Axborot xati qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti fizika va elektronika kafedrasi
Download 239.54 Kb. Pdf ko'rish
|
Axborot xati (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konferensiya quyidagi yo‘nalishlar o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda
- Konferensiya tili
- Tezislarda keltirilgan ma’lumotlarga mualliflarning shaxsan o‘zlari javobgar hisoblanadi.
- E–mail
- Aloqa telefonlari
- Konferensiya tashkiliy qo‘mitasi
AXBOROT XATI QARSHI MUHANDISLIK – IQTISODIYOT INSTITUTI FIZIKA VA ELEKTRONIKA KAFEDRASI O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan professional va oliy ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda navbatdagi ustivor vazifalar to‘g‘risida o‘tkazilgan majlisning 2023 –yil 27–apreldagi 39–son bayoni ijrosini o‘z vaqtida va samarali bajarilishini ta’minlashga muvofiq, shuningdek, mamlakat ilm fani nufuzini yanada oshirish va xalqaro ilmiy–texnik hamkorlik ko‘lamini kengaytirishga qaratilgan xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlar, simpoziumlar, seminarlar va boshqa ilmiy hamda ilmiy–texnik tadbirlarning yuqori ilmiy va tashkiliy–amaliy darajada samarali o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida belgilangan vazifalarni amalga oshirish hamda O‘zbekiston respublikasi oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2 – may 2023 – yildagi 118–sonli buyrug‘i bilan ilmiy – texnik anjumanlar o’tkazish rejasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2023 – yilning 20 may kuni Qarshi muhandislik–iqtisodiyot institutida «Fan va texnikada innovatsion texnologiyalar: fizik yechimlar, metrologik o‘lchashlar hamda elektronika va asbobsozlik muammolari» mavzusida respublika ilmiy va ilmiy–texnik konferensiyasi o‘tkaziladi. Konferensiyada ishtirok etish uchun Respublika, mahalliy va xorijiy oliy o‘quv yurtlari professor–o‘qituvchilari hamda ilmiy–tadqiqot muassasalari ilmiy xodimlari, tadqiqotchilar, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar, magistrantlar, shuningdek, soha mutaxassislari taklif etiladi. Konferensiya quyidagi yo‘nalishlar o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda: 1.Zamonaviy sanoat va asbobsozlik hamda metrologik o‘lchashlar sohalaridagi muammolarning fizik mohiyati va yechimlari; 2.Ishlab chiqarish sanoatini rivojlantirishda innovatsion texnologiyalarning joriy etilishi va ahamiyati; 3.Ishlab chiqarish sohalari va ilmiy–tadqiqot ishlarida nanotexnologiyalarning ko‘llanilishi, muammolar va yechimlari; 4.Mahsulotlar va xizmatlar sifatini ta’minlashda metrologik o‘lchashlar va standartlashtirishning ahamiyati; 5.Asbobsozlik sanoatining rivojlanish istiqbollari va muammolari, sohada innovatsion texnologiyalarning qo‘llanilishi. 6.Raqamlashtirish va raqamli texnologiyalarni joriy etish istiqbollari, muammolar va innovatsion yechimlari. 7.Fizika, metrologik o‘lchashlar hamda elektronika va asbobsozlikka oid ta’limni postnoklassik darajadagi yechimlarini ko‘rsatib berish. Konferensiya tili: o‘zbek, qoraqalpoq, rus va ingliz tillari. Konferensiya tezislari uchun talablar: –tezislar konferensiya yo‘nalishlariga oid dolzarb mavzularda ilmiy tahlil va tugallangan fikrlar asosida, ilmiy taklif va tavsiyalar bilan taqdim etilishi lozim; –tezis matnlari tahrir qilingan holda A4 o‘lchovidagi qog‘ozga, yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm joy qoldirib, 1 nusxada rasmiylashtiriladi. Maqolaning nomi bosh harflar bilan yoziladi, navbatdagi satrdan muallifning familiyasi, ismi va otasining ismi, keyingi satrdan ilmiy darajasi, unvoni va tashkilot nomi, navbatdagi satrdan muallifning elektron manzili ko‘rsatiladi. So‘ngra 1,5 interval qoldirilib, matnning mazmuni 1,5 intervalli satrlarda yoziladi. Matnning elektron nusxasi MS Word dasturida, Times New Roman shriftida, 14 kegel kattaligida, tezislar 3 betgacha, to‘la hajmda berilishi lozim. Matematik formulalar Вставка(Формулы) dan foydalanilgan holda kiritiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati matn oxirida beriladi. Tezislarda keltirilgan ma’lumotlarga mualliflarning shaxsan o‘zlari javobgar hisoblanadi. Barcha talablarga javob bergan ma’ruza materiallari, konferensiyagacha elektron shakldagi to‘plamga kiritiladi. Belgilangan talablarga javob bermaydigan va ko‘rsatilgan muddatda taqdim etilmagan materiallar to‘plamga kiritilmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi. Maqola uchun hech qanday mablag’ talab etilmaydi. Mualliflarga to’lam elektron manzillarga tashlab beriladi. Tezislarning elektron matni 2023 yil 18 maygacha Qarshi muhandislik– iqtisodiyot instituti Elektronika va avtomatika fakultetida hamda elektron pochta: E–mail:azizbektorayev500@gmail.com va +99890–6733669; +99897–5190625 telegram manzillari orqali qabul qilinadi. Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun manzil: Qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti Elektronika va avtomatika fakulteti Fizika va elektronika kafedrasi 1–bosh bino, 3–qavat, 304– xona. Aloqa telefonlari: Maxmanov U.A.–94–522–55 04; Rahmonqulov A.A.–97–312 04 51; Maxmanov E.B.–97–519 06 25; Rashidov A.S.–90–929–77 79. Asosiy muddatlar: Tezislarni qabul qilish – 2023 yil 18 maygacha. Konferensiya ishini boshlanishi – 2023 yil 20 may. Konferensiya ishini yakunlanishi – 2023 yil 20 may. Konferensiya tashkiliy qo‘mitasi Download 239.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling