Axborotlar ustida bajariladigan amallar
Download 90.02 Kb.
|
Axborotlar ustida bajariladigan amallar
Axborotli jarayonlar
Odatda, inson e’tibori yo‘naltirilgan buyum, hodisa, jarayon, amal, xususiyat yoki munosabat obyekt deb ataladi. Informatikada narsa, jarayon, moddiy va nomoddiy xususiyatli hodisalar ularning axborot berish xususiyatlaridan kelib chiqib axborot obyektlari deb ataladi. Siz shu yoshgacha hayotdan va maktabdagi fanlardan ozmiko‘ pmi axborot oldingiz, keyinchalik foydalana olish uchun ularni daftar va albomlarda matn, chizma yoki rasm ko‘rinishida ifodaladingiz. Axborotlarning ma’lum qismini yodda saqlab qoldingiz, qolganlarini esa daftar, albom yoki kitoblardan foydalanib, kerakli vaqtda xotirangizda qayta tiklay olishingiz mumkin. Olgan axborotlaringiz yillar o‘tishi bilan chuqurlashdi va kengaydi, birbiri bilan bog‘lanib, narsa yoki jarayonlar haqidagi bilimingizni to‘ldirdi. Endi Siz bu axborotlarni qaysi biri to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri, to‘liq yoki chala ekanligi, qaysi biri qachon va qayerda kerak bo‘lishi, qaysi axborotdan foydalanish mumkin yoki qaysi axborotdan foydalanib bo‘lmasligi haqida o‘z fikringizga egasiz. Demak, shu kungacha axborot ustida hosil qilish, to‘plash, izlash, saqlash, uzatish, qabul qilish, o‘lchash, ishlatish, qayta ishlash, nusxalash, his etish, eslab qolish, boshqa ko‘rinishga o‘tkazish, tarqatish, bo‘laklarga ajratish, soddalashtirish, birlashtirish, formatlashtirish, kodlash, buzish kabi amallar bilan tanishib bo‘ldingiz. Bilingki, axborotlar ustida bajariladigan amallar bilan bog‘liq barcha jarayonlar axborotli jarayonlar deb ataladi. Axborotlar ustida kompyuter yordamida bajariladigan amallarning ba’zilari ham sizga tanish. Masalan, axborot hosil qilish (chizish yoki yozish), shakl yoki matnlarni birlashtirish, shakl yoki matnlarni bo‘laklash, rasm yoki matn ko‘rinishini o‘zgartirish, shakl yoki matnlarni nusxalash, rasm yoki õujjatni buzish, rasm yoki õujjatlarni Download 90.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling