Ish sohasi.
“Qurilmaning fizik tashkil etuvchilari” paneli
Cisco Packet Tracer dasturida har bir qurilma “Hususiyat paneli” orqali konfigurasiyalash (moslashish) imkoniyati mavjud. Buning uchun ish sohasidagi biror qurilma ustiga sichqonchachap tugmasini ikki marta bosganda “Qurilmaning fizik tashkil etuvchilari” paneli ekranda paydobo’ladi. (17-rasm).
rasm. Marshrutizator (Router) qurilmasining fizik tashkil etuvchilari paneli
Bunda: 1.
Physical (Fizik) bo’limi qurilmaning fizik parametrlari uchun. Marshrutizator va kommutatorlarni sozlash jarayonida ularga yangi modullar qo’shsa bo’ladi, serverlar va ishchi stansiyalarda esa tarmoq adapterlarini qo’yish mumkin.
Config (Konfigurasiya) bo’limida tarmoq interfeyslari (IP-manzil, tarmoq osti niqobi, simsiz tarmoq parametrlari va boshqalar.) asosiy parametrlari o’rnatiladi. Serverlar xizmatini konfigurasiyalash va marshrutizasiyalarni statik yoki dinamik konfigurasiyalash amallari bajariladi.
CLI (Command Line Interface) bo’limi-bu Cisco IOS operasion tizimida ishlash rejimi bo’lib, tarmoq qurilmalarini turli maxsus buyruqlari yordamida sozlash ishlarini amalga oshiradi.
Attributes bo’limi – Tanlangan qurilmaning xususiyatlari va belgilarini sozlaydi.