Axborot tizimlari
Download 2.86 Mb. Pdf ko'rish
|
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Internet - telefoniya
E - mail. Bu elektron pochtaning inglizcha belgilanishi bo’lib, u orqali - hamma
qit’alarda yashovchi insonlar bir-biri bilan elektron (ma’lumotlar) xabarlar va fayllar bilan almashishadi. Usenet. Usenet tizimi – telekonferentsiyalar, yangiliklar guruhi. Elektron pochtadan farqli ravishda, Usenet mijoz xabarlarini individual adresat bo’yicha emas, balki abonentlar guruhiga (telekonferentsiyalarga) yuboradi. SHu konferentsiya ishtirokchilari biror bir savolni hal qilishda teng huquqga ega. Har bir konferentsiya o’z adresiga ega va biror bir mavzuga tegishli (fanga, madaniyatga, sportga va 94 boshqalar) bo’ladi. SHu bilan birga muhokama qilinadigan savollar turlicha bo’lishi mumkin. Ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, 10000 dan ortiq telekonferentsiyalar Internetda mavjud. Windows 95 boshqaruvi ostidagi telekonferentsiyalar bilan ishlash uchun Internet Explorer 6.0 navigatori tarkibiy qismiga kiruvchi Internet News qo’shimchasini ishlatish mumkin. IRC – Buni telekonferentsiyalarning turlaridan biri deb hisoblasa bo’ladi. (Internet Relay Chat). IRC–server va IRC – mijoz yordamida klaviatura orqali jumlalarni terib, foydalanuvchilar bir- birlari bilan “virtual” muloqat olib borishadi. Internet - telefoniya. Hozirgi paytda tarmoqning yangi turi - Internet – telefoniya tezda rivojlanib bormoqda. Bunda foydalanuvchilar Internet tarmog’i orqali telefonlashishadilar. 6.3 Internetning afzalliklari va kamchiliklari. Internet tarmog’ida ishlash Kiber faza va virtual haqiqat keng tarqalgan tushunchalar Internet tarmog’i bilan bog’liq. Kiber faza deb, kompyuterli kommunikatsiyalar tizimi va axborotlar oqimining butun to’plamiga aytiladi. Virtual haqiqat deb, kompyuterli texnologiya yordamida ekrandagi yaratilgan real ob’ektlar va turli xil xususiyatlarga ega jarayonlar obraziga (insonlar, musiqa uskunali narsalar, stanoklar, adabiy asarlar va boshqalar) bilan xuddi haqiqiy narsalar kabi ishlash mumkin . Bizning hayotimizga asta sekin kirib kelayotgan kiberfaza va virtual haqiqat, bizni butun insoniyatning axborot resurslariga umumlashtiradi, dunyoqarashimizni kengaytiradi va hayot tarzimizni o’zgartiradi. SHuni esimizdan chiqarmasligimiz kerakki, axborotli texnologiyalar (shu jumladan Internet xam) inson tomonidan yaratilgan axborotlarni yig’ish, saqlash, qayta ishlash va uzatishning yangi usuli hisoblanadi xolos. Fan texnikaning boshqa yutuqlari kabi Internet ham jamiyatning ko’pgina masalalarini hal qiladi va ish bilan birga yangi muommolarni keltirib chiqaradi[24,25]. Ko’pgina ruhshunoslar komьyuterlarning, o’yinlar va kommunikatsiyalarning inson ruhiyatiga, intellektual rivojlanishiga va xulq atvorini salbiy ta’sir etishini ta’kidlashmoqda. Tarmoqning eng muhim tomoni shundaki, u insonlarni bir biriga yaqinlashtiruvchi, ularni o’ylashga majbur etuvchi, sherigi oldida ma’suliyatini ushlashga undovchi, jonli muloqotni inson hayotidan siqib chiqarmoqda. Tarmoqda yaxshi va foydali axborotlardan tashqari insonni chalg’ituvchi bo’lmog’ur va kerak bo’lmagan ma’lumotlar ham bo’ladi. Download 2.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling