Axborot xavfsizligi” kafedrasi «rsa kriptoalgoritmini dasturiy ta’minoti va tahlili» mavzusida


RSA algoritmini kelib chiqish tarixi


Download 182.71 Kb.
bet3/8
Sana29.04.2023
Hajmi182.71 Kb.
#1400804
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Rsa algoritmi

1.2 RSA algoritmini kelib chiqish tarixi
Ochiq kalitli kriptotizimlarni bir tomonli funksiyalar ko‘rinishi bo‘yicha farqlash mumkin. Bularning ichida RSA, El-Gamal va Mak-Elis tizimlarini alohida tilga olish o‘rinli. Hozirda eng samarali va kеng tarqalgan ochiq kalitli shifrlash algoritmi sifatida RSA algoritmini ko‘rsatish mumkin. 1976 yilda Uitfild Diffi va Martin Xellmanlar tomonidan chop etilgan “Kriptografiyada yangi yo‘nalish” deb nomlangan maqola kriptografik tizimlar haqidagi tasavvurlarni o‘zgartirib yubordi, ochiq kalitli kriptografiya paydo bo‘lishiga zamin yaratdi. Bu maqolani o‘rganib chiqqan Massachusets texnologiyalar instituti olimlari Ronald Rivest, Adi Shamir va Leonard Adleman 1977 yilda RSA algoritmini yaratdilar. RSA nomi algoritmni yaratuvchilari familiyalarining birinchi harflaridan olingan. Algoritm modul arifmеtikasining darajaga ko‘tarish amalidan foydalanishga asoslangan. 1977 yil avgust oyida “Scientific Americanjurnalida RSA kriptotizimini yoritib berishdi va shu algoritm bilan shifrlangan quyidagi iborani ochishni o‘quvchilarga taklif etishdi:

C=
n=114381625757888867669235779976146612010218296721242362562561842935706935245733897830597123563958705058989075147599290026879543541, e=9007, M=?


Mukofot sifatida 100 AQSh dollari e’lon qilindi. Algoritm avtorlaridan biri Rivest bu shifrni ochishga 40 kvadrillion yil ketishini aytgan bo‘lsa, 1993 yil 3 sentabrdan 1994 yil mart oyigacha 20 ta mamlakatdan 600 ta ko‘ngilli shaxslar 1600 ta kompyuterda parallel ishlab bu shifrni ochishdi – THE MAGIC WORDS ARE SQUEAMISH OSSIFRAGE. 1982 yilda Ronald Rivest, Adi Shamir va Leonard Adleman RSA Data Security kompaniyasini tashkil etishdi. 1989 yildan boshlab RSA algoritmi Internetda foydalanila boshlandi. 1990 yildan boshlab AQSh mudofaa vazirligi foydalana boshladi.1993 yilda PKCS1 standartining 1.5 versiyasida RSA algoritmini shifrlash va elektron imzo yaratishda qo‘llash keltirildi. Bu standartning oxirgi versiyalari RFC standartida keltirilgan. Jamiyatning uzluksiz rivojlanishi va kompyuter va tarmoq texnologiyalarining keng tarqalishi bilan. Axborotni uzatish jarayonida xavfsizlikni qanday ta'minlash hozirgi paytda odamlar uchun eng muhim narsaga aylandi. Ushbu fonda biz RSA (Ron Rivest, Adi Shamirh, Len Adlemanning bosh harflari) shifrlash texnologiyasini shifrlash va dekodlashni qanday amalga oshirishni o'rgandik. Ushbu tadqiqot asosan shifrlash va shifrni ochishda RSA algoritmini qo'llash bilan tanishtiradi, raqamli imzo texnologiyasini eslatib o'tadi. Shuningdek, Visual Studios muhitida RSA algoritmini amalga oshirish jarayonida va ish natijalari bilan tanishtiradi. Axborotni shifrlash va shifrini ochish uchun ushbu tizimdan foydalanib, nazariy jihatdan xavfsizlik va ishonchlilikda yaxshi natijalarga erishildi


    1. Download 182.71 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling