Axborot xati qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti fizika va elektronika kafedrasi


Download 239.54 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.06.2023
Hajmi239.54 Kb.
#1473209
Bog'liq
Axborot xati (2)



AXBOROT XATI 
 
QARSHI MUHANDISLIK – IQTISODIYOT 
INSTITUTI
 
FIZIKA VA ELEKTRONIKA KAFEDRASI
 
O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan professional va oliy 
ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda 
navbatdagi ustivor vazifalar to‘g‘risida o‘tkazilgan majlisning 2023 –yil 27–apreldagi 39–son 
bayoni ijrosini o‘z vaqtida va samarali bajarilishini ta’minlashga muvofiq, shuningdek, mamlakat
ilm fani nufuzini yanada oshirish va xalqaro ilmiy–texnik hamkorlik ko‘lamini kengaytirishga 
qaratilgan xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlar, simpoziumlar, seminarlar va 
boshqa ilmiy hamda ilmiy–texnik tadbirlarning yuqori ilmiy va tashkiliy–amaliy darajada samarali
o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida belgilangan vazifalarni amalga oshirish hamda O‘zbekiston 
respublikasi oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2 – may 2023 – yildagi 118–sonli buyrug‘i
bilan ilmiy – texnik anjumanlar o’tkazish rejasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash 
maqsadida 2023 – yilning 20 may kuni Qarshi muhandislik–iqtisodiyot institutida «Fan va 
texnikada innovatsion texnologiyalar: fizik yechimlar, metrologik o‘lchashlar hamda elektronika va 
asbobsozlik muammolari» mavzusida respublika ilmiy va ilmiy–texnik konferensiyasi o‘tkaziladi. 
Konferensiyada ishtirok etish uchun Respublika, mahalliy va xorijiy oliy o‘quv yurtlari
professor–o‘qituvchilari hamda ilmiy–tadqiqot muassasalari ilmiy xodimlari, tadqiqotchilar,
doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar, magistrantlar, shuningdek, soha mutaxassislari taklif 
etiladi. 

Konferensiya quyidagi yo‘nalishlar o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda: 
1.Zamonaviy sanoat va asbobsozlik hamda metrologik o‘lchashlar sohalaridagi 
muammolarning fizik mohiyati va yechimlari; 
2.Ishlab chiqarish sanoatini rivojlantirishda innovatsion texnologiyalarning joriy etilishi va 
ahamiyati; 
3.Ishlab chiqarish sohalari va ilmiy–tadqiqot ishlarida nanotexnologiyalarning ko‘llanilishi, 
muammolar va yechimlari;
4.Mahsulotlar 
va 
xizmatlar 
sifatini 
ta’minlashda metrologik o‘lchashlar va 
standartlashtirishning ahamiyati; 
5.Asbobsozlik sanoatining rivojlanish istiqbollari va muammolari, sohada innovatsion 
texnologiyalarning qo‘llanilishi.
6.Raqamlashtirish va raqamli texnologiyalarni joriy etish istiqbollari, muammolar va 
innovatsion yechimlari. 
7.Fizika, metrologik o‘lchashlar hamda elektronika va asbobsozlikka oid ta’limni 
postnoklassik darajadagi yechimlarini ko‘rsatib berish. 
Konferensiya tili: o‘zbek, qoraqalpoq, rus va ingliz tillari.

Konferensiya tezislari uchun talablar: 
–tezislar konferensiya yo‘nalishlariga oid dolzarb mavzularda ilmiy tahlil va tugallangan
fikrlar asosida, ilmiy taklif va tavsiyalar bilan taqdim etilishi lozim;
–tezis matnlari tahrir qilingan holda A4 o‘lchovidagi qog‘ozga, yuqoridan va pastdan 2 
sm, chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm joy qoldirib, 1 nusxada rasmiylashtiriladi. Maqolaning nomi 
bosh harflar bilan yoziladi, navbatdagi satrdan muallifning familiyasi, ismi va otasining ismi
keyingi satrdan ilmiy darajasi, unvoni va tashkilot nomi, navbatdagi satrdan muallifning 
elektron manzili ko‘rsatiladi. So‘ngra 1,5 interval qoldirilib, matnning mazmuni 1,5 intervalli


satrlarda yoziladi. Matnning elektron nusxasi MS Word dasturida, Times New Roman
shriftida, 14 kegel kattaligida, tezislar 3 betgacha, to‘la hajmda berilishi lozim. Matematik 
formulalar Вставка(Формулы) dan foydalanilgan holda kiritiladi. Foydalanilgan adabiyotlar 
ro‘yxati matn oxirida beriladi. 
Tezislarda keltirilgan ma’lumotlarga mualliflarning shaxsan o‘zlari javobgar 
hisoblanadi. 
Barcha talablarga javob bergan ma’ruza materiallari, konferensiyagacha elektron shakldagi
to‘plamga kiritiladi. Belgilangan talablarga javob bermaydigan va ko‘rsatilgan muddatda taqdim 
etilmagan materiallar to‘plamga kiritilmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi. Maqola uchun hech 
qanday mablag’ talab etilmaydi. Mualliflarga to’lam elektron manzillarga tashlab beriladi. 
Tezislarning elektron matni 2023 yil 18 maygacha Qarshi muhandislik– iqtisodiyot instituti 
Elektronika va avtomatika fakultetida hamda elektron pochta:
E–mail:azizbektorayev500@gmail.com va +99890–6733669; +99897–5190625 telegram 
manzillari orqali qabul qilinadi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun manzil: Qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti 
Elektronika va avtomatika fakulteti Fizika va elektronika kafedrasi 1–bosh bino, 3–qavat, 304–
xona. 
Aloqa telefonlari: Maxmanov U.A.–94–522–55 04; Rahmonqulov A.A.–97–312 04 51; 
Maxmanov E.B.–97–519 06 25; Rashidov A.S.–90–929–77 79.

Asosiy muddatlar: 
Tezislarni qabul qilish – 2023 yil 18 maygacha.
Konferensiya ishini boshlanishi – 2023 yil 20 may. 
Konferensiya ishini yakunlanishi – 2023 yil 20 may. 
Konferensiya tashkiliy qo‘mitasi 

Download 239.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling