Axborot tizimlari


Boshqaruv tizimining tuzilishi va ishlash tamoyillari


Download 2.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/148
Sana15.08.2023
Hajmi2.86 Mb.
#1667244
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   148
Bog'liq
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh (1)

Boshqaruv tizimining tuzilishi va ishlash tamoyillari 
Boshqarish - deb ob’ektning asosiy xossalarini saqlab qolish yoki ma’lum bir 
maqsadga erishish uchun uni rivojlantiruvchi tizimning funktsiyasiga aytiladi. 
Ishlab chiqarish va iqtisodiy ob’ektlarning mavjudligi jamiyatning u yoki bu 
ehtiyojlarini qondirish bilan belgilanadi. Bunday har bir bunday ob’ekt o’zgaruvchan 
muhit (davlat boshqaruv organlari, boshqa ob’ektlar) bilan muayyan munosabatlarda 
bo’ladi va o’zaro ta’sirning mavjudligini hamda o’z vazifasining bajarilishini 
ta’minlaydigan ko’plab turli elementlardan tashkil topadi. 
Iqtisodiy ob’ekt – bu yon-atrofdan zaxiralar oladigan va ularni o’z faoliyati 
mahsulotlariga aylantiradigan barqaror rasmiy ijtimoiy tuzilmadir.
Iqtisodiy ob’ektning muhit bilan o’zaro ta’siri natijasida turli xil o’zgarishlar 
yuz beradi. Bu o’zgarishlar bir-birigi o’ta qarama-qarshi ikki shaklga ega bo’lishi 
mumkin. Bular: degradatsiya (iqtisodiy ob’ektning murakkablashuvi, axborotning 
jamlanishi), ya’ni iqtisodiy ob’ektning emirilishi hamda rivojlanishi. Bundan 
tashqari, iqtisodiy ob’ekt va muhit o’rtasida vaqtinchalik muvozanat ham bo’lishi 
mumkin, shu tufayli iqtisodiy ob’ekt bir qancha muddat o’zgarmay qoladi yoki faqat 
teskari o’zgarishlarga uchraydi. Ob’ektda bu o’zgarishlar boshqarish zururiyatini 
yuzaga keltiradi. Boshqacha qilib aytganda, maqsadga yo’naltirilgan ta’sir ko’rsatadi.
Boshqarish muhim funktsiya bo’lib, usiz hech bir iqtisodiy ob’ekt maqsadga 
yo’naltirilgan faoliyat yurita olmaydi. Boshqarishning maqsadi raqobat kurashida 
ob’etni saqlab qolish, ko’proq foyda olish, muayyan bozorlarga chiqish va 
hokazolardir.
Boshqarish aniq bir iqtisodiy ob’ektlarning o’ziga xosligi va boshqarish 
maqsadlariga bog’liq holda ularni barqarorlashtirish, sifat belgilarini saqlash, muhit 
bilan iqtisodiy muvozanatni ushlash, iqtisodiy ob’ektni takomillashtirishni va u yoki 
bu foydali samaraga erishishni ta’minlashga imkon beradi.
Iqtisodiy ob’ektni tizim sifatida ko’radigan bo’lsak, u quyidagi elementlardan 
tashkil topgan bo’ladi. 
1. Boshqaruvchi sub’ekt 
2. Boshqariluvchi ob’ekt 
Bu elementlar o’rtasidagi aloqa xam katta ahamiyatga ega. Iqtisodiy ob’ekt deb 
ishlab chiqarish korxonasini olsak (aktsionerlik jamiyati, firmalar, kichik korxonalar 
va hokazo), boshqaruvchi sub’ektga bu ishlab chiqarish korxonalarining rahbar 
organlari, bo’linmalari kiradi (direktor, bo’lim boshliqlari va hokazo). Boshqariluvchi 
ob’ektga esa korxona tsexlari, ishlab chiqarish bo’limlari misol bo’ladi. Agar 
boshqaruvchi sub’ektdan ma’lum bir ma’lumot boshqariluvchi ob’ektga yo’naltirilsa, 
bu aloqa «to’g’ri aloqa» deyiladi. Korxona miqyosida bunga reja va turli xil 
ko’rsatmalar qarorlar misol bo’lishi mumkin. Agar aksincha, ma’lumotlar 
boshqariluvchi ob’ektdan boshqarish sub’ektiga yo’naltirilsa, «teskari aloqa» 
deyiladi. Bunga ishlab chiqarilgan maxsulotlar miqdori va xokazo misol bo’la oladi. 
4.4-rasmda boshqaruvning kibernetik modeli keltirilgan.


62 
Boshqarish jarayoni muayyan maqsadga erishishga yo’naltirilgan. SHundan 
kelib chiqib boshqarish jarayonini boshqariladigan ob’ektdagi jarayonga muvofiq 
keluvchi maqsad va hajm o’rtasidagi farqni kamaytirishga intilish sifatida ko’rib 
chiqish mumkin.
Boshqarish jarayonida to’g’ri va teskari aloqa kanallari bo’yicha tizimning 
boshqaruvchi va boshqariluvchi qismlari o’rtasida axborot almashinuvi kechadi. 
Oldiga qo’yilgan maqsadlarni bajarish uchun tizimning boshqaruvchi qismi 
boshqariluvchi ob’ektga axborot uzatishning to’g’ri kanali bo’yicha boshqaruvchi 
ta’sirlar jo’natadi. Teskari aloqa kanali bo’yicha boshqariluvchi ob’ektdan boshqarish 
jarayoni holati va boshqaruvchi ta’sir bajarilishi natijalari haqida axborot kelib 
tushadi.
Demak, boshqarish mohiyatini boshqariluvchi ob’ektga boshqaruvchi ta’sir 
ko’rinishida etkaziluvchi qarorlar qabul qilish uchun barcha kelib tushuvchi axborotni 
tizimning boshqariluvchi qismida qayta ishlash, deb izohlash mumkin.
4.4-rasm. Boshqaruvning kibernetik modeli 

Download 2.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling