Axborot tushunchasi. Axboriy jarayonlar Mashg’ulot maqsadi


Download 377.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana31.03.2023
Hajmi377.19 Kb.
#1312956
1   2
Bog'liq
sanoat amaliy 3

Mayshiy xizmat xodimlari. Axborot bu atrof muhitdan sezgi a’zolarimiz orqali 
qabul qilinib, anglab olinadigan har qanday ma’lumotlar majmuidir. Tabiatni kuzata 
turib, insonlar bilan muloqotda bo’lib, kitob va gazetalar o’qib, televizion 
ko’rsatuvlar ko’rib biz axborot olamiz
Aniq fanlar bilan shug’ullanuvchilar.Axborot tushunchasiga atrof muhitdan 
sezgi a’zolarimiz orqali qabul qilinib, anglab olinadigan har qanday ma’lumotlar 
majmuini hamda xotiramizda saqlangan axborotlar yordamida fikr yuritish, ularni 
qayta ishlash orqali olingan natijalar asosida qabul qilingan qarorlarni (yechimlarni) 
ham kiritadi. 
Tibbiyot xodimlari.Axborot tushunchasiga atrof muhitdan sezgi a’zolarimiz 
orqali qabul qilinib, anglab olinadigan har qanday ma’lumotlar majmuini, 
xotiramizda saqlangan axborotlar yordamida fikr yuritish, ularni qayta ishlash orqali 
olingan natijalar asosida qabul qilingan qarorlarni (yechimlarni) hamda inson ongli 
ravishda qayta ishlay olmaydigan ma’lumotlarni, ya`ni genetik kodlarni ham 
kiritadi. Unga asosan ba’zan farzandlarning otasiga, onasiga, buvisiga va h.k. ga 
o’xshashishini misol tariqasida aytish mumkin. Boshqa soha xodimlari ham 
axborotni o’zlaricha talqin etadilar.


Informatika fanini o’rganish uchun turlicha izohlanuvchi axborotning 
umumiy xususiyatlari aniqlangan. Bu umumiy xususiyatlarni quyidagicha 
keltiramiz: har qanday axborotni qabul qilish, jamlash, qayta ishlash, saqlash va 
uzatish mumkindir. Bu jarayonlarni informatikada axborotli jarayon deb yuritish 
qabul qilingan. Demak, axborotli jarayon deganda, axborotlarni
• 
Qabul qilish; 
• 
Jamlash; 
• 
Qayta ishlash; 
• 
Saqlash; 
• 
Uzatish jarayonlari tushunilar ekan. 
Bu jarayonlarni umumiy holda insonning qobiliyatlariga qiyoslash mumkin. 
Darhaqiqat, ba’zi insonlar ko’p ma’lumotga ega bo’ladi, ammo ularni tushuntirib 
bera olmaydi, ya’ni axborotlarni qayta ishlash, saqlash qobiliyati yaxshi rivojlangan, 
ammo uzatish qobiliyati sustroq rivojlangan. Ba’zi insonlar ma’lumotlarni to’liq 
eshitib o’tirmasdan tushunib oladi, ya’ni qabul qilish yaxshi rivojlangan bo’ladi, 
ba’zilari esa biror ma’lumotni maromiga yetkazib yoki “ko’pirtirib” aytib beradi, bu 
axborotni uzatish qobiliyatining yaxshi rivojlanganidan dalolat. Psixologiyada 
inson temperamentini aniqlashda insonlarning aynan shu qobiliyatlarining 
rivojlanishi ham inobatga olinadi.
Bundan tashqari, harbir hatti – harakatimiz tahlil qilinsa, uning ham 
axborotli jarayon natijasida yuzaga kelishini ko’rishimiz mumkin. Masalan, 
insonning xursand bo’lgandagi xatti – harakatni olaylik. Tahlil qilib qarasangiz
inson o’z – o’zidan xursanb bo’lmaydi, u qandaydir yaxshi axborotni qabul qildi 
(nimanidir eshitdi, ko’rdi, xis qildi va h.k.), bu axborotni qayta ishladi (ya’ni 
tushundi, suyundi) va xursandchiligini, ya’ni xursand bo’lganligi haqidagi axborotni 
uzatdi (sakrab chapak chalish, qiyqirish, xursandchilik ko’z yoshlari va h.k. ). Yosh 
bolalar bir marta issiq choynakni ushlab, uning issiqligi haqidagi axborotni qabul 
qilgan bo’lsa, har choynakni ko’rganda undan qo’rqish holatlaridagi xatti-
harakatlarini ham misol qilish mumkin. Shu kabi misollarni ko’plab keltirish 
mumkin. Xulosa qilib aytish mumkinki, xatti – harakatlarimiz ham axborotli 
jarayonga bog’liqdir.


Axborotni turli – tuman ko’rinishlari bo’lib, ularni quyidagi turlarga ajratish 
mumkin: 

raqamli axborot, 

matnli axborot; 

grafikli axborot; 

tovushli axborot; 

video – lavhali axborot. 
Insonni imkoniyatlari ma’lum ma’noda cheklangan, katta miqdordagi 
axborotlarni bir vaqtda qabul qilish, jamlash, ularni qayta ishlash, saqlash va 
zaruriyat tug’ilganda uzatishga qodir emas. Bunday hollarda inson texnika 
vositalaridan, ya’ni axborot – kommunikatsiya texnologiyalari, aloqa vositalari, 
ommaviy axborot vositalaridan foydalanib axborotli jarayonni amalga oshirishga 
intiladi. 
1
Umumiy holda axborotli jarayonga asoslanib quyidagi ta’riflarni keltirish 
mumkin:


Kompyuter – katta hajmdagi axborotlarni qabul qilish, jamlash, ularni qayta 
ishlash, saqlash va zaruriyat tug’ilganda uzatish, ya’ni axborotli jarayonni amalga 
oshirish imkonini yaratuvchi texnik vosita.
Informatika fanini esa ushbu axborotli jarayonni amalga oshirish 
qonuniyatlarini o’rganuvchi fan deb qarash mumkin. 
Axborotli jarayonni amalga oshirishning umumiy sxemasini tahminan 
quyidagicha ifodalash mumkin:
2
Nazorat savollari 
1. Noosfеraning tashkil etuvchilarini qaysi birining paydo bo’lishi axborotni 
o’rganish bilan bog’liq? 
2. Axborot deb nimaga aytiladi? Ma’lumot qachon axborotga aylanadi? 
3. Axborotni qanday turlarini bilasiz? 
4. Axborotni sifat ko’rsatkichlarini tushuntirib bering. 
2
V. Rajaraman, Introduction to Information technology (second edition), PHI Learing Private 
Limited, India 2013 y. 9 p.
Manbaa 
Qabulqi
lish 
Jamlash 
Qaytais
hlash 
Saqlash 
Uzatish 


5. Axborot shakliga ko’ra necha turga bo’linadi? 
6. Axborot tushunchasini izohlab bering. 
7. Axborotli jarayon deb nimaga aytiladi?
8. Axborotli jarayonni biror misolda tushuntirib bering. 
9. Axborotli jarayonga asoslanib informatika fani predmetini aytib bering.
10. Axborotli jarayonni amalga oshirishning umumiy sxemasini ifodalang.
Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati: 
1. 
V. Rajaraman. Introduction to information technology (second edition). India, 
2013. 
2. N. V. Makarova. Informatika. Darslik. T.: “Talqin”, 2005 y. 25-30 bb. 
3. R.Boqiyev, N.Mirzaxmedova, A.Primkulova. Informatoka. O’quv qo’llanma. 
T.: “Tafakkur”, 2016 y. , 8-11 bb. 

Download 377.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling