Axborot tizimlari
Boshqaruv tizimining tuzilishi va ishlash tamoyillari
Download 2.86 Mb. Pdf ko'rish
|
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy ob’ekt
Boshqaruv tizimining tuzilishi va ishlash tamoyillari
Boshqarish - deb ob’ektning asosiy xossalarini saqlab qolish yoki ma’lum bir maqsadga erishish uchun uni rivojlantiruvchi tizimning funktsiyasiga aytiladi. Ishlab chiqarish va iqtisodiy ob’ektlarning mavjudligi jamiyatning u yoki bu ehtiyojlarini qondirish bilan belgilanadi. Bunday har bir bunday ob’ekt o’zgaruvchan muhit (davlat boshqaruv organlari, boshqa ob’ektlar) bilan muayyan munosabatlarda bo’ladi va o’zaro ta’sirning mavjudligini hamda o’z vazifasining bajarilishini ta’minlaydigan ko’plab turli elementlardan tashkil topadi. Iqtisodiy ob’ekt – bu yon-atrofdan zaxiralar oladigan va ularni o’z faoliyati mahsulotlariga aylantiradigan barqaror rasmiy ijtimoiy tuzilmadir. Iqtisodiy ob’ektning muhit bilan o’zaro ta’siri natijasida turli xil o’zgarishlar yuz beradi. Bu o’zgarishlar bir-birigi o’ta qarama-qarshi ikki shaklga ega bo’lishi mumkin. Bular: degradatsiya (iqtisodiy ob’ektning murakkablashuvi, axborotning jamlanishi), ya’ni iqtisodiy ob’ektning emirilishi hamda rivojlanishi. Bundan tashqari, iqtisodiy ob’ekt va muhit o’rtasida vaqtinchalik muvozanat ham bo’lishi mumkin, shu tufayli iqtisodiy ob’ekt bir qancha muddat o’zgarmay qoladi yoki faqat teskari o’zgarishlarga uchraydi. Ob’ektda bu o’zgarishlar boshqarish zururiyatini yuzaga keltiradi. Boshqacha qilib aytganda, maqsadga yo’naltirilgan ta’sir ko’rsatadi. Boshqarish muhim funktsiya bo’lib, usiz hech bir iqtisodiy ob’ekt maqsadga yo’naltirilgan faoliyat yurita olmaydi. Boshqarishning maqsadi raqobat kurashida ob’etni saqlab qolish, ko’proq foyda olish, muayyan bozorlarga chiqish va hokazolardir. Boshqarish aniq bir iqtisodiy ob’ektlarning o’ziga xosligi va boshqarish maqsadlariga bog’liq holda ularni barqarorlashtirish, sifat belgilarini saqlash, muhit bilan iqtisodiy muvozanatni ushlash, iqtisodiy ob’ektni takomillashtirishni va u yoki bu foydali samaraga erishishni ta’minlashga imkon beradi. Iqtisodiy ob’ektni tizim sifatida ko’radigan bo’lsak, u quyidagi elementlardan tashkil topgan bo’ladi. 1. Boshqaruvchi sub’ekt 2. Boshqariluvchi ob’ekt Bu elementlar o’rtasidagi aloqa xam katta ahamiyatga ega. Iqtisodiy ob’ekt deb ishlab chiqarish korxonasini olsak (aktsionerlik jamiyati, firmalar, kichik korxonalar va hokazo), boshqaruvchi sub’ektga bu ishlab chiqarish korxonalarining rahbar organlari, bo’linmalari kiradi (direktor, bo’lim boshliqlari va hokazo). Boshqariluvchi ob’ektga esa korxona tsexlari, ishlab chiqarish bo’limlari misol bo’ladi. Agar boshqaruvchi sub’ektdan ma’lum bir ma’lumot boshqariluvchi ob’ektga yo’naltirilsa, bu aloqa «to’g’ri aloqa» deyiladi. Korxona miqyosida bunga reja va turli xil ko’rsatmalar qarorlar misol bo’lishi mumkin. Agar aksincha, ma’lumotlar boshqariluvchi ob’ektdan boshqarish sub’ektiga yo’naltirilsa, «teskari aloqa» deyiladi. Bunga ishlab chiqarilgan maxsulotlar miqdori va xokazo misol bo’la oladi. 4.4-rasmda boshqaruvning kibernetik modeli keltirilgan. 62 Boshqarish jarayoni muayyan maqsadga erishishga yo’naltirilgan. SHundan kelib chiqib boshqarish jarayonini boshqariladigan ob’ektdagi jarayonga muvofiq keluvchi maqsad va hajm o’rtasidagi farqni kamaytirishga intilish sifatida ko’rib chiqish mumkin. Boshqarish jarayonida to’g’ri va teskari aloqa kanallari bo’yicha tizimning boshqaruvchi va boshqariluvchi qismlari o’rtasida axborot almashinuvi kechadi. Oldiga qo’yilgan maqsadlarni bajarish uchun tizimning boshqaruvchi qismi boshqariluvchi ob’ektga axborot uzatishning to’g’ri kanali bo’yicha boshqaruvchi ta’sirlar jo’natadi. Teskari aloqa kanali bo’yicha boshqariluvchi ob’ektdan boshqarish jarayoni holati va boshqaruvchi ta’sir bajarilishi natijalari haqida axborot kelib tushadi. Demak, boshqarish mohiyatini boshqariluvchi ob’ektga boshqaruvchi ta’sir ko’rinishida etkaziluvchi qarorlar qabul qilish uchun barcha kelib tushuvchi axborotni tizimning boshqariluvchi qismida qayta ishlash, deb izohlash mumkin. 4.4-rasm. Boshqaruvning kibernetik modeli Download 2.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling