Axborot va murabbiylik soati


Buyuk davlat arbobi, sohibqiron


Download 29.12 Kb.
bet2/4
Sana19.04.2023
Hajmi29.12 Kb.
#1366898
1   2   3   4
Bog'liq
29 xafta (3)

Buyuk davlat arbobi, sohibqiron
Amir Temur Yevropa olimlari (taʼrifi) nazdida

Yevropalik olimlar Amir Temur va uning faoliyati haqida bundan toʻrt yuz yil ilgari gapira boshlagan edi. 1553-yilda Florensiya (Italiya)da italyan olimi Perondino qalamiga mansub “Skiflik buyuk Tamerlan” kitobi bosilib chiqdi. Bu Yevropada Amir Temur haqidagi ilk ilmiy tadqiqot hisoblanadi.


Yevropa tillarida (ispan, ingliz, fransuz) eʼlon qilingan yozma manbalar ichida birinchi oʻrinda ispan elchisi Rui Gonsales de Klavixoning “Samarqandga Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi (1403-1406)” turadi. Buyuk Rembrandt Boburiylar zamonidagi hind miniatyuralaridan ilhomlanib, Amir Temurni uning vorislari Umarshayx mirzo, Zahiriddin Bobur, Humoyun va Akbar davrasida tasvirlaydi.
XVI-asrda yashagan mashhur ingliz shoiri va dramaturgi Kristofer Marloning “Buyuk Temur” nomli tragediyasida yosh Temurbek oʻzining tengsiz aqli, salohiyati va shijoati bilan jahon tarixidagi qudratli podsholardan biriga aylangani namoyish etilgan. Tragediya XVII-asrgacha sahnadan tushmay, Angliyada teatr mavsumini boshlab bergan.
Bir necha yevropalik bastakorlar operalarda Amir Temur obrazini yaratganlar. XVII-asr boshida italyan bastakori Gaspirni “Tamerlan” operasini yaratdi. Mazkur opera Vena teatrida sahna yuzini koʻrdi. Bastakor Leo uni Neapol teatrida sahnalashtirdi. Antonio Vivaldi, Skolari, Gendel va boshqa bastakorlar ham bu mavzuda musiqa asarlari yaratganlar.
Bugun jahonning ellikdan ortiq mamlakatlarida temurshunos olimlar ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Temur va Temuriylar davriga bagʻishlangan koʻplab kitoblar chop etilmoqda. Oʻtgan olti yuz yil mobaynida Yevropa tillarida Amir Temurga bagʻishlab yozilgan salmoqli asarlarning soni 500 ga yetdi, Sharq tillarida esa 900 dan oshdi.
Temurning “Temur tuzuklari” har zamonda, har makonda koʻp qiziqishlarga sabab boʻlib, alohida nusxa koʻchirilib, shaxsiy kutubxonalardan joy olingan, ijtimoiy-siyosiy faoliyatda undan muhim yoʻl-yoʻriq sifatida foydalanilgan. U koʻproq sohibi tojlarga kerak boʻlgan.
Fransuz yozuvchisi Marsel Brion “Menkim, Sohibqiron – jahongir Temur” deb nomlangan asar yozadi.
Marsel Brion asarni yozish jarayonida Amir Temurning “Temur tuzuklari”dan, Ibn Arabshoh, ispan elchisi Rui Gonsales de Klavixoning memuarlaridan keng foydalanib, asarning badiiy bezagini haqiqat bilan uygʻunlashtirishga harakat qilgan va bu bilan asarning tarixiy ahamiyatini kengaytirgan.
Marsel Brionning Temur shaxsi va temuriylar davriga qiziqishini uygʻonishiga sabab boʻlgan omil, taxmin qilinishicha 1941-yilda Samarqand shahrida antropolog olim Gerasimov ishtirokida Amir Temur va temuriy shahzodalarning bir nechasini qabrini ochilishi, olib borilgan tadqiqot ishlari va uning atrofidagi shov-shuvlar sabab boʻlgan deb taʼkidlashadi.
Muallif nemis tili, ingliz tili va arab tilini yaxshi bilganligi unga Gʻarbiy Yevropa va Amerikada saqlangan koʻplab qoʻlyozmalarni oʻrganish imkonini bergan.
Asarda voqealik Amir Temur nomidan yozilgan boʻlib, u koʻp holatlarda oʻquvchiga murojaat etib, oʻzining nasihatlari bilan oʻquvchini bahramand qiladi.
Amir Temurga Marsel Brion odilona baho beradi, Sohibqironning tashqi va ichki siyosatini yuksak baholaydi:
“Temurdan oldin oʻtgan birorta ham moʻgʻil yoki turk fotihi u kabi dono va madaniyatli boʻlgan emas. Atilla va Aleksandr Makedonskiyda alohida-alohida mavjud boʻlgan xislatlar Temur shaxsida gʻalati bir uygʻunlik hosil qilganini koʻrib hayratga tushadi kishi” deb yozadi.



Download 29.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling