Axborot tizimlari


Axborot tizimlarining asosiy vazifasi


Download 2.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/148
Sana15.08.2023
Hajmi2.86 Mb.
#1667244
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   148
Bog'liq
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh (1)

Axborot tizimlarining asosiy vazifasi – barcha resurslarni samarali 
boshqarish uchun iqtisodiy ob’ektlarga kerakli bo’lgan axborotlarni ishlab chiqish, 
iqtisodiy ob’ektni boshqarish uchun axborot va texnikaviy muhitni yaratishdan 
iborat. 


59 
Boshqaruv tizimini ko’rib chiqish davomida boshqaruvning quyidagi uchta 
darajasini ajratib ko’rsatish mumkin: strategik, taktik va tezkor (4.2-rasm). Ushbu 
har bir darajalarning o’z vazifalari bo’lib ularni hal etishda axborotga bo’lgan ehtiyoj, 
ya’ni axborot tizimiga nisbatan talab yuzaga keladi. Bu talablar axborot tizimidagi 
tegishli axborotlarga qaratilgan. Axborot texnologiyalari talablarni qayta ishlash va 
mavjud axborotlardan foydalanib javoblarni shakllantirish imkonini beradi. SHunday 
qilib, boshqaruvning har bir darajasida kerakli qarorn-i qabul qilish uchun asos 
bo’luvchi axborot paydo bo’ladi. 
4.2-rasm. Boshqaruv darajasiga ko’ra axborotning taqsimlanishi 
Boshqaruv darajasi ahamiyatligiga ko’ra qancha yuqori bo’lsa, mutahassislar 
va menejerlarning axborot texnologiyalari yordamida bajaradigan ish hajmi shuncha 
kam bo’ladi. Biroq, bu holda, axborot tizimining murakkabligi va intelektual 
imkoniyatlari hamda menejerning qaror qabul qilish chog’idagi roli ortadi. 
Boshqaruvning har qanday darajasi turli miqdor va turli darajadagi axborotga muhtoj 
bo’ladi.
Piramida asosini shunday axborot tizimi tashkil etadiki, uning yordamida 
ijrochi – xodimlar ma’lumotlarni qayta ishlash bilan, quyi bo’g’indagi menejerlar esa 
– tezkor boshqaruv bilan shug’ullanishadi. Piramida yuqo-risida – strategik 
boshqaruv darajasida axborot tizimlari o’z rolini o’zgar-tiradi va belgilangan vazifa 
yomon bajarilgan sharoitda qaror qabul qilish bo’yicha yuqori bo’g’in faoliyatini 
qo’llab–quvvatlovchi strategik darajaga aylanadi.
Axborot va qarorlar mazmuniga muvofiq iqtisodiy ob’ektda ma’lum bir 
darajaning axborot tizimi paydo bo’ladi (4.3-rasm). 
Axborot tizimidagi ishlar quyidagi maqsadda olib boriladi: 
- axborotga bo’lgan ehtiyojni aniqlash; 
- axborot to’plashni amalga oshirish; 
- tashqi yoki ichki manbalardan axborot kelishini amalga oshirish; 
- axborotni qayta ishlash, uning to’liqligi va ahamiyatini baholash hamda uni 
qulay ko’rinishda taqdim etish; 


60 
4.3-rasm. Axborot tizimlari turlari va boshqaruv darajalarining 
o’zaro aloqalari 
- iste’molchilarga taqdim etish yoki boshqa tizimga uzatish uchun axborotni 
chiqarish;
- yo’nalishlarni baholash, bashoratlarni ishlab chiqish, muqobil qarorlar va 
harakatlarni baholash, strategiyalarni ishlab chiqish 
uchun axborotlardan 
foydalanishni tashkil etish; 
- mazkur iqtisodiy ob’ekt xodimi qayta ishlagan axborotlar bo’yicha teskari 
aloqani tashkil etish, keladigan axborotlarni tuzatishni amalga oshirish. 
Bu barcha harakatlar iqtisodiy ob’ektning axborot tizimi doirasida u yoki bu 
axborot texnologiyalari yordamida amalga oshiriladi.
Har qanday iqtisodiy ob’ekt uchun axborot ehtiyojini aniqlashdan tortib to 
axborotdan foydalanishgacha bo’lgan tizim ishining ketma-ketligini belgilash eng 
muhim masala sanaladi. Bu o’rinda gap, iqtisodiy ob’ektda hal etiladigan masalalarni 
turlarga ajratish, axborotlarni olish, qayta ishlash va foydalanish davriyligini 
belgilash, keladigan va chiqadigan hujjatlarni standartlash, axborotlarni qayta ishlash 
tartibini standartlash to’g’risida ketayapti.
Axborot tizimiga nisbatan so’rovlarni, shuningdek, ularga javobning 
shakllanish tartibini eskirgan va eskirmagan turlarga bo’lish mumkin. Eskirgan 
vazifalarni va axborotni qayta ishlash tartibini ajratib olish ularni shakllantirish, 
keyinchalik avtomatlashtirish imkonini beradi. Asosiy masala, iqtisodiy ob’ektda 
foydalaniladigan axborot texnologiyasi buning uchun infratuzilmani ta’minlay olish 
yoki olmasligida. 
Avtomatlashtirilmagan axborot tizimida axborot va qarorlar qabul qilish bilan 
bog’liq barcha harakatlar inson zimmasiga yuklatilgan. Axborotni qayta ishlash 
jarayonini avtomatlashtirish algoritmlar doirasida hal qiluvchi qoidalarni qayta 
ishlashning yuzaga kelishiga olib keladi. Bu ham o’z navbatida «sof axborot 
Strategik 
axborot 
tizimlari 
Foydalanuvchilar 
Taktik axborot 
tizimlarI 
Yuqori rahbariyat 
Tezkor boshqaruvning 
menejerlari axborot tizimlari 
Bolinma rahbarlari 


61 
tizimi»ning boshqaruv axborot tizimiga, ya’ni boshqaruv jarayonida qo’llaniladigan 
ma’lumotlarni yig’ish, saqlash, to’plash, qidirish, qayta ishlash va uzatish tizimiga 
aylanishiga olib keladi. Axborot tizimida boshqarish va shuningdek insonning qaror 
qabul qilish bo’yicha ishi qisman amalga oshirilgan. 

Download 2.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling