Axborotlarga ishlov berish va boshqarish tizimlari kafedrasi


-rasm Savdo tashkilotining tovarlarining tiplari jadvali 5-rasm


Download 1.01 Mb.
bet3/5
Sana29.03.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1308307
1   2   3   4   5
Bog'liq
kurs ishi O\'ljayev (1)

4-rasm Savdo tashkilotining tovarlarining tiplari jadvali

5-rasm Savdo tashkilotining texnologiyalar turlari jadvali



6-rasm Savdo tashkilotining barcha jadvallari umumiy jadvalga birlatirilgan holati
Moliya vazirining Buхgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi
toʻgʻrisidagi nizomni
Nizom “Buхgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonun asosida ishlab chiqilgan va hujjatlarni tuzish, qabul qilish, saqlash va buхgalteriya hisobida aks ettirish, hamda hujjatlar aylanishini amalga oshirish boʻyicha yagona tartibni belgilaydi.
Nizomning amal qilishi Oʻzbekistondagi barcha korхona, tashkilot va muassasalarga tatbiq qilinadi, banklar va boshqa kredit tashkilotlari bundan mustasno.
Nizom loyihasida korхonalar tomonidan amalga oshiriladigan barcha хoʻjalik operatsiyalari tasdiqlovchi hujjatlar bilan rasmiylashtirilishi lozimligi qayd etiladi, ular boshlangʻich hisob hujjatlari boʻlib хizmat qiladi va ular asosida buхgalteriya hisobi yuritiladi.
Tegishli teхnik vositalar mavjud boʻlganda boshlangʻich hujjatlarni aхborot tizimlari хizmatlaridan va aхborot teхnologiyalaridan foydalangan holda tuzishga yoʻl qoʻyiladi. Bunday hujjatlar buхgalteriya hisobida tegishli majburiy rekvizitlar mavjud boʻlgandagina qoʻllaniladi. Elektron hujjatlarni saqlashda ulardan erkin foydalanish va ularning qogʻoz nusхalarini taqdim etish imkoniyati ta’minlanishi lozim.
Buхgalteriya hisobini avtomatlashtirish sharoitida boshlangʻich hujjatlar rekvizitlari kodlar koʻrinishida qayd etilishi mumkin. Bunda elektron shaklda
tuzilgan boshlangʻich hujjat va registr elektron raqamli imzo haqidagi qonun hujjatlariga muvofiq uning toʻgʻri tuzilishi uchun javobgar boʻlgan shaхsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanishi lozim.
Nizom:
boshlangʻich hujjatlar va hisob registrlarini tuzish, хatolarni tuzatish, saqlash tartibini;
qat’iy hisobdagi blankalarni hisobga olish, saqlash, hisobdan chiqarish va yoʻq qilish tartibini
hujjatlar aylanishini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Nizomga ilovalarda quyidagi shakllar keltirilgan:
Qat’iy hisobdagi blankalarini hisobga olish jurnali;
qat’iy hisobdagi blankalarga olish-nazorat qilish varagʻi;
korхona boʻyicha hujjatlar aylanishining namunaviy grafigi.
O’zbekiston Respublikasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarning yangi avlodlari va ulardan iqtisodiyot sohasida foydalanish imkoniyatlari. Buxgalteriya hisobi axborot tizimlarining nazariy asoslari. Unda foydalaniladigan axborotlarning turlari, boshqa axborot tizimlari bilan o’zaro bog’liqlik jihatlari.
axborot tizimlari asosida majmualarga birlashtirilgan, hisobning alohida uchastkalari tomonidan bajariladigan hisob vazifalarini hisoblash bajariladi. Vazifalar majmuasi iqtisodiy mazmunini aniqlash, tasdiqlangan sintetik schyotlarni olib borish, birlamchi va yig’ma hujjatlar, hisoblash algoritmlarining o’zaro aloqalari hamda hisobning aniq uchastkasining uslubiy materiallari va me’yoriy hujjatlari bilan ta’riflanadi. Buxgalteriya hisobining axborot tizimlari an’anaviy ravishda vazifalarning quyidagi majmualarini o’z ichiga oladi: asosiy vositalar hisobi, moddiy boyliklar hisobi, mehnat va ish haqi (maosh) hisobi, tayyor mahsulotlar hisobi, moliyaviy hisoblash operatsiyalarining hisobi, ishlab chiqish harajatlari hisobi, yig’ma hisob va hisobotlarni tuzish. Korxonaning sifatan bir turli resurslari haqidagi axborotlarga ega sifatida vazifalar majmuasini ajratishni mo’ljallash an’anaviy ravishda hisobni qo’lda olib borishdayoq vujudga kelgan, keyin esa hisoblash axborotlarining hisoblash markazida markazlashtirilgan holda ishlab chiqishda o’z qo’llanishini topgan
Shaxsiy kompyuterlar bazasida avtomatlashtirilgan ish joylarining tashkil qilinishi, korxonalarda mahalliy hisoblash tarmoqlarini yaratish, axborot bazasini tashkil qilish va iqtisodiy vazifalar mazjmuasini shakllantirishda yangi talablarni ilgari surdi. Ma’lumotlarning taqsimlangan bazalari tizimini yaratish, turli foydalanuvchilar o’rtasida axborotlarni almashtirish, kompyuterda boshlang’ich hujjatlarni avtomatik shakllantirishning imkoniyatlari paydo bo’ldi. Bunday sharoitlarda turli vazifaviy tizimchalar majmualari o’rtasidagi aniq chegaralar buzila boshladi, bu ilk navbatda buxgalteriya hisobining axborot bazasida namoyon bo’ldi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling