AXBOROT XATI
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
huzuridagi Axborot
va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 2022-yil 25-oktabrda
ommaviy axborot vositasi sifatida davlat ro‟yxatidan
(№ 045 044) o„tkazilgan
Namangan davlat pedagogika institutining “
Ta’lim va taraqqiyot” ilmiy-uslubiy
jurnali 2023-yil 1-soni uchun maqolalar qabulini e‟lon qiladi. “Ta‟lim va
taraqqiyot”
jurnalida talabalar, magistrlar, o„qituvchilar, mustaqil izlanuvchilar,
doktoranlar hamda professor-o‟qituvchilar o‟zlarining
pedagogika sohasiga oid
ilmiy hamda uslubiy maqolalarini chop etishlari mumkin. Jurnalning birinchi soni
uchun maqolalar joriy yilning 25-fevral kuniga qadar qabul qilinadi.
Jurnal uchun maqolalar
o‘zbek, rus va ingliz tillarida quyidagi
yo‟nalishlarda qabul qilinadi:
Ta’limning dolzarb muammolari va yechimlari;
Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi;
Ta’limda menejment;
Maxsus pedagogika;
Ijtimoiy pedagogika;
Ilg‘or milliy va xalqaro tajribalar;
Maqolalar uchun qoʼyiladigan talablar:
Maqola “Times New Roman” shriftida, 14 kattalikda, 1.5 intervalda, mavzu
nomi bosh harflarda va qoraytirilgan holda, mavzudan soʼng esa muallif(lar)ning
F.I.Sh. va ish (oʼqish) joyi toʼliq keltiriladi. Mualliflar soni 3 nafardan oshmasligi
lozim hamda muallifning elektron pochta manzili va telefon raqami keltirilgan
boʼlishi shart.
Maqolaga annotatsiya (maqolaning qisqacha mazmun-mohiyati) va kalit
soʼzlari berilishi shart (oʼzbek, rus, ingliz tillarida), maqolaga havola(snoska)lar
[1,2,...] koʼrinishida va maqola soʼngida adabiyot sifatida koʼrsatilishi lozim.
Maqola kamida 4, ko‟pi bilan 12 sahifadan iborat boʼlishi lozim va maqola
ilmiy asoslangan boʼlishi hamda maqola muallifidan ilmiy darajasi yuqori boʼlgan
yetakchi mutaxassis tomonidan kamida 1
ta taqriz bilan, tahrir qilingan holda
elektron variantda topshiriladi.
Maqoladagi
maʼlumot
va
dalillarning
aniqligi,
toʼgʼriligi
va
koʼchirilmaganligi (plagiat)ga muallif javobgardir. Maqolalar ekspert komissiyasi
tomonidan tahlil qilinadi va ekspertlar tomonidan tavsiya etilgan maqolalar chop
etiladi;
Tavsiya etilmagan maqolalar chop etilmaydi
va maqolalar muallifga
qaytarilmaydi. Jurnalning 1 ta sonida muallifning faqatgina 1 ta maqolasi nashr
etiladi. Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan maqolalar tahrirga yuborilmaydi.
Maqolalar belgilangan muddatda
@Ramziddin_Tursunovv telegram
manzili
(+998901518999 telefon raqami) va
ramziddin0518@gmail.com
elektron
pochtasi yoki Namangan shahri, Uychi ko'chasi, 316-uy - Namangan davlat
pedagogika
instituti Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar
tayyorlash sektorida qabul qilinadi. Maqolalar uchun badal puli 40.000 (qirq
ming) so‟mni tashkil etadi.
To‘lov faqatgina maqolalar ko’rib chiqilib, qabul