Axborot turlari va xususiyatlari mavzusida reklama matnlarini yaratish


Download 28.28 Kb.
bet1/5
Sana19.01.2023
Hajmi28.28 Kb.
#1100464
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Akademik yozuv 911-22 guruh talabasi



G’anijonova Nafisa
Kompyuter injenering” fakulteti, “Kompyuter injenering” ta’lim yo’nalishi 911-22 guruh talabasi
Axborot turlari va xususiyatlari mavzusida reklama matnlarini yaratish
Har qanday reklama axborot matnini tinglovchiga yetkazish uchun xizmat qiluvchi vosita sanaladi. Demak, reklamaning birlamchi va asosiy elementi bu tildir. Reklamalar matni ko`cha tilining boshqa turlari (peshlavha, shior, afishalar) matnlariga nisbatan o`ziga xos bir qator xususiyatlarga ega. Quyida ana shunday matnlar haqida so`z yuritamiz.
Ma`lumki, har qanday matndan anglashilayotgan fikrlar undagi til birliklari orqali ifodalanadi. Matnning o`ziga xos xususiyati undagi til birliklarining o`zaro bog`liqligi, mosligi va yaxlitligidir. Semiotikada matn tushunchasi ostida kommunikatsiyaning har qanday shakli, ya`ni ma`no anglashishi tushuniladi. Matnni to`g`ri qabul qilishni ta`minlovchi vosita faqat til birliklari va ularning o`zaro birikuvi emas, uni tushunish va kommunikativ fon hamdir.
Ko`cha reklama matnlari tuzilishiga ko’ra alohida ahamiyatga ega. Ularda aks etuvchi yozuvlar, rasmlar, shartli belgilar, simvollar reklama matni semantikasiga bog`liq bo`ladi.
Axborot turlari va xususiyatlari mavzusida reklama matnlarini yaratish.
Eng avvalo axborotning xususiyatlariga to’xtalishimiz kerak. Biz yaratayotgan reklama dominant so’zning ijobiy bo’yoqli variant orqali jozibaliroq ko’rinadi va eshitiladi. Axborot qaynoq , yangi, tesha tegmagan va hokozo sifatlar bilan tasvirlash mumkin. Men esa komedik turdagi reklama tayyorlamoqchiman. Axborot so’zining ma’nodoshlarini izlaymiz . Bular xabar, ma’lumot.
Mening yaratgan reklama matnim: Tesha tegmagan xabar…
Bu komedik reklamam uchun ayni muddoa.

Matn hosil qiluvchi vositalar mavzusida publisistik maqola tayyorlash.
Matnni g’ishtlari
Matn ma’lum fikrlar yig’indisi va nashrdan chiqqan asar. Bu haqida ko’p ma’lumotlar bilamiz. Matn avvalo 2 yoki undan ortiq gaplardan iborat bo’lishi kerak. Hozirgi zamon tilshunosligida matn komponentlari tasnifi masalasi ham ancha murakkabdir, chunki mustaqil so‘zdan boshlab, gap, murakkab sintaktik qurilmalar, abzats, bob kabilarning barchasi matn komponentlari jumlasiga kiradi va ular matn tarkibida pog‘onali (ierarxik) munosabatga kirishadi. Quyida ana shulardan ba’zilariga to‘xtab o‘tamiz.Gaplarni haqiqiy g’ishlarga qiyoslash mumkin. G’ishlar imorat qurayotganimizda eng asosiy ingrident , g’ishtlarni bir birining ustiga qo’yib chiqqanimiz bilan u uy bo’lib qolmaydi. Ularni bir biri bilan jipslashtiradigan narsa bu loy. Bizning matnimizda esa gaplarni ma’no birlashtiradi. Demak matnni hosil qilishda asosiy vosita ma’no ekan.


Download 28.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling