Axborot xavfsizligi” kafedrasi «rsa kriptoalgoritmini dasturiy ta’minoti va tahlili» mavzusida
Download 182.71 Kb.
|
Rsa algoritmi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot xavfsizligi” kafedrasi «RSA kriptoalgoritmini dasturiy ta’minoti va tahlili » mavzusida INDIVIDUAL LOYIHASI 1
- MUNDARIJA KIRISH ....................................................................................................................3 I-BOB. RSA KRIPTOALGORITMI HAQIDA TUSHUNCHA
- II-BOB. RSA KRIPTOALGORITIMING DASTURIY TA’MINOTINI YARATISH VA TAHLILI QILISH
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANSHTIRISH VAZIRLIGI MUXAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI URGANCH FILIALI “Kompyuter injiniringi” fakulteti “Axborot xavfsizligi” kafedrasi «RSA kriptoalgoritmini dasturiy ta’minoti va tahlili » mavzusida INDIVIDUAL LOYIHASI 1 Raislar: Salayev A __________ Turdiyev T _____ _____ Sobirov B __________ Ilmiy rahbar: Salayev Alisher __________ Bajardi: Xaitova Ro’za __________ «___» ____________ 2022 y.Urganch 2022 MUNDARIJA KIRISH ....................................................................................................................3 I-BOB. RSA KRIPTOALGORITMI HAQIDA TUSHUNCHA 1.1 Kriptografiya haqida tushuncha……………….................................................5 1.2 RSA algoritmini kelib chiqish tarixi .................................................................7 1.3 RSA algoritmini tahlil qilish……………........................................................10 II-BOB. RSA KRIPTOALGORITIMING DASTURIY TA’MINOTINI YARATISH VA TAHLILI QILISH 2.1 RSA shifrlash algoritmi va blok sxemalari………..........................................14 2.2 RSA shifrlash algoritining matematik va dasturiy ta’minoti...........................26 2.3 RSA algoritmining afzalliklari va kamchiliklari..............................................32 2.4 Masalaning qo`yilishi va uning amaliy ahamiyati............…............................34 XULОSA ...............................................................................................................37 ADABIYOTLAR RO’YXATI ..............................................................................38 KIRISH Kompyuter texnikasi va axborot tizimlarining iqtisodda, boshqarishda, aloqada, ílmiy tadqiqotlarda, ta’limda, xizmat ko‘rsatish sohasida, tijorat, moliya va inson faoliyatining boshqa sohalarida qo‘llanilishining rivoji, axborotlashtirish va jamiyat rivojini belgilovchi yo'nalish hisoblanadi. Kompyuter texnikasining qo’llanishi evaziga erishiluvchi samara axborot ishlanishi ko’lamining oshishi bilan ortib boradi. Ushbu texnikaning qo’llanish sohalari va ko’lami uning ishlashining ishonchliligi va barqarorligi muammolari bilan bir qatorda unda aylanuvchi axborot xavfsizligini ta’minlash muammosini tug‘diradi. Jamiyatning jadal sur’atlarda axborotlashtirilishi sababli axborot xavfsizligi muammosini nihoyatda dolzarb va doimo shunday bo‘lib qoladi. Biz hozir ishlatayotgan shifrlash texnologiyasining kelib chiqishi 1976 yilda Diffi va Xelman tomonidan "Kriptografiyaning yangi yo’nalishi" maqolasida taklif qilingan. R. Rivest, A. Shamir va L. Adleman ochiq kalitni amalga oshiradilar, kriptotizimi hozirda RSA ommaviy kriptotizimi deb ataladi. Algoritm turli sohalarda keng qo’llaniladigan eng mukammal ochiq kalitli kriptotizim hisoblanadi. Ushbu tadqiqot algoritm printsipi, qo’llanilishi, xavfsizligi algoritmda mavjud bo'lgan muammoni tahlil qilish va tadqiq qilishga qaratilgan. RSA texnologiyasini shifrlash va deshifrlash Visual Studios muhitida amalga oshiriladi. Elektron ma’lumotlarning maxfiyligi, yaxlitligi va haqiqiyligini ta’minlash uchun kriptografik usullar qo’llaniladi. Yigirma birinchi asr axborotlashtirish asri ekaniga tobora koʼpchilik ishonch hosil qilmoqda. Lekin, shu bilan birgalikda konfidentsial va oʼta maxfiy axborot oqimlari uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qulayliklar bilan bir qatorda yangi muammolarni oʼrtaga qoʼymoqda. Аxborot bazalarida saqlanadigan va telekommunikatsiya tizimlarida aylanayotgan axborot xavfsizligiga tahdid keskin oshdi. Keyingi vaqtda, internet paydo boʼlgandan boshlab, axborot oʼgʼirlash, axborot mazmunini buzib qoʼyish, egasidan iznsiz oʼzgartirib qoʼyish, tarmoq va serverlardan beruxsat foydalanish, tarmoqqa tajovuz qilish, avval qoʼlga kiritilgan uzatmalarni qayta uzatish, xizmatdan yoki axborotga daxldorlikdan boʼyin tovlash, joʼnatmalarni ruxsat etilmagan yoʼl orqali joʼnatish hollari koʼpaydi. Natijada axborot xavfsizligi muammosi Oʼzbekiston Respublikasi uchun ham dolzarb muammoga aylandi. Bu oʼz navbatida kriptologiya fanini rivojlantirish vazifalarini dolzarb muammolar qatoriga qoʼydi, chunki hozirgi kunda bu yoʼl axborot xavfsizligini taʼminlash sohasida asosiy yoʼldir. Ma’lumki internet bir biriga ulangan serverlar, kompyuterlar va kommutatorlardan tashkil topgan global tarmoqchir. Tarmoqcha kompyuterlar bir biri bilan ma’lumotlarni paketlar deb ataluvchi kichik hajmli ko’p sonli konteynerlar vositasida uzatiladi va qabul qilinadi. Biz ushbu individual loyiha ishimizda axborotlarni ximoyalashning kriptografik algoritmlarini o’rgandik va qiyosiy tahlil qildik. Download 182.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling