axborotni, yuridik va jismoniy shaxslar to’g’risidagi axborotni qayta ishlashda xizmat qilib kelmoqda. Bundan tashqari lokal axborot hisoblash tarmoqlari bu soha barcha bo’limlari faoliyatida ishlatilib, sputnik tizimi asosida ishlovchi telekommunikatsiya vositalaridan soliq axborotini o’zaro almashinuvida foydalanib kelinmoqda. Davlat soliq qo’mitasining joylardagi bo’linmalarida 25 ta maxsus yaratilgan dasturlar majmui va modullari axborotni saqlash qayta ishlash, uzatish va arxivlash jarayonlarini amalga oshirmoqda. SHunga qaramasdan bu sohada echimini kutayotgan masalalar, muammolar juda ko’p. Hozirgi paytda soliq axborotini qayta ishlash vazifasini bajaruvchi texnik vositalarning 50 foizdan ko’prog’i ma’naviy eskirganligi sababli yagona iqtisodiy axborot tizimi talablariga javob bera olmaydi. SHu sababli bu sohaga qo’shimcha zamonaviy kompyuterlarni jalb etish masalalari hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biridir. Respublikamizdagi davlat soliq qo’mitasida ishlatilayotgan 100 dan ortiq lokal hisoblash tarmoqlari eskirganligi sababli ularni yangilash zaruriyati tug’ilmoqda. 2004 yilda Davlat soliq qo’mitasi tomonidan eksport-import tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshiruvchi axborot tizimi mavjud bo’lib, Markaziy bank, Moliya vazirligi, tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi va tijorat banklari axborot resurslarini integratsiya faoliyatini mujassamlashtiradi. Hamkorlik bitimlari shartlari asosida O’zbekiston Respublikasi foydalanuvchilar uchun zamonaviy web texnologiyalar asosida o’zining markaziy axborot resurslarga kirishni ta’minlay oladilar. O’tkazilgan tadqiqotlar natijalari shuni ko’rsatadiki, tashqi savdo yagona iqtisodiy axborot tizimini yaratish jarayoni quydagi ishlarni amalga oshirishni taqozo qiladi: turli xildagi ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarini elektron xabarlar bo’yicha o’zaro bog’liqligini ta’minlash; 23 vazirlik va idoralar axborot resurslari yordamida tashqi savdo ma’lumotlar bazasi bo’yicha yagona iqtisodiy axborot tizimini yaratish. Keyingi bosqichlarda esa, tizimni shakllantirish jismoniy shaxslar bilan ishlash, birja va barter bitimlarini rasmiylashtirish hisobotini amalga oshirish jarayonlari bilan bog’liq ravishda olib boriladi. O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasida hozirgi kunda 15 ta lokal hisoblash tizimlari va 203 ta alohida kompyuter tarmoqlari faoliyat yuritmoqda. Ular 3 pog’onali korporativ hisoblash tarmog’idan tashkil topib, tarmoqlar o’rtasida axborot ayirboshlash ichki elektron pochta yordamida bajariladi. Mazkur tarmoqda ham hisoblash uskunalarini yangilash zaruriyati mavjud bo’lib, bu tarmoq uchun bitta xodimga bitta kompyuter to’g’ri kelishi shart. Taxminlarga ko’ra har bir tuman bo’limiga yana 3 tadan kompyuter, Qoraqalpog’iston statistika boshqarmasiga va Toshkent viloyati, Toshkent shahri statistika tashkilotlariga 30 dan ortiq zamonaviy kompyuterlar o’rnatish zarurdir. SHundan kelib chiqqan holda O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi qoshida yagona iqtisodiy axborot tizimini joriy qilish uchun 120 dan ortiq zamonaviy kompyuterlar ajratish kerak bo’ladi. Statistika sohasida tumanlar bo’yicha mehnat unumdorligini oshirish maqsadida kompyuterlarning kichik tarmoqlari va terminal majmualar yaratilishi darkor. Respublika axborotlashtirish milliy tizimini shakllantirishda Markaziy bank yagona iqtisodiy axborot tizimini yaratish zaruriyati eng dolzarb muammolardan bo’lib, bu sohadagi tijorat banklari ham eng yirik axborot etkazib beruvchilardan hisoblanadi. Ularning bank sektori axborot bazalaridagi ulushi 1.3-rasmda keltirilgan. Hozirgi paytda Markaziy bank tomonidan elektron to’lovlar tizimi to’laqonli ishlab turibdi. Bu tizim banklar o’rtasida axborotni yuqori darajada o’tkazish layoqatliligi, hujjatlarni tezkor qayta nshlash qobiliyati bilan dong taratgan. Respublikamizdagi barcha tijorat banklari Markaziy bankning axborot markazi bilan bank telekommunikatsion tarmog’i orqali ulangan. Markaziy bank tomonidan bank axborotini uzatish tarmog’i yaratilgan bo’lib , u raqamli va kommutatsiya paketlari tarmoqlari majmuasidan iborat. Ushbu telekommunikatsiya tarmog’i Toshkent shahrida 1996 yildan beri samarali faoliyat ko’rsatib kelyapti. Tarmoq yordamida tijorat banklarining barcha filiallaridan Markaziy bankning bosh axborotlashtirish markaziga 64 Kbit/sek tezlikda ma’lumotlar uzatilib, tizim raqamli optik tolali va radioreleli aloqa tarmoqlari yordamida faoliyat yuritadi. Ushbu tarmoq Markaziy bank va Jahon tiklanish va taraqqiyot banklari mablag’lari hisobidan moliyalashtirilgan. YUqoridagi qayd etib o’tilgan dalillar bank va moliya tizimini ham yagona iqtisodiy axborot tizimiga o’tish uchun tayyor ekanligini ko’rsatib turibdi. Axborotlashtirish milliy tizimini yaratishning asosiy maqsadi va vazifasi yagona iqtisodiy axborot tizimini bosqichma-bosqich iqtisodiyotga joriy qilishdan iborat. 24 1.3-rasm. Vazirliklar va idoralarni ta’minlovchi bank sektori axborot bazalari YAgona iqtisodiy axborot tizimini qurish barcha qatnashuvchilar uchun quyidagilarni nazarda tutadi: axborotni qayta ishlashning avtomatlashgan tizimini tashkil qilish; axborotni olish va uzatish jarayonlarini avtomatlashtirish; olinadigan va uzatiladigan axborotni o’z vaqtida qayta ishlash; hisobotlarni uzatish va olishda insonlar ishtirokini kamaytirishni. Qurilayotgn yagona iqtisodiy axborot tizimiga turli xildagi talablar qo’yiladi va bu talablarni eng muhim shartlaridan biri tizimni tashkil qilishda boshqaruvchilar tomonidan to’g’ri echim qabul qilishdir. Tizim uchun shunchaki dasturlar kerak emas, balki amaliy dasturlar, kompyuterlar, kommunikatsiya uskunalari, aloqa kanallaridan iborat bo’lgan yaxlit texnologiya kerak. Tizim axborot ta’minoti to’g’risida so’z yuritadigan bo’lsak, bu tizim ma’lumotlar bazasi quyidagilardan tashkil topishi kerak: tijorat banklari hisobotlari ma’lumotlar bazasi (MB); tijorat banklari (TB); tilla va valyuta zahiralari bo’yicha ma’lumotlar bazasi; bank tizimini kadrlar bilan ta’minlash ma’lumotlar bazasi; Markaziy bank hujjat aylanishi tezkor ma’lumotlar bazasi; tizim administratori ma’lumotlar bazasi; soliq tashkilotlarida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni ro’yxatga oluvchi ma’lumotlar baza; xo’jalik yurituvchi sub’ektlari byudjet va nobyudjet fondlari bilan o’zaro munosabatlari ma’lumotlar bazasi; yagona ma’lumotnoma; import va eksport bo’yicha Davlat soliq qo’mitasi bitimlari ma’lumotlar bazasi; avtomobil vositalarini davlat ro’yxatiga oluvchi ichki ishlar vazirligi ma’lumotlar bazasi; 25 ichki ishlar vazirligining fuqarolar pasportlari bo’yicha ma’lumotlar bazasi; xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni ro’yxatga olish bo’yicha adliya vazirligi ma’lumotlar bazasi; mahalliy ijro etuvchi hukumat tashkilotlaridagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ro’yxatga oluvchi ma’lumotlar bazasi va boshqalar. Bundan tashqari boshqa vazirliklar va idoralar ham yagona iqtisodiy axborot tizimiga ulanish uchun o’z ma’lumotlar bazasini yaratishlari lozim. Respublika yagona iqtisodiy axborot tizimining to’laqonli faoliyati uchun quyidagi asosiy talablar bajarilishi lozim: axborot harakatini tarkibiy qismlariga qo’yiladigan tlablar; axborot harakati qo’shma tizimlariga talablar; tizimdagi axborotni yig’ish va qayta ishlash texnologiyalariga talablar; tizimni tashkil qiluvchilar o’rtasida ma’lumotlar bazasini uzatishga bo’lgan talablar; texnik va dasturiy ta’minotga bo’lgan talab; texnik va dasturiy vositalarning nosozlik jarayonlari; ma’lumotlar bazasining yaxlitligini tiklashga talablar. Yagona iqtisodiy axborot tizimi uchun hozirgi kunda lokal hisoblash tizimi va telekommunikatsiya ta’minoti juda muhim hisoblanib, quyidagilarni amalga oshirishni talab qiladi: respublika apparatida 200 dan kam bo’lmagan kompyuterlarni birdaniga ulanishi va 10 dan kam bo’lmagan foydalanuvchilarning quyi tizimlarda mavjud bo’lishi; tarmoq uskunalari sifatida zamonaviy yuqori tezlikdagi tarmoq texnologiyalaridan foydalanishning tashkil qilinishi; virtual tarmoqlar bo’yicha trafiklarni uzatish holati; lokal hisoblash tarmog’i ishtirokchilarini global tarmoqqa 64 Kbt/s. dan 2 Mbt/s. gacha tezlikda ulanish imkoniyati; hududiy taqsimlangan tarmoq va lokal hisoblash tarmog’i yordamida ma’lumotlarni sifatli uzatishni ta’mmnlanishi. SHunday qilib, yagona iqtisodiy axborot tizimini bosqichma-bosqich iqtisodiyotga joriy qilish – milliy axborot tizimini yaratishga olib keladi. Download 2.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling