Axborot tizimlari, yoritish va yorug‘lik darakchilari, yordamchi jihozlar


Download 42.99 Kb.
bet1/2
Sana20.01.2023
Hajmi42.99 Kb.
#1103996
  1   2
Bog'liq
AXBOROT TIZIMLARI


AXBOROT TIZIMLARI, YORITISH VA YORUG‘LIK DARAKCHILARI, YORDAMCHI JIHOZLAR

REJA:
1.Axborot tizimlarini ishlatish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish
2.Yoritish va yorug‘lik darakchilarini ishlatish, ularga xizmat ko‘rsatish
3.Yordamchi jihozlarni ishlatish va ularga xizmat ko‘rsatish

1.Axborot tizimlarini ishlatish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish


Axborot tizimlari o‘z ichiga nazorat-o‘lchov asboblari, dat- chiklar, ayrim hollarda elektron blok va displeylarni olgan bo‘lib, ularga, odatda, profilaktik xizmatlar ko‘rsatilmaydi. Ammo, kun- dalik qarovda strelkali asboblar, indikatorli tablolar va nazorat xabarchilarining benuqson ishlashiga ishonch hosil qilish zarur. Shubha tug‘ilganda, ularning ish qobiliyati va etalonlarga nisba- tan qanchalik aniqlik bilan ishlashi tekshiriladi. Bularga, birinchi navbatda, spidometrlar, taxometrlar va o‘tilgan yo‘l hisoblagichlari kiradi.
Xalqaro qoidalarga asosan, o‘rinlar soni 20 dan ortiq avtobuslar va to‘liq massasi 15 tonnadan ortiq yuk avtomobillarida taxograf o‘rnatilishi zarur. Taxograflar 2 yilda bir marta sertifikatga ega bo‘lgan ustaxonalarda tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Keyingi yillarda ishlab chiqarilayotgan ВАЗ avtomobillarida suyuq kristall indikatorli elektron asboblar kombinatsiyalari o‘r- natilmoqda, lekin sovitish suyuqligining harorati va yonilg‘i sathi ko‘rsatkichlari odatdagi asboblar kombinatsiyasidan iborat. Spi- dometr va taxometr strelkalari qadamli elektrdvigatellar bilan aylanadi. Asboblarni ularga datchiklardan keladigan signallar kelib turuvchi elektron modullar orqali boshqariladi. Elektron as­boblarning kombinatsiyasiga texnik xizmat ko‘rsatish elektron boshqaruv tizimlarinikidan farq qilmaydi.
Axborot tizimlari, nazorat-o‘lchov asboblari va ularning qa- bul etuvchilarining nosozliklari, asosan, zanjirdagi uzilishlar, qisqa tutashuvlar, o‘lchovchi elementlarni va strelka mexanizm- larining uzatmasining ishdan chiqishi yoki nazorat lampalarining kuyib qolishi bilan bog‘liqdir Axborot tizimida uchraydigan nosozliklar, yuzaga kelish sabablari, ularning diagnostikasi va bartaraf etish usullari

2.Yoritish va yorug‘lik darakchilarini ishlatish, ularga xizmat ko‘rsatish


Yoritish texnikasi asboblari, yorug‘lik va tovushli signal berish asboblari yo‘l harakati xavfsizligi uchun mas’uldirlar. Ular yo‘l harakatida ishtirok etuvchi obyektlarning maksimal ko‘rinishini ta’minlashi, ro‘paradan keluvchi transport haydovchisining ko‘- zini qamashtirmasligi va orqa tomonga yurish harakatlari to‘g‘- risida belgi berishi lozim. Hamma yoritish texnikasi asboblarining xarakteristikasi ЕЭК ООН qoidalari talablariga javob berishi kerak.
ГОСТ 25.478-91ga asosan, agar yoritish texnikasi asbobining birontasi uning chiquv parametrlari o‘rnatilgan me’yorda bo‘l- masa, avtomobilni ekspluatatsiya qilish imkoniyati yo‘q. Shuning uchun ekspluatatsiya jarayonida yoritish texnikasi asboblariga xizmat qilish qoidasiga rioya etish, TXK paytida ularga ehtiyotlik bilan muomala qilish va ularning parametrlarini davriy ravishda nazorat etib borish zarur.
Kundalik qarovda yoritish texnikasi asboblari tarqatgichlarini kirlardan katta ehtiyotlik bilan tozalash (ularni yuvish va artish, ayniqsa, plastmassali tarqatgichlarni), ularning yuzasini qum, kir va changli artish materiallari bilan shikastlantirmaslik lozim. Si- dirilish izlari va dog‘lari yoritish texnikasi asboblarining xarak­teristikasi yomonlashuvi mumkin. Navbatma-navbat har bir as- bobning ish qobiliyati tekshiriladi.
Yoritish texnikasi asboblarining yorug‘lik oqimiga generator qurilmasining kuchlanishi salmoqli ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun 1-TQ va 2-TQda, birinchi navbatda, generator chiquvidagi kuchlanish tekshiriladi.
Keyingi muhim operatsiya yorug‘lik asboblari kuch zanjir- laridagi kuchlanish pasayishini o‘lchashdir. Asboblarning ula- gichidan tortib lampalargacha bo‘lgan elektr zanjirida kuchlanish pasayishi quvvati 15 Vt.dan kichik lampalar uchun 0,1 ^0,6 V, 15 Vt.dan yuqori uchun 0,5^0,9 V, ulagichdan faralarga bo‘lgan zanjirda esa 0,3^0,8 V bo‘lishi kerak.

  1. TQda KQ operatsiyalari, faralar oldingi burilishni ko‘rsatkich va lampachalar, orqa fonar va orqacha yurish fonari, markaziy ulagichning mahkamlanishi tekshiriladi hamda ko‘rsatkich ula- gichi va avariya signali beruvchining to‘g‘ri ishlashi tekshiriladi.

  2. TQda 1-TQda ko‘zda tutilgan ishlardan tashqari, tumanga qarshi faralarning to‘g‘ri o‘rnatilganligi va ulanishi, shtekerli va vintli bog‘lovchilarning ishonchliligi, simlarning izolatsiyasi sifati (suv, ifloslik va changlardan himoyalanmagan), yorug‘lik manba- lari holati va tovush signalining ish qobiliyati hamda hamma fara- larining shtat ish rejimidagi yorug‘lik kuchi o‘lchanadi.

Yoritish texnikasi asboblarining qisqichlarida qisman yoki to‘liq yoki ularning (—) simlari bilan avtomobil kuzovi o‘rtasidagi kon- taktning yo‘qligi ularning ishida buzilish tug‘diradi. Musbat kontakt- larning yomonligi lampalarning yorug‘lik kuchining kamayishi, manfiy kontaktlarning yomonligini esa ko‘p funksiyali asboblarning ayrim seksiyalarining o‘z-o‘zidan ishlab ketishi: tormoz signali o‘rniga, masa­lan, burilish ko‘rsatkichi yoki orqaga yurish signallari yonishi mumkin. Bunday hol sodir bo‘lganda, yoritish texnikasi asboblarining ishlashini bir paytda fonarlarning barcha seksiyalarini ulagan holda tekshiriladi.
Yoritish texnikasi va yorug‘lik xabarchilarning buyumlarini ekspluatatsiya qilishda yorug‘lik manbalarini to‘g‘ri qo‘llash muhim ahamiyatga ega. Fonarga mos bo‘lmagan lampa qo‘llash uning xabar bera olish qobiliyatini kamaytiradi (masalan, burilish ko‘rsatkichida rangsiz lampa rangsiz tarqatgichi bilan yoki gabarit fonarida qo‘ng‘ir lampa signal rangdorligini buzadi, bu taqiqlanadi). Rangli tarqatgichli har qanday fonardagi qo‘ng‘ir kolbali lampa yoki kam quvvatli lampa asbob yorug‘lik kuchini pasaytiradi. Kattaroq quvvatli lampani qo‘llash fonarning qizib ketishiga, uning plastmassa qismlari va izolatsiyasining erib, boshqaruv relesi va ulagichlarining kontaktlarining kuyib ketishiga, bosma plata (yamoq) simlarining
kuyib qolishiga va simlarda tutashuv bo‘lishiga olib keladi. Yoritish texnikasi asboblaridagi kuyib ketgan lampalarni almashtirishda konstruksiyada ko‘zda tutilgan fonar va shteker bog‘lagichlarining zichligini tiklash zarur.

  1. TQ o‘tkazishda ekspluatatsiya jarayonida buzilgan fara- larni o‘rnatish bo‘yicha sozlash ishlarini ko‘proq bajarishga to‘g‘ri keladi. Noto‘g‘ri o‘rnatilgan faralar sutkaning qorong‘i paytida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berish ehtimolligini ko‘paytiradi. Fa- ralarni o‘rnatishda buzilishlar mahkamlovchi elementlar va soz- lovchi vintlarning o‘z-o‘zidan buralishi, shinasi o‘tirib qolgan avto­mobil og‘irlik markazining siljib qolishi yorug‘lik manbayi o‘z- garishlari bilan bog‘liqdir. Faralarni regloskop yoki ПРАФ-9 ti- pidagi asbob yoxud maxsus belgilangan ekran (avtomobildagi fa- ralarning joylanishiga mos) yordamida sozlanadi. Vertikal devorda ekranni belgilab olish (razmetka) 5.1-rasmda keltirilgan.





Download 42.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling