Axborot tizimlari
Iqtisodiy ob’ektning axborot tizimi
Download 2.86 Mb. Pdf ko'rish
|
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh (1)
Iqtisodiy ob’ektning axborot tizimi. Axborot konturi doirasida boshqarish
maqsadlari xaqida, boshqariluvchi jarayon holati xaqida, boshqaruvchi ta’sirlar xaqida axborotga ega bo’linadi va uzatiladi. Axborot konturi axborotlarni yig’ish, uzatish, qayta ishlash va saqlash vositalari, shuningdek, axborotlarni ishlovchi xodimlar bilan birgalikda mazkur iqtisodiy ob’ektning axborot tizimini tashkil etadi. Bu tizim dinamik rivojlanuvchidir, chunki axborot o’zgarishlarga uchraydi, uning tezligi iqtisodiy ob’ekt bajarayotgan vazifalarga bog’liq. Axborot tizimiga kiradigan ma’lumot sifatida axborotni shakllantiruvchi axborot manbalari va ma’lumotlarni yig’ish tizimi, ko’rib chiqiladi. CHiqadigan axborot sifatida esa qarorlarni shakllantirish va qabul qilish, ya’ni axborotdan maqsadli ravishda foydalanish tizimi tahlil etiladi. Demak, axborot tizimi axborotni boshlang’ich yig’ish va undan ikkilamchi foydalanish tizimi bilan o’zaro bog’liq [13,15] 63 Axborot tizimi boshqarish tizimining asosi sanaladi. Biroq butun boshqarish tizimi u bilan tugamaydi. Qarorlar qabul qilish ishlab chiqarishga ta’sir ko’rsatuvchi boshqarish tizimining boshqa tomonini tashkil etadi. Axborot tizimi tushunchasi uzluksiz axborot tushunchasi va uning moddiy namoyon bo’lishi bilan bog’liq. Bunda axborot tizimining ikki tomoni, ya’ni texnologik va mazmuniy jihatini farqlash lozim. Axborot tizimiga texnologik yondoshuv uni axborot protseduralarini(ma’lumot yig’ish, ro’yhatga olish, uzatish, saqlash, jamlash, qayta ishlash va xakazolar) kompleks amalga oshirish bilan bog’liq boshqaruv jarayonlarining biri sifatida ko’rib chiqishni ko’zda tutadi. Protseduralarni bajarish tashkilotning asosiy faoliyatini amalga oshirish jarayonida ro’y beradi. Boshqarishni avtomatlashtirish birinchi galda axborot protseduralarini bajarishga yo’naltirilgan. Axborot tizimiga mazmuniy yondoshuv u yoki bu tashkilotning funktsional vazifasi bilan bog’liq va aniq bir axborot birliklarining (rekvizit va ko’rsatkichlar, massiv va oqimlar) tarkibi shu bilan belgilanadi. Hal qiluvchi axborot vazifalari doirasi va natijalar ro’yxati axborot tizimining mazmuni bilan belgilanadi. Tashkilot axborot tizimining mazmunida, asosiy faoliyatida qanday rol o’ynamasin, har bir tashkilotning tuzilishi va har bir bo’linma faoliyatining yo’nalishi aks etadi. Axborot tizimlariga texnologik yondoshuv axborotni protseduralar ob’ekti sifatida ko’rib chiqishga imkon beradi, mazmuniy yondoshuv esa axborotning ma’naviy tahlili, uning qiymatini belgilaydi. Download 2.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling