Axborot tizimlari
Axborot tizimlarining asosiy vazifasi
Download 2.86 Mb. Pdf ko'rish
|
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh (1)
Axborot tizimlarining asosiy vazifasi – barcha resurslarni samarali
boshqarish uchun iqtisodiy ob’ektlarga kerakli bo’lgan axborotlarni ishlab chiqish, iqtisodiy ob’ektni boshqarish uchun axborot va texnikaviy muhitni yaratishdan iborat. 59 Boshqaruv tizimini ko’rib chiqish davomida boshqaruvning quyidagi uchta darajasini ajratib ko’rsatish mumkin: strategik, taktik va tezkor (4.2-rasm). Ushbu har bir darajalarning o’z vazifalari bo’lib ularni hal etishda axborotga bo’lgan ehtiyoj, ya’ni axborot tizimiga nisbatan talab yuzaga keladi. Bu talablar axborot tizimidagi tegishli axborotlarga qaratilgan. Axborot texnologiyalari talablarni qayta ishlash va mavjud axborotlardan foydalanib javoblarni shakllantirish imkonini beradi. SHunday qilib, boshqaruvning har bir darajasida kerakli qarorn-i qabul qilish uchun asos bo’luvchi axborot paydo bo’ladi. 4.2-rasm. Boshqaruv darajasiga ko’ra axborotning taqsimlanishi Boshqaruv darajasi ahamiyatligiga ko’ra qancha yuqori bo’lsa, mutahassislar va menejerlarning axborot texnologiyalari yordamida bajaradigan ish hajmi shuncha kam bo’ladi. Biroq, bu holda, axborot tizimining murakkabligi va intelektual imkoniyatlari hamda menejerning qaror qabul qilish chog’idagi roli ortadi. Boshqaruvning har qanday darajasi turli miqdor va turli darajadagi axborotga muhtoj bo’ladi. Piramida asosini shunday axborot tizimi tashkil etadiki, uning yordamida ijrochi – xodimlar ma’lumotlarni qayta ishlash bilan, quyi bo’g’indagi menejerlar esa – tezkor boshqaruv bilan shug’ullanishadi. Piramida yuqo-risida – strategik boshqaruv darajasida axborot tizimlari o’z rolini o’zgar-tiradi va belgilangan vazifa yomon bajarilgan sharoitda qaror qabul qilish bo’yicha yuqori bo’g’in faoliyatini qo’llab–quvvatlovchi strategik darajaga aylanadi. Axborot va qarorlar mazmuniga muvofiq iqtisodiy ob’ektda ma’lum bir darajaning axborot tizimi paydo bo’ladi (4.3-rasm). Axborot tizimidagi ishlar quyidagi maqsadda olib boriladi: - axborotga bo’lgan ehtiyojni aniqlash; - axborot to’plashni amalga oshirish; - tashqi yoki ichki manbalardan axborot kelishini amalga oshirish; - axborotni qayta ishlash, uning to’liqligi va ahamiyatini baholash hamda uni qulay ko’rinishda taqdim etish; 60 4.3-rasm. Axborot tizimlari turlari va boshqaruv darajalarining o’zaro aloqalari - iste’molchilarga taqdim etish yoki boshqa tizimga uzatish uchun axborotni chiqarish; - yo’nalishlarni baholash, bashoratlarni ishlab chiqish, muqobil qarorlar va harakatlarni baholash, strategiyalarni ishlab chiqish uchun axborotlardan foydalanishni tashkil etish; - mazkur iqtisodiy ob’ekt xodimi qayta ishlagan axborotlar bo’yicha teskari aloqani tashkil etish, keladigan axborotlarni tuzatishni amalga oshirish. Bu barcha harakatlar iqtisodiy ob’ektning axborot tizimi doirasida u yoki bu axborot texnologiyalari yordamida amalga oshiriladi. Har qanday iqtisodiy ob’ekt uchun axborot ehtiyojini aniqlashdan tortib to axborotdan foydalanishgacha bo’lgan tizim ishining ketma-ketligini belgilash eng muhim masala sanaladi. Bu o’rinda gap, iqtisodiy ob’ektda hal etiladigan masalalarni turlarga ajratish, axborotlarni olish, qayta ishlash va foydalanish davriyligini belgilash, keladigan va chiqadigan hujjatlarni standartlash, axborotlarni qayta ishlash tartibini standartlash to’g’risida ketayapti. Axborot tizimiga nisbatan so’rovlarni, shuningdek, ularga javobning shakllanish tartibini eskirgan va eskirmagan turlarga bo’lish mumkin. Eskirgan vazifalarni va axborotni qayta ishlash tartibini ajratib olish ularni shakllantirish, keyinchalik avtomatlashtirish imkonini beradi. Asosiy masala, iqtisodiy ob’ektda foydalaniladigan axborot texnologiyasi buning uchun infratuzilmani ta’minlay olish yoki olmasligida. Avtomatlashtirilmagan axborot tizimida axborot va qarorlar qabul qilish bilan bog’liq barcha harakatlar inson zimmasiga yuklatilgan. Axborotni qayta ishlash jarayonini avtomatlashtirish algoritmlar doirasida hal qiluvchi qoidalarni qayta ishlashning yuzaga kelishiga olib keladi. Bu ham o’z navbatida «sof axborot Strategik axborot tizimlari Foydalanuvchilar Taktik axborot tizimlarI Yuqori rahbariyat Tezkor boshqaruvning menejerlari axborot tizimlari Bolinma rahbarlari 61 tizimi»ning boshqaruv axborot tizimiga, ya’ni boshqaruv jarayonida qo’llaniladigan ma’lumotlarni yig’ish, saqlash, to’plash, qidirish, qayta ishlash va uzatish tizimiga aylanishiga olib keladi. Axborot tizimida boshqarish va shuningdek insonning qaror qabul qilish bo’yicha ishi qisman amalga oshirilgan. Download 2.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling