Axborot xati


Download 23.08 Kb.
Sana24.10.2020
Hajmi23.08 Kb.
#136220
Bog'liq
1. Ахборот хати ЎЗБЕК


AXBOROT XATI
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, O‘zbekiston Respublikasining Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlar tayyorlash instituti, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi hamkorligida xotin-qizlarning jamiyatda ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning muammolarini aniqlash va bartaraf etish maqsadida “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda yosh xotin-qizlarning innovatsion g‘oya va tashabbuslari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy onlayn konferensiyasini e’lon qiladi.
Onlayn konferensiya quyidagi sho’balar bo‘yicha tezislarni qabul qiladi:
1-sho‘ba: Yosh xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga doir davlat siyosatini amalga oshirish, huquq va manfaatlarini himoya qilishdagi muammo va yechimlar.

2-sho‘ba: Qizlar ta’lim-tarbiyasi, ularni kasbga yo‘naltirishdagi dolzarb masalalar.

3-sho‘ba: Xotin-qizlar reproduktiv salomatligi bilan bog‘liq muammolar, istiqboldagi vazifalar.

4-sho‘ba: Yosh xotin-qizlarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi roli.

5-sho‘ba: Yosh xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash: muammo va yechimlar.

6-sho‘ba: Qishloq xo‘jaligi sohasida yosh xotin-qizlarning roli.

7-sho‘ba: Oilani mustahkamlashda yosh xotin-qizlarning ishtiroki.


Konferensiyada ishtirok etish uchun tezislar topshirish tartib-qoidalari:
-tezislar o‘zbek, rus va ingliz tillaridan birida 2020-yilning 15-may kuni soat
18:00ga qadar elektron shaklda yuborilishi lozim;

Qabul bo‘yicha mas‘ul xodim:

-Saydullaeva Nodira Ubaydullaevna Ўзбекистон ёшлар иттифоқи Марказий Кенгаши Ёш оила ва хотин-қизларни қўллаб-қувватлаш бўлими бошлиғи в.б. (materiallar qabul qilish vaqti 09:00dan 21:00gacha) – qizlarovozi@yi.uz, +998998980416 telegram manziliga;

Yuborilgan tezislar tahrir hay’ati tomonidan ko‘rib chiqiladi hamda faqatgina saralangan tezislar mualliflariga xabar qilinadi, tezis mualliflari ikki nafardan oshmasligi lozim, oshgan taqdirda muallif xabarisiz olib tashlanadi;

-Ko‘rsatilgan muddatdan kechikib taqdim etilgan, belgilangan tartibda
rasmiylashtirilmagan, konferensiya mavzusi va yo‘nalishlariga mos kelmaydigan
tezislar tahrir hay’ati tomonidan ko‘rib chiqilmaydi.

-To‘plamga professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar,
magistrantlar, iqtidorli talaba-qizlar, ta’lim muassasalari o‘qituvchi va tarbiyachilari
hamda amaliyotchi yosh xotin-qizlar tezislar topshirishlari mumkin.
Konferensiyaga taqdim etiladigan tezislar uchun talablar:

-tezislar konferensiya yo‘nalishiga oid dolzarb mavzularda, ilmiy tahlilga va
tugallangan fikrlarga asoslangan, savodli tahrir qilingan, amaliy taklif va tavsiyalar
bilan taqdim etilishi;

-tezis matni MS WORD matn muharririda, Times New Roman shrifti, 14 yozuv
o‘lchami kattaligida, 1,5 intervalda bo‘lishi va 2 betdan kam bo‘lmasligi;

-tezis matnlari A4 hajmda, yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, o‘ngdan
1,5 sm joy qoldirib rasmiylashtirilishi talab etiladi.

Tezis tartibi:

  1. Tezisning nomi bosh harflar bilan yoziladi.

  2. Muallifning ismi, familiyasi;

  3. Ilmiy daraja va unvoni hamda ish joyi;

  4. Faol elektron pochtasi, telefon raqami – mos ravishda 3 ta qatorda (o‘ng
    yuqori burchak, kursivda, 11 yozuv o‘lchami kattaligidagi shrift, 1 interval) ko‘rsatiladi. So‘ngra 1 interval qoldirib, Asosiy matn 1,5 intervalli qatorlardayoziladi.

  5. Taqriz talab etilmaydi;

  6. Annotatsiya, kalit so‘zlar;

  7. Tezisni saqlashda sho’ba raqami va muallif familiyasi yoziladi. (Masalan:
    5.Аliyeva.docx)


Tezis uchun to‘lovlar yo‘q.

Konferensiya to‘plamiga topshiriladigan tezislardagi ma’lumotlarning
haqqoniyligiga muallif javobgar. Konferensiyaning barcha ishtirokchilari sertifikat hamda faol qatnashgan ishtirokchilar hamkor tashkilotlar diplomi bilan taqdirlanadi.
NAMUNA:


AYOLLARNING MEHNAT HUQUQLARINI HIMOYA QILISH MUAMMOLARI

Alieva Ra’no
O‘zbekiston Milliy universiteti, jurnalistika fakulteti, 4-bosqich talabasi
Telefon:+998(00)0000000
r.aliyeva@mail.ru

Anotatsiya: Ushbu maqolada ayollarga O'zbekiston Respublikasining mehnat to'g'risidagi qonun hujjatlarida berilgan imtiyozlar va amalda yuzaga kelayotgan muammolar, shuningdek, ushbu muammolarni hal qilish yo'llari muhokama qilinadi.

Kalit so‘zlar: Mehnat to'g'risidagi qonun, imtiyozlar, kompensatsiya, masofaviy ish, mehnat ta'tili, moddiy yordam.

Matn. Matn Matn Matn Matn Matn Matn Matn Matn Matn Matn Matn Matn


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1 Mirziyoyev, Sh. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. 1-tom. Toshkent: “O‘zbekiston”; 2017.




Download 23.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling