Axborot tizimlari


Download 2.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/148
Sana15.08.2023
Hajmi2.86 Mb.
#1667244
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   148
Bog'liq
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh (1)

Bayonnomalar. Internet tarmog’iga turli xil apparat platformalarida
ma’lumotlar formatlarida, har xil operatsion sistemalar boshqaruvi ostida ishlovchi 
millionlab kompьterlar va kompyuterlar tarmoqlari kiradi. 
Biroq 
hamma 
kompyuterlar 
axborot 
almashish 
paytida 
ma’lumotni 
shakllantirish va uzatishning yagona kelishuvidan (bayonnomalardan) foydalanishlari 
kerak (YA’ni yagona “interfeysdan”). 
Bayonnoma – bu tarmoq abonentlari o’rtasidagi axborot almashinuvi usullari 
xamda Internet maьlumotlarini shakllantirish qonun qoidalari va formatlari 
to’g’risidagi kelishuvlar to’plamidan iborat. 
Internet bayonnomalarining ikki xil turini ajratish mumkin: 


93 
 
Bazisli bayonnomalar. Bu bayonnomalar komьyuterlar o’rtasidagi ixtiyoriy 
turdagi elektron axborotlarning fizik uzatilishiga javob beradi (IP va TCP). Bu 
bayonnomalar bir – biri bilan kuchli bog’liq bo’lganligi uchun, ularni ko’pincha 
“TCP/ IP bayonnomasi” deb ham atashadi. 
 
Amaliy bayonnomalar. Bu bayonnomalar Internet ning ixtisoslashgan 
xizmatlarining ishlashini nazorat qiladi (ta’minlaydi ). Masalan: NTTR 
bayonnomasi (giper matnli ma’lumotlarni uzatish), FTP bayonnomasi (fayllarni 
uzatish), elektron pochta bayonnomalari va boshqalar. 
Amaliy bayonnomalar bazisli bayonnomalar “ustida” joylashadi, agar TCP/IP 
o’rnatilmagan bo’lsa, sizning kompyuteringiz tarmoqda ishlay olmaydi. Biroq, 
amaliy bayonnomalarning ma’lum bir qismi kompyuteringizda bo’lmasligi mumkin. 
Internet ning asosiy xizmat turlari. 
Bu erda biz tarmoqda faoliyat ko’rsatuvchi asosiy xizmat turlariga qisqacha 
tavsif berib o’tamiz. Keyinchalik tarmoqning eng asosiy xizmat turi bo’lmish xalqaro 
axborot tarmog’i (WWW) haqida to’xtalib o’tamiz. 
Telnet. Bu termin bilan mijozning olisdagi server – kompyuteri bilan aloqasini 
ta’minlovchi bayonnoma va dasturlar ataladi. Aloqa o’rnatilgandan so’ng, olisdagi 
kompyuterning operatsion sistemasi muhitiga tushadi va u erda bemalol uning dasturi 
bilan xuddi o’zining - dasturi bilan ishlaganday ishlayveradi. 
FTP. (File Transfer Protokol – fayllarni uzatish bayonnomasi). Olisdagi 
kompyuterlarning fayllari va dasturlari bilan ishlashni ta’minlovchi dastur va 
bayonnomalar shu termin bilan ataladi. FTP vositalari serverning fayllari va 
kataloglarini ko’rib chiqishga hamda bir katalogdan boshqa katalogga o’tishga, nusxa 
olish va fayllarning Internet Explorer muhitida ishlashini ko’rib chiqamiz. 
Gopher. Bu so’z inglizcha so’z bo’lib “kovlamoq” degan ma’noni bildiradi. 
Gopher – bu FTP ga nisbatan taraqqiy etgan qidirish va axborotlarni chiqarib olish 
vositalari bilan ta’minlovchi bayonnoma va dasturlari kiradi. Gopher bayonnomalari 
zamonaviy navigator – dasturlarida qo’llaniladi. 
Archie. Internet uzellarida FTP – server tarkibi to’g’risidagi qidirilgan 
axborotlarni yig’uvchi va saqlovchi maxsus serverlar shunday ataladi. Agar o’zimiz 
biladigan faylni qidirayotgan bo’lsak u holda mijoz Archie ni ishga tushiramiz va u 
bizga FTP serverdagi mos adresni ko’rsatadi. 
WAIS Wide Area Information Servers – bu tarmoqlardagi ma’lumotlar bazasi 
va kutubxonalarda axborot qidiruvini amalga oshiruvchi taqsimlangan axborot 
tizimidir. Xususan, WAIS Internet dagi tuzilishiga keltirilmagan hujjatlarni 
indekslashtirish va ularda qidiruvchi tashkil etish qo’llaniladi. 

Download 2.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling