Axborot tizimlarining sinflanishi
Fayl-server arxitekturasi
Download 38.94 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mijoz-server arxitekturasining
Fayl-server arxitekturasi faqatgina fayllardan ma’lumotlarni oladi va qo‘shimcha foydalanuvchi va dasturiy ilovalar markaziy protsessorga sezilarsiz darajada qo‘shimcha vazifa yuklaydi. Har bir yangi klient tarmoqqa hisoblash kuchini qo‘shadi.
Mijoz-server arxitekturasi fayl-server ilovalari muammolarini ilova komponentalarini bo‘lish va eng samarali faoliyat ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan joyga joylashtirish yo‘li bilan hal qilishga mo‘ljallangan. Mijoz-server arxitekturasining asosiy xususiyati axborotlarni qidiruvchi, yaxlitlovchi va umumlashtiruvchi tuzilgan SQL (Structured Query Language) so‘rovlar tilini tushunuvchi maxsus ma’lumotlar bazasi serverlaridan foydalanish hisoblanadi. Ayni paytda mijoz-server arxitekturasi guruhli va korporativ axborot tizimlari uchun ilovalar tashkil etish bo‘yicha keng e’tirof etildi. Mijoz-server arxitekturasi rivojlanishi natijasida ko‘p bosqichli arxitektura yuzaga kelgan. Uning an’anaviy shakli 3 bosqichdan iborat: Quyi darajadagi arxitektura mijozlarning dastur ilovalarini tashkil etib, mavjud dasturiy interfeys o‘rta darajadagi dasturiy ilovalarni chaqirish uchun xizmat qiladi; O‘rtadaraja arxitekturasi server dastur ilovalarini tashkil etadi; YUqori darajadagi arxitektura uzoqdagi maxsus server ma’lumotlar bazasini tashkil etadi. Uch bosqichli arxitektura turli tarmoq va tugunlarga yukni muvozanatlashtirish imkonini beradi. Dastur ishlab chiqish uchun vositalarning ixtisoslashuviga ko‘maklashadi va ikki bosqichli mijoz server modeli kamchiliklarini bartaraf etadi. Qaror qabul qilish tizimlari 140-rasm. Qo‘llanilish sohasi bo‘yicha sinflanishi Internet/intranet texnologiyalarining rivojlanishi bilan asosiy urg‘u dasturiy ta’minot vositalarini yaratishga qaratilmoqda. SHu bilan birga hozirgi kunda ma’lumotlar bazasi bilan ishlovchi ilg‘or dastur ishlab chiqaruvchi vositalari etishmasligi kuzatiladi. Murosali echim ma’lumotlar bazasi bilan samarali ishlovchi foydalanishga qulay va oddiy bo‘lgan axborot tizimlarini yaratishning murosali echimlari internet/intranet texnologiyalarining ko‘pbosqichli arxitekturalar bilan birlashishiga olib keldi. Natijada axborot dasturlarining tarkibi quyidagicha bo‘ldi: brouzer- dasturlar serveri-ma’lumotlar bazalari serveri-dinamik sahifalar serveri-veb-serverlar. Tranzaksiyalarni qayta ishlash tizimlario‘z navbatida ma’lumotlarni qayta ishlash tezligi jihatidan paketli axborot tizimlariga va operativ axborot tizimlariga bo‘linadi. Qaror qabul qilishga ko‘maklashuvchi tizimlar - DSS (Decision Support System) - murakkab so‘rovlar yordamida vaqt, geografik va boshqa turdagi parametrlar bo‘yicha ma’lumotlarni tanlash, qayta ishlash va tahlil qilishga asoslangan boshqa turdagi axborot tizimlari hisoblanadi. Axborot so‘rov tizimlari gipermatn hujjatlariga va multimedia asoslangan tizimlar hisoblanadi. Internet tarmog‘ida shunga o‘xshash tizimlar ko‘proq tarqalgan. Statik va dinamik veb saytlar, elektron pochta, qidiruv va veb serverlar bunday tizimlarning ob’ektlari hisoblanadi. Ofis axborot tizimlari- asosiy maqsadi ofis ishini avtomatlashtirish. Ma’lumotlarni qayta ishlash ofis ishini samarasini oshirish. Konselyariya ishini soddalashtiirish. Axborotlarni saqlash xarakteriga (tabiatiga) ko‘ra ma’lumotlar bazasi faktograficheskie (haqiqiy) va hujjatli bo‘lishi mumkin. Bularni tavsiflaydigan bo‘lsak,faktografik MB - bu kartotekalar bo‘lib, aniq va qatiy formatdagi qisqa axborotlar hisoblanadi. Hujjatli MB – bu arxivlar bo‘lib, mumkin bo‘lgan barcha hujjatlar bo‘lishi mumkin. Download 38.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling