Аxborot xati 2023-yilning 19 aprel kunlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida (O‘zMU) “Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida degradatsiyaga uchragan tuproqlarning kompleks boshqaruvi va meliorativ holati


-ilova O‘zMU xabarnomasi uchun talablar


Download 0.5 Mb.
bet4/10
Sana14.04.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1357723
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 ахборот хати 13.03.2023й (4)

2-ilova


O‘zMU xabarnomasi uchun talablar


“O‘zMU xabarlari” ilmiy jurnaliga taqdim etiladigan ilmiy maqolalarga qo‘yiladigan asosiy talablar jahon andozalari hamda O‘zbekistonda yaqindan beri amal qilayotgan PhD va DSc tadqiqotlari tizimidagi andozalardan kelib chiqadi.
1. Muallif (yoki mualliflar) tomonidan taqdim etilayotgan ilmiy maqola mavzusi “O‘zMU xabarlari” ilmiy jurnalining ruknlariga mos kelishi shart.
2. Maqola xalqaro andozalar talabi doirasidagi quyidagi aniq bandlarga ega bo‘lishi lozim:


- Maqola mavzusi (Title)

Maqola mavzusi imkon qadar qisqa va mazmunli ko‘rinishda shakllantirilgan bo‘lib, maqolaning tadqiqot yo‘nalishini aniq ifoda etishi lozim. U o‘zbek, rus hamda ingliz tillarida taqdim etilishi kerak.




- Maqola muallifi to‘grisida ma’lumot (Author information)
Ushbu qismda muallifning ismi-sharifi (otasining ismi bilan), ish joyi va lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni, elektron pochta manzili va muloqot telefonlari kiritiladi.


- Maqola annotatsiyasi (Abstract)
Maqolalarning qisqacha annotatsiyasi 10-12 qatordan oshmagan holda o‘zbek, rus va ingliz tillarida beriladi. Unda tadqiqot muammosi, uning dolzarbligi, tadqiqot muammosini ochib berish uchun qo‘llanilgan metodologiya, tadqiqot natijalari, maqolaning to‘la mazmunidan kelib chiqqan holda muallifning ilmiy va amaliy hissasining qisqacha bayoni yoritiladi.


- Kalit so‘zlar (Key words)
Maqola mazmuni va maqsadini eng qisqa mazmunda ochib beruvchi kalit so‘zlar hisoblanadi. scholar. google.com yoki google.com qidiruv tizimida maqola oson va eng birinchi sahifalarda topilishi uchun tayanch so‘zlarning har biri asosiy matn tarkibida o‘rtacha 6-8 marta takrorlanishi tavsiya etiladi.



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling