Axborot tizimlarining sinflanishi
Boshqa belgilar bo‘yicha sinflanishi
Download 38.94 Kb.
|
Boshqa belgilar bo‘yicha sinflanishi. Axborot tizimlarni axborot xarakteriga qarab (axborot qidiruvchi, axborot echuvchi, boshqaruvchi, maslahatchi) guruhlarga bo‘lish mumkin. Axborot qidiruvchi axborot tizimi - foydalanuvchi so‘rovi bo‘yicha axborotni qidirish, tizimlashtirish, saqlash, axborot berish ishlarini murakkab bo‘lmagan almashtirishlar yordamida bajaradi. Bunday axborot tizimlari bibliotekalarda, temir yo‘l va havo yo‘llari kassalarida ishlatiladi.
Axborot echuvchi axborot tizimi - axborotni qayta ishlashning barcha ishlarini ma’lum algoritmlar asosida olib borishadi. Ularni o‘z navbatida 2 guruhga ajratish mumkin: boshqaruvchi axborot tizim va maslahatchi axborot tizimlar. Boshqaruvchi axborot tizimlar axborot ishlab chiqaradi, u asosida xodim qarorlar qabul qiladi(QQQ). Bunday axborot tizimlari katta hajmdagi axborotni qayta ishlab chiqishadi. Misol sifatida, mahsulot ishlab chiqarishning operativ rejasini ishlab chiqish, buxgalteriya hisoblarini ishlab chiquvchi tizimlarni keltirish mumkin. Maslahatchi axborot tizimlar shunday axborot ishlab chiqadiki, u axborot uchun qabul qilinadi va tezkor harakatlar uchun axborotlar olinadi. Natijaviy axborotlar yuqori darajada intellektual salohiyat mahsuli bo‘ladi. Misol sifatida, mavjud meditsinadagi axborot tizimlarini keltirish mumkin, tizim kasalni davolash uchun davolash protseduralarini taklif qiladi. Davolovchi vrach axborotni olib o‘z tajribasiga amal qilib QQQ. Axborot tizimlarini qo‘llanish sohalariga qarab tashkiliy-boshqaruv, texnologik jarayonlarni boshqarish, loyihalashni avtomatlashtirish (SAPR), geografik axborot tizimlari (GIS), Interaktiv o‘rgatuvchi tizimlar (IOS), mashq qildiruvchi majmuolar, integrallashgan-korporativ axborot tizimlariga sinflanadi. Tashkiliy boshqaruv axborot tizimlari – boshqaruv tizimidagi xodimning ishlarini avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan. Bunday axborot tizimlarga firmalar, mehmonxonalar, banklar uchun yaratilgan axborot tizimlarni misol qilib ko‘rsatish mumkin. Bunday axborot tizimlarning vazifalariga operativ nazorat, operativ hisob va tahlil, operativ va perspektiv rejalashtirish, buxgalteriya hisobi, xarid va sotish, iqtisodiy va tashkiliy ishlarni avtomatlashtirish ishlari kiradi. Texnologik jarayonlarni boshqaruvchi axborot tizimlari -ishlab chiqarishdagi xodimlarning funksiyalarini avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan. Ular kompyuter qismlarini tayyorlash, metallurgiya va mashinasozlik sanoatida texnologik jarayonlarni boshqarish uchun qarorlar qabul qilishda ishlatiladi. Loyihalashni avtomatlashtiruvchi axborot tizimlar (SAPR) - yangi texnika va texnologiya yaratishda muhandislik-loyihalash, konstruktorlik, arxitektura, dizaynerlik ishlarini avtomatlashtirish uchun ishlatiladi. Ularning asosini(chizmalar, sxemalar), loyiha ishlari hujjatlarini tayyorlash, loyihalanayotgan ob’ektlarning modellashtirish ishlarini avtomatlashtirish hisoblanadi Geografik iformatsion tizimlar – bu tizim geografik masalalarni ilmiy amaliy echimlarini topishda maydonlar koordinatalariga oid axborotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash, yoritish va tarqatishni ta’minlaydi, Interaktiv o‘rgatuvchi tizimlar – foydalanuvchiga tajribali o‘qituvchi darajasida su’niy intellekt va ekspert tizimlariga asoslangan individual o‘quv muloqatini ta’minlaydi Mashq qildiruvchi majmualar- aniq bir ishchi o‘rinning amaliy ko‘nikmalarini o‘rgatish uchun mo‘ljallangan. Tizim individual shaxslarga yoki guruhlarga mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. Bunday tizimlarni yaratish juda murakkab hisoblanadi. Lekin favqulotda zarur va samaradorligidan uchuvchi, shofer yoki tizimlarni boshqaruvchi operatorlar uchun bunday trenajyorlar yaratiladi. Download 38.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling